Bababoyeva dilafruzning umumiy, tabiiy geografiya fanidan mustaqil ishi



Yüklə 41,03 Kb.
səhifə1/3
tarix07.11.2022
ölçüsü41,03 Kb.
#67894
  1   2   3
Dilafruz mustaqil ish


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI
O`ZBEKISTON MILLIY UNIVYERSITETI


GEOGRAFIYA VA TABIIY RESURSLAR FAKULTETI
GEOGRAFIYA YO’NALISHI


1-BOSQICH TALABASI
BABABOYEVA DILAFRUZNING
UMUMIY, TABIIY GEOGRAFIYA FANIDAN


MUSTAQIL ISHI

MAVZU: Geografiya fanining rivojlanish tarixi. Mirzo Ulug’bek bobomizning geografiya faniga qo’shgan hissasi




Qabul qildi: Mamadiyorov A
Bajardi: Bababoyeva D
Toshkent-2022
Geografiya fanining rivojlanish tarixi. Mirzo Ulug’bek bobomizning geografiya faniga qo’shgan hissasi
Reja:

  1. Geografiya fanining rivojlanish tarixi

  2. Buyuk geografik kashfiyotlar bosqichi

  3. Mirzo Ulug’bek bobomizning geografiya faniga qo’shgan hissasi




  1. Geografiya fanining rivojlanish tarixi

Geografiya eng qadimgi va hamisha navqiron fanlardan biri. Geografik kashfiyotlar, g’oya va bilimlarning rivojlanish xususiyatlariga asoslanib, bu fanning tarixida quyidagi bosqichlarni ajratish mumkin.
Qadimgi yoki antik davr bosqichi. Ibtidoiy odamlarning o’zi yashab turgan joyni o’rganish, yashash uchun qulay, tabiiy resurslarga boy joylarni topish va tasvirlashga bo’lgan intilishlari asnosida dastlabki Geografik bilimlar to’planib borgan. Er.avv. 2-ming yillikda finikiyaliklar O’rta dengizdan Gibraltar bo’g’izi orqali suzib o’tib, Afrika qirg’oqlari bo’ylab Hindistongacha suzib borganlar. Shu paytdan Osiyo va Yevropa nomlari paydo bo’lgan.
Bu davrda yunonlar va rimliklar o’sha paytda ma’lum bo’lgan hududlarni tasvirlab yozish bilan birga xaritalarini ham tuzdilar. Gomer er.avv.XII asrda O’rta dengiz va uning atrofini tasvirlovchi dunyo xaritasini tuzdi. Pifagorning shogirdlari er.avv. VI asrda Yerning sharsimonligini aytdilar. Aristotel, er.avv.IV asrda, Yerning sharsimonligini, issiqlik mintaqalari mavjudligini mantiqiy jihatdan isbotladi. Olamning markazida Yer turadi degan geotsentrik nazariyani ilgari surdi. Eratosfen er.avv. III asrda birinchi bo’lib Yerning kattaligini o’lchadi va "Geografika” nomli kitobini yozib, geografiya fanining mustaqil fan bo’lib chiqishiga asos soldi. Eramizning II asrida Ptolemey 8 jildlik "Geografiya” asarini yozdi va xaritalarni tuzishda kartograf ya proyeksiyalar va daraja to’rini ixtiro qildi, dastlabki "Atlas” ni yaratdi. Shu davrda Strabon ham 17 jilddan iborat "Geografiya” asarini yozdi.
Bu bosqichning asosiy natijalari: geografiya fani vujudga keldi va "geografiya” nomli kitoblar yozildi, dunyo xaritalari tuzildi, geografik koordinatalar va daraja to’ri ixtiro qilindi, Yerning sharsimonligi mantiqiy isbotlandi va o’lchamlari aniqlandi.
O’rta asrlar bosqichi. Bu davrda geografiya, umuman, ilm-fan, asosan Sharqda, xususan, O’rta Osiyo, Misr, Eronda rivojlandi. Geografiya fani, asosan o’lkashunoslik, kartografiya, geodeziya yo’nalishida rivojlandi. Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy IX asrda Yerning sharsimon ekanligini isbotlab, uning o’lchamlarini nisbatan aniq o’lchadi. "Surat-al-Arz” nomli kitob yozib, Sharq geografiyasiga asos soldi.
Geografiya fanining rivojida Abu Rayhon Beruniyning xizmati beqiyos. Uning geografiyaga oid 22 ta asari bo’lib, shundan 12 tasi geodeziya, 4 tasi kartografiya, 3 tasi iqlimshunoslik, 3 tasi mineralogiyaga oid va hozirgi kunda ham dolzarb hisoblanadi. U yasagan globus esa Yerning sharsimonligini isbotlash va tushuntirishda, Shimoliy yarimshar tabiatini o’rganishda tengi yo’q manba bo’lgan. U yunon va rim olimlaridan farq qilib olamning geliotsentrik tuzilishi nazariyasini rivojlantirishga hissa qo’shgan.
Abdurazzoq Samarqandiy Hindistonga sayohat qilib, Eron, Pokiston, Arabiston dengizi haqida boy ma’lumotlar to’pladi. Ahmad Farg’oniy astronomiya, iqlimshunoslik gidrologiya fanlariga oid asarlar yaratdi. U Nil daryosining suv sarfini o’lchaydigan "Nilometr” asbobini yaratib, daryolarning suv sarfini o’lchash va unga bog’liq ishlarni to’g’ri rejalashtirishga asos yaratdi. Umar Xayyom tomonidan ko’plab xaritalar tuzildi. Yoqut Hamaviy geografik lug’at – o’sha davrdagi geografik bilimlar ensiklopediyasini tuzdi.Zahiriddin Muhammad Bobur "Boburnoma” asari orqali geografiya faniga katta hissa qo’shdi.
Bu davrda yevropaliklar ham sayohatlar uyushtirib, geografik bilimlarning boyishiga sezilarli hissa qo’shdilar. 982-yil Erik Rauda Grenlandiyani, uning o’g’li Leyve Eriksson esa Shimoliy Amerikaning shimoli-sharqiy sohillarini o’rgandi. 1271–1295-yillarda venetsiyalikMarko Polo Xitoyga safar uyushtiradi va uning ma’lumotlari Ptolemeyning xaritasida tasvirlanmagan joylarni to’ldiradi. 1466–1472-yillarda A.Nikitin Hindistonga sayohat qilib "Uch dengiz osha sayohat” asarini yozadi.
Bosqichning asosiy natijalari: Yerning shakli va o’lchamlari aniqroq o’lchandi, geodeziya, kartografiya, gidrologiya, iqlimshunoslik fanlari shakllandi va rivojlandi, o’lkashunoslik va mamlakatshunoslikka bag’ishlangan yirik asarlar yozildi, Sharq, xususan, O’rta Osiyo geografiyasiga asos solindi.


  1. Yüklə 41,03 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin