Bank tushunchasi va bank turlari. Banklarda depozit hisobvaraqlarini ochish. Depozit (omonat)larning xususiyatlari



Yüklə 13,9 Kb.
səhifə1/6
tarix22.12.2023
ölçüsü13,9 Kb.
#190624
  1   2   3   4   5   6
Razzakova Aziza 2002

Bank tushunchasi va bank turlari. Banklarda depozit hisobvaraqlarini ochish. Depozit (omonat)larning xususiyatlari.

2002 guruh talabasi Razzakova Aziza

Bank nima?

  • Bank — tijorat tashkiloti bo‘lib, bank faoliyati deb hisoblanadigan quyidagi faoliyat turlari majmuini amalga oshiradigan yuridik shaxsdir:
  • yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish hamda qabul qilingan mablag‘lardan tavakkal qilib kredit berish yoki investitsiyalash uchun foydalanish;
  • to‘lovlarni amalga oshirish.
  • Omonat (depozit) — talab qilinishi bilanoq yoki to‘lovni amalga oshiruvchi shaxs bilan to‘lovni oluvchi shaxs yoxud ularning qonuniy vakillari o‘rtasida kelishilgan muddatda foizlar yoki ustama haq to‘lagan holda yoxud bunday to‘lovlarsiz hammasini qaytarib berish sharti bilan topshiriladigan pul summasi.

Bank tushunchasi

  • «Bank» so'zi italyancha «Banca» so'zidan olingan bo'lib, «stol», aniqrog'i «pulli stol» degan ma'noni anglatadi. XII asrlarda Genuyada pul almashtiruvchilarni «Bancherii» deb atashgan. Agar puldorlardan birortasi ishonchni oqlamasa va o'z ishiga mas'uliyatsizlik qilsa, u o'tirgan stolni sindirib tashlashgan va uni «Banco rotto», ya'ni «bankrot» deb atashgan. Bugungi kunda bizga ma'lum bulgan «bankrot» so'zi xam italyancha «Banca rotto» so'zidan olingan.1
  • Bank - asosiy faoliyati pul mablag'larini jalb qilish va joylashtirish, shuningdek hisob-kitoblarni amalga oshirishdan iborat bo'lgan moliya muassasasi. Iqtisodiy nuqtai nazardan banklar pul bozorida erkin naqd pulga ega bo'lganlar va qo'shimcha resurslarga muhtoj bo'lganlar o'rtasida vositachi sifatida ishlaydi.

Bank turlari

  • Bank ishining asosiy yo'nalishlari depozit (omonat) qabul qilish, kreditlar berish va mijozlarga kredit-hisob xizmati ko'rsatishni amalga oshirish hisoblanadi.
  • Bank qimmatbaho qog'ozlarni saqlash, saqlashga o'tkazilgan qimmatbaho qog'ozlarni joriy boshqarish, birja topshiriqlarini bajarish, seyflarni ijaraga berish kabi pulli xizmatlar ham ko'rsatadi.
  • Turli iqtisodiy xizmatlarni amalga oshiruviga ko'ra hozirgi vaqtda bankning quyidagi asosiy turlari faoliyat ko'rsatadi: markaziy (emissiya) banki va tijorat banki.

Yüklə 13,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin