O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
“TASDIQLAYMAN” BuxDU o‘quv ishlari bo‘yicha v.b. prorektori ________R.G‘.Jumayev
«____» ____________ 2021 y
ISLOM TARIXI
FANINING SILLABUSI (ISHCHI O’QUV DASTURI)
Bilim sohasi:
100000
–
Gumanitar soha
Ta’lim sohasi:
120000
–
Gumanitar fanlar
Ta’lim yo‘nalishi:
5120300
–
Tarix (Islom tarixi va manbashunosligi)
Umumiy o‘quv soati 660 soat
Shu jumladan:
Ma’ruza 150 soat
Seminar mashg‘ulot 150 soat
Mustaqil ta’lim soati 360 soat
Buxoro 2021
Fan/modul kodi Ist100332
O’quv yili 2020-2021/2021/2022/2022-2023
Semestr 2,3,4,5
ECTS-Kreditlar 22
Fan/modul turi Majburiy
Ta’lim tili O’zbek
Haftadagi dars soatlari
1.
Fanning nomi
Auditoriya mashg’ulotlari (soat)
Mustaqil ta’lim (soat)
Jami yuklama (soat)
Islom tarixi
300
360
660
I.Fanning mazmuni Fanni o’qitishdan maqsad “Islom tarixi” fani talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, tarixiy hodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar. Talaba:
–ilk islom davrining shakllanishi va tarixiy bosqichlari;
–islom tarixi masalalarini yechish uslublari;
–islom tarixini davrlashtirish;
–islom falsafasining asoslari, mohiyati va tarixi, islom falsafasining dunyo taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi;
–islom tarixining davrlarga bo‘linishi;
–ilk islom, xulafo roshidun, Umaviylar, Abbosiylar, Saljuqiylar va boshqa musulmon sulolalar davrlarining o‘ziga xos xususiyatlari;
–g‘arb olimlarining islom tarixini yoritgan asarlari;
–islomiy qadriyatlar tizimiga xos xususiyatlarni, ularning ijtimoiy-tarixiy o‘zgaruvchan xarakteri va rivojlanish tendensiyalarihaqida bilimlarni bilini kerak. Bular bilan bir qatorda bakalavr:
–xulosaviy bilimlar hosil qilish, dalillash, muammolarni yaratish va hal etish, farazlarni ilgari surish va asoslash ilmiy nazariyalarining mantiqiy tuzilmasini bilish;
–islom tarixini o‘rganishda Sharq va G‘arb olimlarining o‘ziga xos yondashuvlari;
–Markaziy Osiyo mutafakkirlarining islom tarixi va madaniyati rivojlanishiga qo‘shgan hissasi;
–hozirgi zamon olimlarining islom tarixining rivojlanish yo‘nalishlarining zamonaviy qonuniyatlari va tendensiyalariga oid ilmiy qarashlari;
–milliy mafkuramizning tarixiy-falsafiy ildizlarini, milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligi va amaliy ahamiyatini tushuntirishva ulardan foydalana olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak; –Sharq va G‘arb mamlakatlarida islom tarixining bugungi holati hamda rivojlanish yo‘nalishlarini mustaqil tahlil etish;
–islom tarixining davrlarga bo‘linishi, ilk islom va to‘rt xalifa davrlarining o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil etish;
–islom tarixiga oid ma’lumotlarni axborot va yuksak texnologiyalar davri xususiyatlarini, globallashuv imkoniyatlarini nazariy tahlil qila olish orqali ilmiy o‘rganish;
–tarixiy taraqqiyot bosqichlari davrida ro‘y bergan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning islom tarixiga ta’sirini tahlil etish, ijtimoiy hayot hodisalarini tadqiq etish metodologiyasini qo‘llay bilish, unda dialektik, sinergetik, tizimli yondashuvlar va falsafiy uslublarni qo‘llay olish;
–islom tarixini mustaqil o‘rganish jarayonlarida nazariy-falsafiy tafakkur imkoniyatini ishlata olish malakalariga ega bo‘lishi kerak.
Mustaqil o‘zlashtiriladigan mavzular bo‘yicha talabalar tomonidan referatlar tayyorlanadi va ularning taqdimoti tashkil qilinadi.
Mustaqil o‘zlashtiriladigan mavzular bo‘yicha talabalar tomonidan slaydlar, ijodiy ishlar, referatlar tayyorlanadi va uning taqdimoti tashkil qilinadi.
“Islom tarixi” fani bo‘yicha talabaning mustaqil ta’limi shu fanni o‘rganish jarayonining tarkibiy qismi bo‘lib, uslubiy va axborot resurslari bilan to‘la ta’minlangan.
Talabalar auditoriya mashg‘ulotlarida professor-o‘qituvchilarning ma’ruzasini tinglaydilar, muammolarni tahlil qiladilar. Auditoriyadan tashqari talaba darsga tayyorlanadi, adabiyotlarni konspekt qiladi, uy vazifasi sifatida berilgan mavzularni o‘rganadi.
“Islom tarixi” fanidan mustaqil ish majmuasi fanning barcha mavzularini qamrab olgan yuqoridagi mavzulardan shakllantiriladi.