Davlat tili haqidagi qonunning hayotiy ahamiyati o‘zbekiston respublikasining qonuni


-modda. Pochta-telegraf jo‘natmalari davlat tilida yoki fuqarolarning xohishiga ko‘ra - boshqa tilda amalga oshiriladi. 19-modda



Yüklə 18,41 Kb.
səhifə3/3
tarix08.06.2023
ölçüsü18,41 Kb.
#127169
1   2   3
21.davlat tili haqidagi qonunning hayotiy ahamiyati

18-modda. Pochta-telegraf jo‘natmalari davlat tilida yoki fuqarolarning xohishiga ko‘ra - boshqa tilda amalga oshiriladi.
19-modda. Muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalari muhrlari, tamg‘alari, ish qog‘ozlarining matnlari davlat tilida bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan xalqaro tashkilotlar va muassasalar, qo‘shma korxonalarning, shuningdek milliy madaniyat jamiyatlari va markazlarining muhrlari, tamg‘alari, ish qog‘ozlari matnlarining tarjimasi davlat tilida takrorlanadi.
20-modda. Lavhalar, eʼlonlar, narxnomalar va boshqa ko‘rgazmali hamda og‘zaki axborot matnlari davlat tilida rasmiylashtiriladi va eʼlon qilinadi hamda boshqa tillarda tarjimasi berilishi mumkin.
21-modda. Korxonalarda ishlab chiqariladigan mahsulot davlat tilidagi va boshqa tillardagi yorliqlar, yo‘riqnomalar, etiketkalar bilan taʼminlanadi.
22-modda. Geografik obyektlarning nomlari davlat tilida aks ettiriladi.
23-modda. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi matnlari, agar shartnomaning o‘zida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, davlat tilida va ahdlashuvchi tomonning (tomonlarning) tilida yoziladi.
24-modda. O‘zbekiston Respublikasida davlat tiliga yoki boshqa tillarga mensimay yoki xusumat bilan qarash taqiqlanadi. Fuqarolarning o‘zaro muomala, tarbiya va taʼlim olish tilini erkin tanlash huquqini amalga oshirishga to‘sqinlik qiluvchi shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi”, 1995 yil, 12-son, 257-modda
Har bir sohaning rivojlanishi va taraqqiy etishida ma’lum bir vaqt talab etiladi. O’zbek tiliga O’zbekiston Respublikasi davlat tili maqomi berilganiga ham 30 yildan oshdi. 1989 yil 21 oktyabr «Davlat tili haqida»gi Qonun qabul qilinib, o’zbek tiliga Davlat tili maqomi berildi.
Xalqimizning muqaddas qadriyatlaridan biri bo’lgan ona tilimiz o’zining qonuniy maqomi va himoyasiga ega bo’ldi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham Davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo’yildi.
Bu vaqt oralig’ida ona tili mavqeining yanada mustahkamlanib, rivojlanishi uchun qator Qonun va qarorlar qabul qilindi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 21 oktyabrdagi “O’zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to’g’risida’gi Farmoni bilan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo’linmasi hisoblangan Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil qilindi.
Bundan ko’zlangan maqsad Davlat tilini rivojlantirish, davlat tilining amal qilishi bilan bog’liq muammolarni aniqlash va bartaraf etish bo’yicha takliflar tayyorlash, o’zbek tilining yozma matni me’yor va qoidalarini ishlab chiqishdan iborat.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-fevralda “Rahbar kadrlar va masʼul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslarning davlat tilini bilish darajasini aniqlash va ularga davlat tilini bilish bo‘yicha daraja sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori tasdiqlandi.
Qaror bilan 2021-yil 1-apreldan boshlab o‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha bilimni baholashning milliy test tizimi asosida rahbar kadrlarning davlat tilida rasmiy ish yuritish hamda masʼul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslar uchun davlat tilini bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish tizimi joriy etildi. Bu test tizimi davlat tilida ish yuritish sohasining yuksak rivojiga xizmat qilishi kutilmoqda.
Test sinovidan o‘tish talablariga kelsak, rahbar kadrlar va masʼul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslar uchun test sinovidan o‘tish talablari bir xil.
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorida test sinovida yetarli ball to‘play olmagan talabgor lavozimdan ozod etilishi yoki u qayta imtihon topshirgunga qadar uning ish o‘rni vakant bo‘lib turishi to‘g‘risida alohida talab belgilanmagan.
Biroq, talabgorlar test sinovidan o‘ta olmasa, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida davlat tili bo‘yicha malaka oshiradilar va qayta test sinovlarida ishtirok etadilar.
Maqsad esa ayon – o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini yuksaltirishda yuqori natijalarga erishish. O‘zbek tilini siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy va boshqa sohalarda qo‘llash doirasi kengayib, undan davlat tili sifatida to‘liq va to‘g‘ri foydalanish taʼminlanadi. Bundan tashqari, davlat organlari va tashkilotlari rahbar xodimlariga davlat tilini talab darajasida bilish va unga hurmat bilan munosabatda bo‘lish majburiyati yuklanadi, barcha davlat organlari va tashkilotlarida davlat tilida ish yuritish salohiyatiga ega bo‘lgan malakali kadrlar faoliyat ko‘rsata boshlaydi.
Yüklə 18,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin