Voyaga yetmaganlar jinoiy javobgarligining o‘ziga xos jihatlari Abdubannoyeva Qizlarxon



Yüklə 25,46 Kb.
səhifə1/2
tarix14.12.2023
ölçüsü25,46 Kb.
#180252
  1   2
Q.Abdubannoyeva maqola


Voyaga yetmaganlar jinoiy javobgarligining o‘ziga xos jihatlari
Abdubannoyeva Qizlarxon
Farg‘ona viloyati yuridik texnikumi
“Sud-huquqiy faoliyat” yo‘nalishi
2-bosqich 24-22-guruh o‘quvchisi
Telefon: +99891
@gmail.com


Annotatsiya:. Mazkur maqolalada voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlar uchun javobgarlik, voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyat ishlarini yuritish va jazo tayinlashda qonun normalarining o‘ziga xos jihatlari xususida fikr yuritiladi.
Kalit so‘zlar: jinoyatchilik, giyohvandlik, ichkilikbozlik, oilaviy ajralishlar, buzg‘unchi va radikal oqimlar, voyaga yetmagan shaxs, biologik-jismoniy, psixologik va yuridik mezonlar, Jinoyat kodeksi, jinoiy javobgarlik, jinoiy jazo.
Mamlakatimizda bugungi kunda bog‘cha tarbiyalanuvchisidan tortib oliy taʼlimda tahsil olayotgan bolalarga, yoshlarga davlatimiz rahbariyati tomonidan qaratilayotgan yuksak eʼtibor, yaratilayotgan sharoitlarga qaramay ayrim voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilayotgan turli jinoyatlar, huquqbuzarliklar, salbiy holatlar, kerak bo‘lsa aytish kerakki, ular sonining ortib borayotganligi inson ko‘nglini ranjitadi. Bu borada Yurtboshimizning: “Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik, giyohvandlik, ichkilikbozlik, oilaviy ajralishlar, buzg‘unchi va radikal oqimlar taʼsiriga tushish holatlari davom etayotgani, Davlat rahbari sifatida shaxsan meni jiddiy tashvishga solmoqda1”, - degan so‘zlarini eslab o‘tish o‘rinlidir.
Voyaga yetmagan shaxsning har tomonlama barkamol rivojlanishi uchun zarur qonunchilik bazasini, shart-sharoitlarni yaratish, ularning huquqlari himoya qilinishini ta‘minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi BMTning “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi konvensiyasini ratifikatsiya qilgan va bugungi kunda mazkur hujjat qoidalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarini izchillik bilan bajarib kelmoqda.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 44-moddasida “Bolalar mehnatining bolalar sog‘lig‘iga, xavsizligiga, axloqiga, aqliy va jismoniy rivojlanishiga xavf soluvchi, shu jimladan jumladan uning ta‘lim olishiga to‘sqinlik qiluvchi har qanday shakllari taqiqlanadi”2, deb qayd etilgan, ma‘lumot o‘rida aytib o‘tish lozim, O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi 2008 yil 7 yanvardagi O‘QR-139-son qonunining 3-moddasida “bola (bolalar) — o‘n sakkiz yoshga to‘lgunga (voyaga etgunga) qadar b o‘lgan shaxs (shaxslar)”3 ekanligi o‘z ifodasini topgan.
Ilmiy nazariy manbalarda qayd etilishicha, voyaga yetmagan shaxs bilan voyaga yetgan shaxs o‘rtasidagi farq biologik-jismoniy, psixologik va yuridik mezonlar bilan belgilanadi. Mazkur mezonlarni tahlil qilar ekanmiz, tibbiyot va psixologiya fanlari insonni jismoniy holati va psixolgik nuqtai-nazardan tahlil qilgan holda ularning voyaga yetish mezonlarini belgilab bersa, yurisprudensiyada bu shaxsning muayyan huquq va majburiyatlarga ega bo‘lishi va uni mustaqil tarzda amalga oshirishi orqali ijtimoiy munosabatlarda mustaqil tarzda ishtiroki bilan farqlanishini ko‘rishimiz mumkin.
Shu bois ham voyaga yetmaganlarning jismoniy va psixologik rivojlanishini e’tiborga olgan holda qonun chiqaruvchi voyaga yetmaganlarning jinoiy javobgarligiga oid normalar belgilashda insonparvarlik hamda odillik prinsiplariga rioya etgan holda ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini jinoyat-huquqiy jihatdan muhofaza qilgan.4
O‘zbekiston Respublikasining 1994-yilda qabul qilingan Jinoyat kodeksini ishlab chiqishda ham voyaga yetmaganlar jinoiy javobgarligi masalasiga alohida e’tibor qaratilgan.
Ba’zi yuridik adabiyotlarga e’tibor qaratsak, voyaga yetmaganlar ikki turkumga bo‘linadi:
o‘n to‘rt yoshdan o‘n olti yoshgacha bo‘lgan shaxslarni kichik yoshdagi voyaga yetmaganlar;
o‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lganlarni katta yoshdagi voyaga yetmaganlar.
Aynan bunday bo‘linish Jinoyat kodeksining 86-moddasida ham aks etgan bo‘lib, ular voyaga yetmaganlarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni tayinlashda farqlanadi, ya’ni jinoyat sodir etish paytida o‘n to‘rt yoshdan o‘n olti yoshgacha bo‘lgan shaxslarga nisbatan hamda jinoyat sodir etish paytida o‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarga nisbatan.
O‘zbekiston Respublikasining jinoyat qonunchiligiga ko‘ra, Jinoyat kodeksining 17-moddasi 2-qismida belgilangan b‘lib, jinoiy javobgarlikka tortishning eng kichik yoshi o‘n to‘rt yosh hisoblanadi (O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 7 dekabrdagi O‘QR-735-son Qonuniga asosan)5.
Bundan tashqari Fuqarolik qonunchiligi mazmuniga muvofiq shaxs 18 yoshga to‘lganda voyaga yetgan hisoblanadi6.
Voyaga yetmagan shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortishning xususiyatlari Jinoyat kodeksi Umumiy qismining VI bo‘limida o‘z ifodasini topgan. Jinoyat qonunchiligida voyaga yetmagan shaxsga jinoyat sodir etganligi uchun javobgarlik belgilashda qonun chiqaruvchi tomonidan uning yoshi, o‘ziga xos jismoniy va aqliyl rivojlanishi, o‘z xatti-harakatlarining mohiyatini anglash qobiliyati va boshqa omillar hisobga olingan.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 17-moddasiga muvofiq, jinoyat sodir etgunga qadar o‘n olti yoshga to‘lgan, aqli raso jismoniy shaxslar javobgarlikka tortiladilar. Ammo o‘n sakkiz yoshga to‘lgunga qadar jinoyat sodir etgan shaxslar umumiy qoidalarga muvofiq javobgarlikka tortilsalar ham, ularga jazo belgilashda voyaga yetmaganlar javobgarligining xususiyatlari hisobga olinadi. Ular o‘z harakatlarida faqat Jinoyat kodeksi 17-moddasi ikkinchi qismida ko‘rsatib o‘tilgan moddalardagi jinoyat tarkibi mavjud bo‘lgan hollardagina javobgarlikka tortilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 17-moddasiga asosan, umumiy jinoiy javobgarlik yoshi 16 yosh qilib belgilangan, biroq qasddan og‘irlashtiruvchi holatlar bilan sodir etilgan ayrim jinoyatlar uchun shaxs jinoiy javobgarlikka 14 yoshdan ham tortilishi mumkin.
Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarni tergov qilish, ularga nisbatan turli majburlov hamda jazo choralarini tayinlashda uning bu yo‘lga qayta kirmasligi, qilmishdan afsuslanish kabi jihatlarga alohida e’tibor qaratilib, bu holatni bartaraf etishda jazolash emas, balki tarbiyalash, keyingi jinoyatlarning oldini olish, uning zararlangan ongini davolash muhimroq degan g‘oyaga amal qilinadi7.
Ta’kidlash lozimki, voyaga yetmagan shaxs har doim ham o‘z harakatlarining ijtimoiy ahamiyatini anglamaydi, ba’zan esa ularning haqiqiy xarakterini tushunib yetmaydi va bu harakatlarning oqibatini oldindan ko‘ra bilmaydi. Biroq ayrim hollarda qonun chiqaruvchi voyaga yetmagan shaxslarni barvaqt jinoiy javobgarlikka tortilishi lozimligi haqidagi qoidani ham o‘rnatgan.
Voyaga yetmagan jinoyatchilar o‘zining yoshiga ko‘ra, muayyan ijtimoiy-psixologik, psixofiziologik rivojlanish jamiyatga moslashuv darajasi va boshqa xususiyatlariga ega. Shuningdek, voyaga yetmaganlarga nisbatan qo‘shimcha jazolar tayinlanishi mumkin emasligi belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori8ga muovfiq voyaga yetmaganlarga jazo tayinlash paytida jazo tayinlashning umumiy qoidalaridan tashqari voyaga yetmagan shaxsning rivojlanish darajasi, turmush sharoiti va tarbiyasi, sog‘lig‘i, jumladan, ruhiy rivojlanish darajasi, jinoyatni sodir etish motivlari, katta yoshdagi shaxslarning uning xulq-atvoriga salbiy ta’siri haqidagi ma’lumotlar, shaxsiga ta’sir qiluvchi boshqa holatlar aniqlanadi hamda ular baholanadi. Shuningdek, agar shaxs o‘n sakkiz yoshga to‘lgunga qadar jinoyat sodir etgan bo‘lsa-da, lekin ish sudda ko‘rilayotgan vaqtda voyaga yetgan bo‘lsa unga nisbatan tayinlanayotgan jazo muddati yoki miqdori voyaga yetmaganlarga nisbatan tayinlanadigan jinoiy jazo muddati va miqdoridan ortiq bo‘lishi mumkin emas. Shaxs tomonidan bir necha jinoyat sodir etilib, ulardan ayrimlari voyaga yetmagan, qolganlari voyaga yetgan davrda sodir etilgan bo‘lsa, sud jinoyatlar majmui bo‘yicha jazo tayinlayotganida avval Jinoyat kodeksining 82-86-moddalari talablariga rioya etgan holda o‘n sakkiz yoshgacha sodir etilgan jinoyatlar uchun, keyin esa voyaga yetgandan so‘ng sodir etilgan jinoyatlar uchun jazo tayinlab, so‘ngra Jinoyat kodeksining 59-moddasiga binoan uzil-kesil jazo tayinlaydi.

Yüklə 25,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin