Bank ishi” fanining predmeti va vazifalari Mavzu bo‘yicha tayanch so‘zlar va iboralar Bank so‘zi -italyancha «Vansa» so‘zidan olingan bo‘lib, «stol», aniqrog‘i «pulli stol»



Yüklə 81,84 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü81,84 Kb.
#205736
1 (1)


Bank ishi” fanining predmeti va vazifalari
Mavzu bo‘yicha tayanch so‘zlar va iboralar
Bank so‘zi -italyancha «Vansa» so‘zidan olingan bo‘lib, «stol», aniqrog‘i «pulli stol» degan ma’noni anglatadi.
Xolding so‘zi-ingliz tilidan kirib kelgan bo‘lib, «egalik qilish» ma’nosini anglatadi.
sof xolding - faqat maxsus nazorat va boshqaruv maqsadlarida tuziladi;
aralash xolding - nazorat va boshqaruv vazifalari bilan birga sanoat, savdo, transport, kredit-moliya va boshqa sohalarda tadbirkorlik faoliyati bilan ham shug‘ullanadi.
1.1.“Bank ishi” fanining maqsadi, predmeti va vazifalari
«Bank ishi» mustaqil fandir. CHunki u o‘zining mustaqil predmeti, ob’ekti va metodiga ega. U:
bank faoliyatining huquqiy asoslari;
banklarni tashkil etish va ularning faoliyatini tugatish tartibi;
bank faoliyatini tartibga solish;
banklarning huquq va majburiyatlari;
banklarga vasiylik qilish tartibi;
banklarning moliyaviy ahvoli;
bank operatsiyalarini amalga oshirish tartiblari;
pul tizimi hamda pul muomalasini tashkil etish qoidalari;
valyutani tartibga solish va xalqaro rezervlarni boshqarish;
banklarni nazorat qilish;
banklarda hisob yuritish va hisobot;
bank menejmenti;
bankning rivojlanish tarixi kabi masalalarni o‘rganuvchi fandir.
Aynan shular «Bank ishi» fanining predmeti bo‘lib hisoblanadi. Bank va uning turli ko‘rinishlari «Bank ishi» fanining o‘rganish ob’ekti bo‘lib hisoblanadi (1-jadval).
Har qanday fan o‘z ob’ektini ma’lum usullarni qo‘llash yordamida o‘rganadi. Bank faoliyati, undagi sir-sinoatlarni ilmiy asosda o‘rganish, tahlil qilishda «Bank ishi» fani quyidagi usullardan foydalanadi
Ilmiy jihatdan asoslangan tahlil qayd qilingan usullarni chambarchas ravishda bog‘lab olib borilishini taqozo etadi.
1-jadval
Bank va uning turlari

t/r

Turkumlash belgilari

Bank turlari


Vakolatiga qarab

emissiya qiluvchi banklar
tijorat banklari
investitsion banklar
universal banklar


Operatsiyalarni bajarish xarakteriga qarab

tarmoqlar bo‘yicha
mijozlar tarkibi bo‘yicha
miqdor bo‘yicha
regionlar bo‘yicha xizmat qiluvchi banklar


Mulk shakliga qarab

ixtisoslashgan (masalan, ipoteka) banklar
davlat banklari
aksioner (hissador) banklar
xususiy banklar
aralash banklar


Faoliyat miqyosiga qarab

bank konsorsiumlari
yirik banklar
o‘rta banklar
mayda banklar


Xizmat qilish sohasiga qarab

mahalliy (regional) banklar
regionlararo banklar
milliy banklar
xalqaro banklar


Sho‘balar soniga qarab

sho‘basi bor banklar
sho‘balari yo‘q banklar

«Bank» so‘zi italyancha «Vansa» so‘zidan olingan bo‘lib, «stol», aniqrog‘i «pulli stol» degan ma’noni anglatadi. XII asrlarda Genuyada pul almashtiruvchilarni «Bancherii» deb atashgan. Agar puldorlardan birortasi ishonchni oqlamasa va o‘z ishiga mas’uliyatsizlik qilsa, u o‘tirgan stolni sindirib tashlashgan va uni «Vanco rotto», ya’ni «bankrot» deb atashgan. Bugungi kunda bizga ma’lum bo‘lgan «bankrot» so‘zi ham italyancha «Vansa» so‘zidan olingan.
O‘zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonunida bankka quyidagicha ta’rif berilgan:
«Bank - tijorat tashkiloti bo‘lib, bank faoliyati deb hisoblanadigan quyidagi faoliyat turlari majmuini, ya’ni:
yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish;
qabul qilingan mablag‘lardan tavakkal qilib kredit berish;
«Bank ishi» fanining tahlil usullari

t/r

Tahlil usullari

Mazmuni

1.

Tizimli yondoshuv

bank tizimi yaxlit tarzda olib qaraladi. Bu yondoshuv turlicha bo‘lishi mumkin:
tizimli-kompleks yondoshuv
tizimli-funksional yondoshuv
tizimli-tarkibiy yondoshuv
tizimli-kommunikatsion yondoshuv.

2.

Kompleksli yondoshuv

bank tizimi boshqa ob’ektlar bilan o‘zaro bog‘lanishda va aloqadorlikda qaraladi.

3.

Tarkibiy yondoshuv

bank tizimi tarkibiy qismlarga bo‘lib o‘rganiladi.

4.

Vaziyatli yondoshuv

bank tizimining muayyan sharoitdagi ichki va tashqi vaziyatiga qarab tegishli ma’qul usul qo‘llaniladi.

5.

Integratsion yondoshuv

bank tizimi yukoridagi usullar (vaziyatli, kompleksli, tarkibiy yondoshuvlar)ni birgalikda qo‘llash yordamida tahlil qilinadi.

6.

Modellashtirish
usuli

bank tizimini tahlil qilish uchun turli chizmalar, modellar, xomaki materiallar tayyorlanadi.

7.

Iqtisodiy matematik yondoshuv

maqbul qaror qabul qilish maqsadida matematik uslublar keng qo‘llaniladi.

8.

Kuzatish usuli

bank tizimi to‘g‘risidagi ma’lumotlar rejali, ilmiy, uyushtirilgan asosda to‘planiladi.

9.

Tajriba usuli

tahlil jarayonida bank tizimiga nisbatan namunaviy tajribadan o‘tgan usullar qo‘llaniladi.

10.

Sotsiologik kuzatuv usuli

turli anketali so‘rovlar, suhbatlar, testlar, infratuzilmaviy tahlillar o‘tkaziladi.

investitsiyalash uchun foydalanish;
to‘lovlarni amalga oshiruvchi yuridik shaxsdir».
Demak, bank - bu pul mablag‘larini o‘zida mujassamlashtiruvchi va jamg‘aruvchi, kredit beruvchi, pul hisobini olib boruvchi, pul va qimmatli qog‘ozlarni emissiya qiluvchi, oltin va chet el valyutalari bilan operatsiyalarni bajaruvchi yirik muassasadir.
Ko‘pgina moliya institutlari, shu jumladan qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi bilan shug‘ullanuvchi dilerlar, broker firmalari, sug‘urta kompaniyalari o‘zlarining ko‘rsatgan xizmatlari bilan ko‘proq banklarga tenglashishga va bankka xos ishlar bilan shug‘ullanishga harakat qiladilar.
Ana shunday moliya institutlari o‘zlarini bank bo‘lmagan banklar1 deb ataydilar
Bank bo‘lmagan banklar (asosiy muassasalar)

t/r

Bank bo‘lmagan banklar

Mashg‘uloti

1.

Ipoteka
kompaniyalari

tijorat maqsadida foydalaniladigan bino yoki yashash uylaridan samarali foydalanish uchun qisqa muddatli kredit berish bilan shug‘ullanadilar

2.

Faktoring
kompaniyalar

vaqtinchalik moliyalashni ta’minlash maqsadida (asosan debitorlar schyotidan) korxonalardan qisqa muddatli aktivlarni sotib oladilar

3.

Trast
kompaniyalar

korxona, xususiy shaxslar va zarar bilan ishlaydigan tashkilotlar mulklarini boshqaradi va ularni himoya qiladi. Mijozlarning qimmatli qog‘ozlarini xususiy investorlarga joylashtiradilar

4.

Ma’lumotlarni qayta ishlash kompaniyalari

ma’lumotlarni kompyuter ishlab ularni uzatish bilan shug‘ullanishadi

5.

Sug‘urta kompaniyalari

sog‘liqni va kishilar hayotini turli xavflar va baxtsiz hodisalardan sug‘urta qilish bilan shug‘ullanadi. SHu bilan bir qatorda ular bilan bog‘liq bo‘lgan kreditlarni beradilar

6.

Qimmatli qog‘ozlar savdosi
bilan shug‘ullanuvchi brokerlik firmalari

opsion shartnomalari, valyutali moliyaviy fyucherslar, muomaladagi qimmatli qog‘ozlarning oldi-sotdisi bo‘yicha mijozlarning buyruqlarini bajaradilar

7.

Moliyaviy
masalalar bo‘yicha maslahat beruvchi firmalar

aktivlarni boshqarish va investitsiya masalalari bo‘yicha mijozlarga kiradilar

8.

Qimmatli
qog‘ozlarni tarqatish bilan
shug‘ullanuvchi firmalar

davlat va munitsipal zayomlarni, korporatsiyalar aksiyalarini, qimmatli qog‘ozlarni, korporatsiyalarning qarz majburiyatlarini, mijozlar schyotlari bilan ta’minlangan qim-matli qog‘ozlarni sotib oladi, shuningdek, yuqorida qayd qilingan qimmatli qog‘ozlarni investorlarga takroriy sotishni taklif qiladilar

9.

Moliyaviy kompaniyalar

korxonalar va xususiy shaxslarga qisqa va uzoq muddatli kapital miqdorlarini aniqlash bilan shug‘ullanadilar

10.

Kredit kartochkalari bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar

chakana savdo korxonalarini qo‘llab quvvatlash va xususiy shaxslarga qisqa muddatli kreditlar berish bilan shug‘ullanadilar

11.

Lizing
kompaniyalari

aktivlarni sotib oladi va muhtoj korxonalarga, xususiy shaxslarga ularni ijaraga beradi

12.

Sug‘urta
agentliklari

kredit yoki moliyaviy xizmatlar bilan bog‘liq bo‘lgan sug‘urta polislarini sotadilar yoki to‘la-to‘kis brokerlik va sug‘urtaviy xizmatlarni bajaradilar

13.

Ko‘chmas mulk operatsiyalari bilan bog‘liq xizmatlarni bajaruvchi firmalar

ko‘chmas mulkni baholash va ular bilan bog‘liq bo‘lgan tijorat loyihalarni moliyalashtirish bilan shug‘ullanadilar

14.

Omonat, ssuda berish bilan shug‘ullanuvchi
assotsiatsiyalar

asosan xususiy shaxslar va oilalarga omonat depozitlarga jamg‘ariladigan mablag‘lar rejalarini, shuningdek uy-joy qurish uchun kredit taklif qiladilar

80-yillarda qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi va brokerlik bilan keng faoliyat boshlagan «Meril Linch» va «Dreyfus korporeyshn» firmalari bank bo‘lmagan banklarga misol bo‘la oladi.
Tovar-pul munosabatlarining vujudga kelishi va ularning rivojlanib borishi banklarning paydo bo‘lishiga asos soladi. O‘rta asrlarda banklar dastlab puldorlar tomonidan pulni qabul qilish va boshqa davlat shahar puliga almashtirib berish asosida kelib chiqqan. Keyinchalik puldorlar bo‘sh turgan mablag‘laridan foyda olish maqsadida qarz so‘ragan subektlariga vaqtinchalik foydalanishga bergan. Bu hol pul almashtiruvchi puldorlarning bankirlarga aylanishga olib kelgan.
Dastlabki banklar jirobanklar nomi bilan XVI asrlarda (aniqrog‘i 1587 yilda) Florensiya va Venetsiyada kichik banklar vujudga kela boshlagan. Ular turli shaharlar va mamlakatlarning pul belgilarini almashtirishga ixtisoslashgan bo‘ladilar. Keyinchalik shunday banklar Amsterdamda (1605 y), Gamburgda (1618 y), Milanda, Nyurnbergda, Genuyada vujudga kelgan. Bu banklar asosan o‘z mijozlari-savdogarlarga xizmat qilishgan. Ular hisob-kitobni asosan naqd pulsiz amalga oshirishgan.
Tarixda birinchi yirik bank 1694 yilda Angliyada tashkil etilib, unga davlat tomonidan banknotlar chiqarishga ruxsat berilgan. U bank aksiyador-emmission bank deb hisoblangan. Keyingi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot, xususan, sanoatning rivojlanishi natijasida banklar boshqa mamlakatlarda ham tashkil qilina boshlanadi
Natural xo‘jalik munosabatlarining tugashi, savdo-sotiq munosabatlarining rivojlanishi pullik hisob-kitoblar olib borishiga, kreditning rivojlanishiga yo‘l ochdi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi yollanma mehnatni borgan sari ko‘p jalb qilishga olib kelgan. g‘llanma mehnat uchun haqning pul shaklida to‘lanishi doimiy pul aylanishni yuzaga keltiradi. Pul aylanishi esa muayyan boshqaruvni talab qildi. Bu vazifani banklar bajara boshladi.
SHunday qilib, banklar mablag‘larni yig‘ish va taqsimlash orqali ssuda kapitali harakatini boshqara boshladi.
XX asrning boshlarida yirik Evropa mamlakatlarida o‘zining ko‘p filiallariga ega bo‘lgan, yirik sanoat monopoliyalari bilan uzviy bog‘liq faoliyat ko‘rsatayotgan banklar vujudga keldi. Bular jumlasiga xalqaro pul, hisob va kredit munosabatlarini olib boruvchi quyidagi xalqaro banklarni kiritish mumkin:
Evropa rivojlanish va taraqqiyot banki;
Xalqaro valyuta fondi;
Xalqaro Moliya korporatsiyasi;
Xalqaro hisob-kitoblar banki;
Evropa investitsiya banki va boshqalar.
Xorijiy banklar to‘liq yoki qisman chet el investitsiyalariga tegishli bo‘lgan banklar bo‘lib, ular o‘z faoliyatini mahalliy qonunlar doirasida olib boradi. Hozirgi vaqtda bunday banklar yirik banklarning sho‘‘balari sifatida faoliyat ko‘rsatadi.
Bankning vazifalari
Ko‘pchilikning tasavvurida bankning iqtisodiyotda tutgan o‘rni faqatgina omonatlarga mablag‘larni jalb qilish va kreditlar berishdan iboratdir. Lekin zamonaviy banklar o‘zlarining raqobatbardoshligini saqlash va ja’miyatning talablarini qondirish maqsadida yangi vazifalarni ham bajarishni o‘rganishi lozim. Bugungi kunda bu vazifalar quyidagilardan iborat
Bankning hozirgi zamon vazifalari

t/r

Banklarning
roli

Izoh

1.

Vositachilik
roli

jismoniy shaxslardan qabul qilib olgan mablag‘larni yangi binolar, asbob uskunalar va boshqa ishlab chiqarish vositalariga investitsiya qilish maqsadida kreditga oladigan firma va korxonalar o‘rtasida vositachi vazifasini bajaradi.

2.

To‘lovlarni amalga oshirishda ishtirokchilik roli

tovarlar, qimmatli qog‘ozlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun talabnomalar, majburiyatlar va cheklarni kliring asosida o‘zaro surishtirishga asoslangan elektron to‘lovlar orqali naqd pulsiz hisob-kitoblarni olib boradi.

3.

Kafolatchilik roli

bank kafolatchi sifatida tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlarni to‘lashga imkoniyati etmayotgan bank mijozlari qarzlarini akkreditiv ochish yo‘li bilan yoki faktorning operatsiyalari orqali to‘laydi.

4.

Agentlik
(dallollik)
roli

bank mijozlar mulkini boshqarish va himoya qilish, mijozning topshirig‘iga binoan uning qimmatli qog‘ozlarini muommalaga chiqarish va joylashtirish kabi yumushlarni bajarishda agentlik vazifasini o‘taydi.

5.

Siyosiy yo‘li

ijtimoiy maqsadlarni hamda iqtisodiyotning rivojlanishini ko‘zlab davlat tomonidan yuritilayotgan siyosatning targ‘ibotchisi vazifasini bajaradi.

Bank o‘z faoliyati jarayonida quyidagi xizmatlarni ko‘rsatadi:
jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan vakil banklarning hisob varaqalarini ochish va yuritish hamda hisob varaqlar bo‘yicha hisob-kitob qilish;
omonatlarni jalb qilish;
o‘z mablag‘lari va jalb qilingan mablag‘lar hisobidan o‘z nomidan kreditlar berish;
chet el valyutasini naqd pul va naqd bo‘lmagan pul shakllarida yuridik hamda jismoniy shaxslardan sotib olish, sotish va ayirboshlash;
pul mablag‘lari veksellar, to‘lov va hisob-kitob hujjatlarini inkasso qilish;
uchinchi shaxs nomidan majburiyatlarning bajarilishini nazarda tutuvchi kafolatlar berish;
uchinchi shaxs nomidan majburiyatlarning bajarilishini talab qilish huquqini olish;
qimmatli qog‘ozlarni chiqarish, xarid qilish, sotish, hisobni yuritish va saqlash, ularni boshqarish va boshqa operatsiyalarni bajarish;
davlat faoliyatini qo‘llab-quvvatlash;
kichik va o‘rta tadbirkorlikni kredit bilan ta’minlash;
trast xizmatlari - ishonch qog‘ozlar orqali mijozlar aktivlarini boshqarish;
faktoring xizmatlarni amalga oshirish;
moliyaviy lizingni bajarish;
iste’mol kreditini berish;
moliyaviy maslahat va axborot xizmatlarini bajarish;
naqd pul mablag‘larini boshqarish;
yuqori tavakkalchilikka ega kreditlar berish;
sug‘urta xizmatlarini sotish;
qimmatliklar bilan bo‘ladigan operatsiyalarda brokerlik xizmatlarini amalga oshirish;
investitsiya va boshqa xizmatlarni ado etish.
Barcha zamonaviy banklar muomalaga pul chiqaradilar va kredit beradilar, ya’ni qarz oluvchining qarzini qaytarib berishi to‘g‘risida majburiyatini oladilar. Bu qanday amalga oshiriladi?
Hozirgi vaqtda barcha yirik rivojlangan davlatlarda tovarlar va xizmatlar uchun olinadigan haq asosan chek ko‘rinishida bo‘ladi.
CHek hujjatlarining ikki turi mavjud:
Birinchisi, mijozga kredit berilganda, u oddiy vekselga imzo chekadi va o‘z o‘rnida bank unga talab qilib olinguncha depozit hisob varag‘ini ochadi. Qarzdorning oddiy vekseli pul hisoblanmaydi, undan tovarlar va xizmatlar uchun to‘lov sifatida foydalanish mumkin emas. Lekin bankning depoziti pul hisoblanib, undan mijoz xohlagan vaqtda xohlagancha sarf qilishi mumkin. SHunday qilib, bank qarz berib, o‘z mijoziga depozit ochib, muomalaga pul chiqaradi va mijoz undan erkin foydalana oladi.
Ikkinchidan, bank tizimidagi barcha banklar mijozlarga kreditlar berib, pul ishlaydilar. Bu kreditlar boshqa banklarga depozit mablag‘ bo‘lib tushadi. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, bank jalb qilgan depozitlarini kafolatlash uchun zaxiralar fondini tashkil qiladi. SHunday qilib, har bir jalb qilingan depozit qo‘yilmasi zaxiralar hajmining ortib borishini ta’minlaydi va bu mablag‘lar kredit sifatida ishlatilishi mumkin. Kreditlar boshqa banklarga depozit ko‘rinishida oqib o‘tadi va yangi kreditlar berish imkoniyati yuzaga keladi. Oxir oqibatda, banklarning kredit berish vazifasiga asosan, ularning depozit hisob varaqalarida turgan pul mablag‘lari mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Banklarning pul ishlash qobiliyatiga ega ekanligi ular faoliyatining davlat tomonidan tartibga solib turilishining asosiy sababidir.
Yüklə 81,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin