Reja: Mustaqillik yillarida Qoraqalpog`iston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotda amalga oshirilgan islohatlar



Yüklə 40 Kb.
tarix10.05.2023
ölçüsü40 Kb.
#110546
12- mavzu. Oʻzb.Tarix


12- mavzu. Mustaqillik yillarida Qoraqalpog’iston Respublikasi

Reja:
1. Mustaqillik yillarida Qoraqalpog`iston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotda amalga oshirilgan islohatlar.


2. Qoraqalpog`istonda qishloq xo’jaligi va sanoat sohasida o’zgarishlar. Ma`naviy ma`rifiy sohadagi yangiliklar. Qoraqalpog`istonda oliy ta`lim sohasidagi islohatlar.
3. Qoraqalpog`iston Respublikasida ekologik vaziyat. Orol muammosi. Ekologik vaziyatni yumshartish bo’yicha davlat siyosati.

Adabiyotlar


1.Мирзиёев Ш. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз. Т. «Ўзбекистон», 2017.
2.Мирзиёев Ш.М. Миллий тараққиёт йўлимизни қатъият билан давом эттириб, янги босқичга кўтарамиз. Т. 1. - Тошкент: Ўзбекистон.. 2017.
3.Каримов И.А. Жоқары мәнаўият – жеңилмес күш. Тошкент.: «Маънавият», 2008.
4.Каримов И.А. Она юртимиз бахту иқболи ва буюк келажаги йўлида хизмат қилиш – энг олий саодатдир. - Тошкент: Ўзбекистон. 2015.
5.Айтмуратов Ж. Ғәрезсизлик дәўиринде Қарақалпақстан мәдениятының раўажланыўы Н. 1999
6.Айтмуратов Ж. Халық ансамблине айланған «Ҳүрлиман» Н. 2016
7.Бердақ атындағы Қарақалпақ мәмлекетлик университети ғәрезсизлик жылларында Т. 2011.
8.Джумашев А., Нуржанов С., Уразова Л., Таджиева Р. Қарақалпақстан тарийхы (1991-2015-жыллар) Н. 2018.
9.Қарақалпақстанның жаңа тарийхы Н. 2003
10.Камалов С. Қарақалпақлардың халық болып қәлиплесиўи ҳәм оның мәмлекетлигиниң тарийхынан Н. 2001
11.Кощанов Б.А.,Аметов Т.А. Очерки новейшей истории Республики Каракалпакстан Н. 2015
12.Теберик билим дәргайы Н. 2010.

O`zbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda ko`p millatli Qoraqalpog`iston xalqining, ana shu mo``tabar yurt kishilarining ham munosib hissasi bor.


Shu bois mamlakat hukumati bu masalada Qoraqalpog`iston Respublikasini har tomonlama qo`llab-quvvatladi. Ushbu maqsadlar uchun milliardlab so`m mablag`lari ajratildi. Bu Qoraqalpog`iston milliy daromadining katta qismini tashkil qildi. Bundan tashqari, Qoraqalpog`istonga berilayotgan moliyaviy yordam miqdori yildan-yilga ko`paydi.
O`zbekiston hukumatining amaliy yordami qoraqalpoq xalqining fidoiy mehnati tufayli keyingi yillarda Qoraqalpog`istonda aholi turmush sharoitini yaxshilash, tub iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish borasida qator ijobiy natijalarga erishildi. Eng avvalo, elda tinchlik va barqarorlik mustahkamlandi. Hamjihatlik bilan yurt istiqboli yo`lida mehnat qilishga sharoit yaratildi.
Respublikada mulkchilikning yangi shakllari paydo bo`ldi. Ishlab chiqarish va xizmat sohasida nodavlat sektorning hissasi oshib bordi. Ayni paytda sanoat, qishloq xo`jaligi va savdoda bu ko`rsatkich 80–90 foizni tashkil etmokda. Respublika iqtisodiyotining boshqa yo`nalishlarida ham islohotlar izchil amalga oshirildi.
Jumladan, bank tizimida ham jiddiy islohotlar amalga oshirildi. Bu erda davlat banklar bilan birga tijorat va xususiy banklari ham faoliyat ko`rsatmoqda. Agrosanoat bank va sanoat-qurilish bank ixtisoslashtirilgan hissadorlik tijorat banklariga aylantiridi. Qoraqalpog`iston tarixida bi-rinchi marta tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tashkil etildi.
Qoraqalpog`istonda ulgurji va birja savdosi bilan shug`ullanuvchi hissadorlik uyushmalari keng faoliyat ko`rsatmoq-da. Tovar ishlab chiqaruvchilar, iste`molchilar va ishbilarmonlarning butun imkoniyatlarini ishga solish maqsadida ularning erkinligi va teng huquqliligini ta`minlash choralari ko`rildi.
Qoraqalpog`istonda mayda ulgurji tizim, shu jumladan savdo uylari, ta mayda ulgurji savdo do`konlari va omborlar, ko`tara savdo bozor hamda O`zbekiston tovar xom ashyo birjasi Qoraqalpog`iston bo`limi , supermarket do`konlari faoliyat ko`rsatdi. Qoraqalpog`iston Respublikasi davlat mulkini xususiylashtirish qo`mitasi xususiylashtirilgan korxonalar va tadbirkorlarni qo`llab-quvvatlash maqsadida kredit mablag`lari ajratdi.
Bozor fondining faoliyati sezilarli ravishda faollashdi. Respublika fond birjalari filiallarida aktsiyalar sotildi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat korxonalarini aktsionerlik jamiyatlariga aylantirish, qimmatbaho qog`ozlar bozorini rivojlantirishga oid farmonlarini bajarish amalda o`z samaralarini berdi.
Turli ko`rinishidagi mahsulot ishlab chiqarish ham ko`paydi, xususan past voltli apparaturalar, yo`l qurilishi mashinalari ehtiyot qismlari, engil sanoat texno-logik uskunalari va ularning ehtiyot qismlari, mebellar va boshqalar ana shular jumlasidandir.
Paxtadan ip ishlab chiqarish, ip gazlamalari, tayyor tri-kotaj buyumlar, iste`mol mahsulotlaridan un, makaron, mineral suvlar ishlab chiqarish ko`paydi.
1996 yilda boshlab yig`ma temir-beton konstruktsiyalari va detallari, toshdan bezakli materiallar tayyorlash, qandolatchilik mahsulotlari, o`simlik yog`i, uzum vinosi, salqin ichimliklar va osh tuzi ishlab chiqarish o`sdi.
Sanoatda bir qator ijobiy o`zgarishlar yuz berdi. Jumladan, 1995 yilda Xo`jayli shahrida shisha idishlar zavodi qurilib foydalanishga topshirildi, natijada respublikaga chetdan shisha idishlarni tashib keltirish sezilarli darajada kamaydi.
1996 yilda Qo`ng`irotdagi «Urga» gaz sanoati korxonasida gaz kondensati va tabiiy gaz qazib chiqarilishi boshlab yuborildi. Aholini tabiiy gaz bilan ta`minlash darajasi o`sdi. «Qoraqalpoqqurilish» aktsionerlik jamiyatida Italiya firmalarining yuqori sifatli jihozlari bilan jihozlangan, yiliga 60 ming kv. m. marmar bloklari va plitalari ishlab chiqaradigan yangi marmar tsexi ochildi. «Nukusun» zavodida esa spirt ishlab chiqaradigan yangi tsex qurildi.
engil sanoat ishlab chiqarishining bazasi kengaya bordi. 1993 yilda Nukus shahrida «Kateks» to`qimachilik majmuasi, 1995 yilda Ellikqal`a tumanida ham «Elteks» nomli xuddi shunday to`qimachilik majmuasi foydalanishga topshirildi.
Qishloq xo`jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bo`yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Nukus va Qo`ng`irot un kombinatlari, To`rtko`lda 3 million shartli banka konserva mahsulotlari ishlab chiqaradigan zavod, Ellikqal`a tumanida esa shunday quvvatga ega bo`lgan konserva tsexi foydalanishga topshirildi.
1995 yilda Qo`ng`irot tumanida Markaziy Osiyoda yagona hisoblangan, yiliga 190 ming tonna kal`tsiyli soda ishlab chiqaradigan zavod qurilishi boshlandi.
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijasida ko`plab sanoat korxonalari mulkchilikning turli shakllariga o`tib ishlay boshladi. Nodavlat shakliga o`tib ishlayotgan korxonalarning rivojlanish darajasi nisbatan yuqori bo`ldi. Shuningdek, bu korxonalar iqtisodiy samaradorligi, foyda olish borasida ham sezilarli yutuqqa erishdi. Bu borada xususiy korxonalar ayniqsa, peshqadamlik qila boshladi.
Qoraqalpog`istonda mehnatga layoqatli aholining asosiy qismi qishloqda istiqomat qiladi. Mustaqillik yillarida boshqa sohalar qatorida agrar sektorda ham iqtisodiy qayta qurish, bozor munosabatlariga o`tish ro`y berdi. Qishloq xo`jaligi ilgarigidek, respublika iqtisodiyotining etakchi tarmog`i bo`lib qoldi.
Dehqonchilikda ekin maydonlarining tarkibi o`zgardi. Respublika oziq-ovqat majmuasida shaxsiy yordamchi xo`jaliklarning hissasi tobora ko`paydi.
Qoraqalpog`istonda dehqon fermer xo`jaliklari tashkil etish bo`yicha etarli tajriba to`plandi. Masalan, Ellikqal`a tumanida dehqonlarga er, ishlab chiqarish vositalari va etishtirilgan mahsulotlarga egalik qilish imkonini berish maqsadida mavjud jamoa xo`jaliklari dehqon-fermer xo`ja-liklari uyushmasiga aylantirildi. Dehqonlarga meros qilib qoldirish huquqi bilan erlar uzoq muddatga ijaraga berildi. Ana shu tajribani ma`qullab, O`zbekiston hukumati maxsus qaror qabul qildi. Xo`jalik yuritishning bu yangi usuli boshqa viloyatlarda yaxshi natija berdi.
Investitsiya faoliyatida sezilarlts o`zgarishlar ro`y berdi. Kapital qurilishda korxonalarning mablag`lari hisobidagi qurilishlar hajmi ko`payib, byudjet mablag`ining hissasi kamaydi.
Bozor munosabatlariga o`tish sharoitida ishlab chiqarish korxonalari qurilishiga ajratilgan mablag`lar noishlab chiqarish ob`ektlariga ajratilgan mablag`ga nisbatan ancha ko`p bo`ldi.
Respublikada istiklol yillarida tashqi iqtisodiy aloqalarga ham katta e`tibor berildi.
Uzoq G`arbga asosan paxta tolasi, toladan olingan mahsulotlar, qayta ishlangan neft` mahsulotlari sotildi. Paxta tolasi jami eksport mahsulotlarining aksariyat foizini tashkil etdi.
Tashqi savdo aylanmasida importning salmog`i katta bo`ldi. Import mahsulotlari tarkibida asosan xalq iste`mol mollari, qora va rangli metallar, oziq-ovqat mahsulotlari tashkil etdi.
Yaqin xorijiy mamlakatlardan asosan shakar, bug`doy, mashina va jihozlar, agregatlar va ularning ehtiyot qismlari, quvurlar, avtomashinalar, ishlab chiqarishni komplektlovchi materiallar va boshqa turdagi mahsulotlar keltirildi.
Qoraqalpog`iston Respublikasining ijtimoiy rivojlanishi. Mustaqillik yillarida respublikada ijtimoiy sohalar rivojlanishiga e`tibor kuchaydi. Qoraqalpog`iston Respublikasida ma`lum demografik o`zgarishlar ro`y berdi.
Ishsizlar soni o`zgarib turdi. Minglab ishchi o`rinlari yaratildi. Bu esa shahar va tuman mehnat birjalariga murojaat qilgan fuqarolarni ish bilan ta`minlash imkonini berdi.
Aholi jon boshiga pul daromadlari ko`paydi.
Daromadlarning ko`payishi iste`mol bozoridagi vaziyatni jonlantirdi. Aholi jon boshiga tovar aylanishi hajmi o`sdi.
Tovar aylanishining jami hajmi ko`paydi. Tovar oborot hajmida davlat sektorining ulushi pasayib, nodavlat sektoriniki o`sib bordi. Rasmiy savdo tarmoqlariga nisbatan iste`mol va buyum bozorlarida holat ancha yaxshilandi.
Ishchi va xizmatchilarning o`rtacha ish haqi izchil o`sib bordi.
Respublika tibbiyoti erishgan natijalardan eng muhimi – onalar o`limi soni kamaydi. «Homilador ayollarni va bolalar salomatligini mustahkamlash bo`yicha milliy Dastur»i hamda
«Yosh avlodni sog`lomlashtirish kompleks Dasturi»ning ishlab chiqilganligi va amalga oshirilganligi natijasida onalar va chaqaloqlar o`limi kamaydi. Homilador ayollarning aksariyat qismi statsionarlarda tug`ishgacha bo`lgan davolanishdan o`tkazildi.
Respublikada jarrohlik, maxsus davolash ambulatoriya markazlari tashkil topdi.
Tarmoqni moliyalashtirishda davlat mablag`lari bilan birga nodavlat manbalaridan ham foydalanilmoqda. «Medtexnika», «Optika», «Tib-ta`minot» dorixona muassasalari to`la davlat tasarrufidan chiqarilib, xususiylashtirildi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning tashabbusi bilan 1992 yilda Nukusda Orol muammosiga bag`ishlangan xalqaro ilmiy konferentsiya bo`ldi. Bu konferentsiya qarorlaridan kelib chiqib, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1992 yil 2 sentyabrda «Qoraqalpog`iston Respublikasi hududidagi tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish, ijtimoiy va ekologik muammolarni echishni jadallashtirish chora-tadbirlari to`g`risida» 405-sonli qaror qabul qildi. Bu qarorning bajarilishini ta`minlash maqsadida O`zbekiston Respublikasi hukumati katta kuch sarfladi. Qoraqalpog`iston Respublikasi aholi punktlarini elektrlashtirish to`la hal qilindi. Tuyamo`yin suv omboridan respublika aholi punktlariga vodoprovod tarmog`i olib kelindi, aholini toza ichimlik suvi bilan ta`minlanish darajasi oshdi. Shu yillarda kanalizatsiya va gaz tarmokdari yotqizildi. Respublika aholisining tabiiy gaz bilan ta`minlanishi foizi oshdi.
Qoraqalpog`istonda ko`plab sog`liqni saqlash ob`ektlari, kasalxonalar, poliklinikalar, tug`ruqxona va turar-joylar binolari qurildi. Orolbo`yi aholisiga insonparvarlik yordami berildi, kasalxona va poliklinikalar shunday ta`minotdan foydalandilar.
Qoraqalpog`iston xalqi I. A. Karimovning BMT minbaridan turib dunyo mamlakatlarini Orol dengizini sakdab qolishga qarata chaqirig`ini katta qoniqish bilan kutib oldi. Uning tashabbusi bilan 1994 yil (14 yanvar) Nukusda Markaziy Osiyoning beshta davlat Prezidentlari hamda Rossiya Federatsiyasi-ning vakillari ishtirokida o`tkazilgan uchrashuvda Orolga va Orolbo`yi aholisiga amaliy yordam berish masalasi muhokama etildi. 1995 yil sentyabrda I. A. Karimov tashabbusi bilan Nukusda o`tkazilgan xalqaro konferentsiya esa tarixiy voqea bo`ddi. Bu anjumanning asosiy hujjatlaridan biri – Nukus Deklaratsiyasi bo`lib, unda butun dunyo jamoatchiligi e`tibori Orol muammosiga qaratildi.
1997 yil mart oyida Almatida Markaziy Osiyo respublikalari Kengashi yig`ilishi bo`ldi. Bu yig`ilishda ham I. A. Karimov tashabbusi bilan Orolbo`yi xalqlariga ijtimoiy mu-ammolarini echishda amaliy yordam berish to`g`risida qaror qabul qilindi.
O`zbekiston hukumatining Orolbo`yi muammolari to`g`risidagi tashabbuslari erlik xalqlar tomonidan ham qo`llab-quvvatlanmoqda. Amudaryo bo`yidagi mehnatkashlar ekologik vaziyatning yaxshilanishiga, xalqaro forumlarda Orol dengizi muammolarini hal qilishga doir qabul qilingan qarorlar o`z samarasini berishiga qat`iy ishonch bildirmoqdalar. Belgilangan chora-tadbirlarni tezda amalga oshirish natijasida qishloq joylarida, sanoatda mehnat unumdorligi o`sayapti, ishlab chiqarish rivojlanyapti, aholining ish bilan bandligi oshmoqda.
Yüklə 40 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin