Bekmuratov dostonning texnik ijodkorlik va konstruksiyalash fanidan tayyorlagan



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə1/12
tarix05.05.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#108221
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
`ZBEKISTON RESPUBLIKASINING INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI SANOAT MULK52



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
MILLIY LIBOS VA SAN`AT FAKULTETI
TEXNOLOGIK TAL`IM YO`NALISHI 4-KURS 119-GURUH TALABASI
BEKMURATOV DOSTONNING
TEXNIK IJODKORLIK VA KONSTRUKSIYALASH FANIDAN TAYYORLAGAN
KURS ISHI
Mavzu: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASINING INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI. SANOAT MULK OBEKTLARI
.
Topshirdi:
Qabul qildi: ___________________

Termiz – 2023


MAVZU: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASINING INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI. SANOAT MULK OBEKTLARI
MUNDARIJA
KIRISH
I BOB. “INTELLEKTUAL MULK” VA INTELLEKTUAL MULK OB’EKTLARINING TASNIFI VA TAVSIFLARI………………………………..5

    1. Intellekt, intellektual mulk va intellektual faoliyat xaqida asosiy tushunchalar……………………………………………………………………5

    2. Intelektual mulkni shakllantirish va boshqarish………………………………12

II BOB. SANОAT MULKI ОB`ЕKTLARINI ХUQUQIY JIHATDAN MUHОFAZA QILISH……………………………………………………………..17
2.1. Sanоat mulki оb`еktlarini хuquqiy jihatdan muhоfaza qilish……………………17
2.2. Sanoatni tarkibiy qismlari va tuzilishi…………………………………………..26
XULOSA…………………………………………………………………………….34
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YHATI…………………………….36

Kirish
Kurs ishining dolzarbligi. Prezident matbuot xizmati xabarida aytilishicha, intellektual mulk Yevropada YaIMning 45 foizini, Xitoyda 12, Rossiyada 7 foizni tashkil etadi.
«Afsuski, mamlakatimiz bu borada dunyo bozoridan uzoqlashib ketdi. Na tegishli idoralar va na hudud rahbarlari intellektual mulk masalasiga e'tibor berdi. Shu sababli ixtirochi olim va ijodkorlarimiz xorijga chiqib ketdi. Ilmiy institutlarimiz innovatsiyalar, tarmoqlar esa xaridorgir ishlanma va brendlar yarata olgani yo‘q.
Bo‘lgan taqdirda ham aksariyat ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari bo‘yicha murojaatlar ilmiy ishni tezroq ro‘yxatdan o‘tkazib olish maqsadida qilinmoqda. Bu boradagi talablar ham eskirib qolgan», – deyiladi rasmiy relizda.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonda yiliga 4 500 atrofida intellektual mulk obekti, jumladan, 2 mingdan ziyod tovar belgilari ro‘yxatdan o‘tadi. Misol uchun, Navoiy kon-metallurgiya kombinati so‘nggi 10 yilda 35 ta ixtironi ro‘yxatdan o‘tkazib, ularning 16 tasidan 400 milliard so‘mdan ortiq iqtisodiy samara ko‘rgan. Bu ishlanmalarni boshqa davlatlarning oltin qazish korxonalariga sotish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.
«Lekin bunday ixtirolar xorijda ro‘yxatdan o‘tkazib kelinmoqda. Chunki yurtimizda qiymatni baholash tizimi amalda ishlamayapti. Buning oqibatida ko‘plab ishlanmalar tijoratlashtirilmay qolib ketmoqda.
Shu bois Butunjahon intellektual mulk tashkiloti mutaxassislari bilan baholovchilar tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish muhimligi ta'kidlandi.
Kelgusi yil birinchi chorakda sanoat mulki patentlari platformasini yaratib, unga sanoat tarmoqlaridagi intellektual mulk obektlarini joylashtirib borish, viloyatlardagi korxonalar va oliy o‘quv yurtlarining intellektual mulk obektlari bazasini yaratish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Davlat rahbari mahalliy tovar belgilarini xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazish masalasiga ham e'tibor qaratgan. Bugungi kunda O‘zbekiston sanoatining bor-yo‘g‘i 72 ta tovar belgisi xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazilgani, lekin bu juda kamligi ta'kidlangan. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga mahalliy brendlarning xalqaro ro‘yxatdan o‘tishini ko‘paytirish, ularning xalqaro bozorga chiqishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Yuridik universitet hamda joylardagi huquqshunoslik fakultetlarida tadbirkorlar uchun intellektual mulkni yaratish va himoya qilish bo‘yicha o‘quvlar tashkil etilishi belgilandi», – deyiladi xabarda.
Yig‘ilishda tadbirkorlar mahsulotlarini brendga aylantirish dasturi va elektron maydonchasini ishlab chiqib, hududlarda brendlar yarmarkasi o‘tkazish zarurligi qayd etilgan.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin