1-Mavzu. Iqtisodiyot va moliyada mulk tushunchasi
Reja:
1.1. Mulkchilik munosabatlarining mohiyati va iqtisodiy mazmuni
1.2. Mulk ob’ektlari va sub’ektlari. Mulk shakllari
1.3. Korxona mulkini boshqarishning o‘ziga xos jihatlari
Tayanch so’zlar:
1. Mulkchilik munosabatlarining mohiyati va iqtisodiy mazmuni
Mulkchilik munosabatlari har qanday jamiyat iqtisodiy tizimining asosini tashkil qilib, insoniyat iqtisodiy taraqqiyotining mahsuli hisoblanadi. Mulkchilik munosabatlari iqtisodiy ne’matlarni ishlab chiqarish va jamiyat boyliklarini o‘zlashtirish jarayonlarida vujudga keladi.
Shunday ekan, mulkchilik munosabatlari – bu mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf qilish hamda ishlab chiqarish natijalarini o‘zlashtirish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlardir.
Dostları ilə paylaş: |