Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universiteti
Iqtisodiyot fakulteti 3-B Buxgalteriya hisobi va audit guruhi majlisining
Bayonnomasi
Nukus Shaxri. 26.02.2021
Qatnashuvchilar: Guruh rahbari Z.Tajekeev va 3-B “Buxgalteriya hisobi va audit” guruhi talabalari.
Kun tartibida:
1.Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universiteti 2021-yil 26-Fevral
kungi «Axborot soati» darsiga berilgan materiallar bo’yicha «O’zbekiston Respublikasidagi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy voqealarga doir ma’lumotlar» bilan tanishtirish.
2. Guruhdagi olib borilayotgan ishlar va masalalar va ularning yechimi .
1-Bosqich
Birinchi masala “Turkmaniston Prezidenti bilan uchrashuv”
Ashxobod shahrida amaliy tashrif bilan borgan O’zbekiston Respublilasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovni Turkmaniston Prezidenti Gurbangali Berdimuhammedov qabul qilganligi haqida ma’lumot berildi.
2-Bosqich
Ushbu hafta “Axborot va murabbiylar soati” mashg’ulotlarini mavzusida o’tkazish uchun tayyorlangan yordamchi materiallar bilan o’tildi.
Mavzu: “Sog’lom turmush - Farovonhayot”
Insonlarning hayot tarzi, ularning sanitariyaga doir bilimdonligi, bu bilimlarni kundalik turmushda qo’llay olishlari va unga qat’iyan rioya qilishlari, o’z organizmlari va badanlariga bo’lgan ongli munosabatlari, o’z salomatliklariga bo’lgan munosabatlari sog’liqni saqlashdagi eng muhimligi haqida suhbat bo’lib o’tdi. Shaxsiy gigiena qoidalari, kun tartibiga rioya qilish, jismoniy faollik, Zararli odatlardan tiyilish, to’g’ri ovqatlanish haqida ma’lumotlar berildi
Buyuk bobokalonimiz Boburmirzo haqida ma’lumotlar berildi.
3-Bosqich
“Oila – tarbiya maskani”
Oiladagi tarbiyaning inson hayotidagi o’rni haqida suhbat bo’ldi.
4-Bosqich
Ahmad Lutfi Qozonchi “O’gay ona” asari (Ona tuqqan bolasiga jabr ko’rsatishi tabiiy, ammo o’gay bolasiga jabr ko’rsatishi johillikdir)
Ahmad Lutfiy qozonchi hayoti va ijodi haqida ma’lumot berib o’tildi. Yuqoridagi “O’gay ona” asari haqida qisqacha mazmuni so’zlab berildi.
Kun tartibidagi barcha masalalar muhokama qilinib bo’lganidan keyin majlis
Qaror qildi:
Bugungi kunda mamlakatimizda va dunyoda bo’lib turgan iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy voqealarga doir ma’lumotlar bilan tanishib borish va bu har bir talabaning asosiy vazifalaridan biri ekanligini unutmaslik.
Universitet ichki tartib qoidalariga rioya qilish.
Guruh rahbari: Z.Tajekeev
Kotib: Т.Po’latov
Dostları ilə paylaş: |