Bajardi: qutlimuratova m



Yüklə 1,65 Mb.
səhifə1/11
tarix02.06.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#122468
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Qutlimuratova M 2-v fizika optika kurs ishiII

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • KIRISH

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI BERDAQ NOMIDAGI QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI FIZIKA FAKULTETI 2-V FIZIKA GURUH TALABASI QUTLIMURATOVA MARJONANING OPTIKA FANIDAN YORUG’LIK TEZLIGI VA UNI O'LCHASH USULLARI MAVZUSIDA YOZGAN
KURS ISHI



BAJARDI: QUTLIMURATOVA M.
ILMIY RAHBAR: ABDIKAMALOV B.
NUKUS_2023


MUNDARIJA


KIRISH 3
II. ASOSIY QISM 6
2.1. Yorug‘lik tezligi va uning tabiati 6
2.2. Jeyms Maksvell tenglamalari - Yorug‘likning elektromagnit tabiati 7
2.3. Yorug‘lik tezligining aniqlash usullari 7
2.4. Mishelning tajribasi - yorug‘likning mutlaq tezligi 10
2.5. Fizo va Fuko tajribasi. Maykelson tajribasi 18
III. XULOSA 23
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 25



KIRISH


Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda, kadrlar tayyorlash mazmunini takomillashtirish, xalqaro standartlar darajasiga mos oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash ta’limga texnologik yondashuvni talab etadi. Bunda bevosita ta’lim jarayonini, oliy ta’limning o‘quv reja va dasturlarini yangi pedagogik texnologiyalar va o‘qitish usullarini keng joriy etish, ta’lim jarayonini sifat jihatdan yangilash va zamonaviy tashkiliy shakllarni joriy etish muhim ahamiyatga ega.
Mamlakatni rivojlantirishning uzoq muddatli ssenariylarini hisobga olgan holda innovatsiyalarni ishlab chiqish hamda davlat va jamiyat qurilishiga joriy etish, shuningdek, jamiyat va davlat taraqqiyotini ta’minlovchi ilmiy tadqiqotlar va ilg‘or texnologiyalarning ustuvor hamda istiqbolli yo‘nalishlarini rivojlantirishga zarurat mavjud. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevraldagi O‘zbekiston respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonida ijtimoiy soha, xususan, ta’lim va ilm-fan sohalarini rivojlantirish borasida bir qator vazifalar belgilangan. Hujjatda ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda yangi ta’lim muassasalarini qurish ta’mirlash va kapital ta’mirlash barobarida ularni zamonaviy o‘quv laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikasi va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash ham nazarda tutilgan. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.Mirziyoyevning “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalarning samarali yechimini to‘liq ta’minlash maqsadida oliy ta’lim darajasini sifat jihatdan oshirish va tubdan takomillashtirish, oliy ta’lim muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va modernizatsiya qilish, ularni zamonaviy o‘quv-ilmiy laboratoriyalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash maqsadida oliy ta’lim tizimini 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan kompleks rivojlantirish dasturi tasdiqlandi. Dasturga muvofiq, 2017-2021-yillarda 48 ta oliy ta’lim muassasasida jami 180 ta o‘quv-ilmiy laboratoriya binosi, sport inshootlari hamda ijtimoiy muhandislik infratuzilmalari ob’ektlarida qurilish, rekonstruksiya va kapital ta’mirlash ishlari olib boriladi. Shuningdek 53 ta oliy ta’lim muassasasida 400ta o‘quv laboratoriyasi bosqichma-bosqich eng zamonaviy o‘quv laboratoriya uskunalari bilan jihozlanadi, 7 ta oliy ta’lim muassasida barcha oliy ta’lim muassasalari o‘zaro hamkorlikda foydalanadigan ilmiy laboratoriyalar tashkil etiladi [1].
Fizika fanida pedagogik texnologiyalarning rivojlanishi va ularning o’quv-tarbiya jarayonlariga kirib kelishi va axborot texnologiyalarining tez almashinuvi hamda takomillashuvi jarayonida har bir insonning o’z kasbiy tayyorgarligini, mahoratini kuchaytirish imkoniyatini yaratadi. Ta’limning bugungi vazifasi fizika fanidan o’quvchilarni kun sayin o’sib borayotgan axborot-ta’lim muhiti sharoitida mustaqil ravishda faoliyat ko’rsata olishga, axborot oqimidan oqilona foydalanishga o’rgatishdan iborat. Bunda jamoa bo’lib ishlashga, izlanishga, fikrlarni jamlashga, kerakli xulosa qabul qilishga, o’tilayotgan mavzularda egallagan bilimini qo’llay olishga, amaliy mashg’ulotlar hamda laboratoriya tajribalarini o’tkazish bo’yicha ko’nikmalar hosil qilishga o’rgatishdan iboratdir. Fizika ta’limiga pedagogik texnologiyalarning jalb etilishi bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biri bo’lib, har bir o’qituvchi buni o’z darsiga muvofiq tusda tashkil etib bormog’i lozim. Yangi pedagogik texnologiyalar ham muayyan tashkiliy shakllarda amalga oshiriladiki, biz ularni dars o’tish, ekskursiya, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari, leksiya, seminar, diktant, nazorat testi va boshqalar tarzida tushunamiz. Umumiy o’rta makrablarida fizika darslari jarayonida yangi pedagogik texnologiyaning bir qator tamoyillari mavjud bo’lib, darsning umumiy maqsadidan kelib chiqqan holda qiziqarli dars tashkil etish, test savollari asosida o’quvchining bilimini sinab ko’rish, muammoli vaziyatlar asosida savol-javoblar tariqasida dars o’tish va boshqalardan iborat. Dars jarayonida bolani zo’riqtirmaslik, uning yoshini hisobga olgan holda turli usullardan foydalanish o’qituvchining, pedagogning bilishi zarur bo’lgan xususiyatdir. Shu o’rinda men pedagogika hamda ta’lim texnologiyasiga chuqurroq to’xtalmoqchiman. Pеdаgоgik tехnоlоgiya tushunchаsining qo’llаnilishi bu аsоsiy e’tibоrni fаqаt tа’lim jаrаyonini sаmаrаli tаshkil etishgаginа qаrаtilmаy, bаlki hаm tа’lim, hаm tаrbiya jаrаyonining sаmаrаdоrligini tа’minlаshgа birdеk хizmаt qilаdi. Pеdаgоgik tехnоlоgiya o’z mоhiyatigа ko’rа sub’еktiv хususiyatgа egа, ya’ni, hаr bir pеdаgоg tа’lim vа tаrbiya jаrаyonini o’z imkоniyatlаri, kаsbiy mаhоrаtidаn kеlib chiqqаn hоldа ijоdiy tаshkil etishi lоzim.
Hozirgi kunda ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarini tadbiq etish orqali dars samaradorligini oshirish, eng maqbul pedagogik metodlardan foydalangan holda o‘quvchilarga fan asoslarni sodda va tushunarli, puxta o‘rgatish masalasi ta’lim tizimidagi eng dolzarb muammolardan biridir. Chunki, shiddat bilan rivojlanayatogan bu davrda ta’lim tizimiga ham yangicha yondoshuv zarur, shundagina yetuk malakali kadrlarni tayyorlash imoniyati yanada oshadi.
Ushbu kurs ishida “Muammoli o‘qitish” metodi va kompetentlik tanlab olinib, uning dars samaradorligini oshirishdagi ahamiyati ko‘rsatilgan hamda undan fizikani o‘qitish jarayonida foydalanish “Yorug‘lik tezligini aniqlash” mavzusi misolida metodik jihatdan ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, bu mavzuni o‘qitishda nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash, turli ko‘rgazmali materiallardan foydalanish bo‘yicha bir qator namunalar keltirilgan.
Kurs ishini tayyorlash jarayonida innovatsion pedagogik texnologiyalar va ularni fizika ta’limi jarayoniga qo‘llash bo‘yicha bir qancha adabiyotlar qiyosiy tahlil etildi va fan bo‘yicha egallagan nazariy bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik hayotida duch keladigan amaliy va nazariy masalalarni yechishda foydalanib amaliyotda qo‘llash olish ya’ni kompetentlikka alohida e’tibor berildi.











Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin