O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi olmaliq shahar ipak yo‘li innovatsiyalar universiteti mustaqil ish



Yüklə 180,13 Kb.
səhifə1/5
tarix09.10.2023
ölçüsü180,13 Kb.
#153318
  1   2   3   4   5
8-mavzu





O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


OLMALIQ SHAHAR IPAK YO‘LI INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI


MUSTAQIL ISH
Mavzu:_________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
__________________________________________________________________

Gruppa: ________________


Bajardi: ______________________________________
Qabul qildi: ___________________________________


Olmaliq shahar-2023
Reja:


1. Kapital va uning turlari.
2. Firmaning xarajatlari.
3. Xarajat turlari.
4. Xarajatlarning o‘zgarishi.

1. Kapital va uning turlari
Firma ishlab turishi uchun uning kapitali bo‘lishi kerak, chunki moddiy va mehnat resurslarini jalb etmay turib hech bir tadbirkorlik bo‘lishi mumkin emas. Ishlab chiqarishga kerak bollgan resurslarni bozordan topish mumkin, buning uchun pul kerak. Shu sababli tadbirkorlikka kapital sifatida pul qo‘yish kerak. Firma ishini tashkil etish va yurgizib turish uchun zarur boMgan va foyda topishni mo‘ljallagan mablag‘i uning kapitali bo‘ladi. Firma tashkil etilish chog'ida unga qokyilgan pul ustav (nizom) kapitali, deb yuritiladi. Bu pul topilgan daromadni kapitalga aylantirish natijasida ko‘payib boradi va firmaning umumiy (yalpi) kapitali hosil boMadi. Kapital dastlab pul shaklida boladi, shu sababli u nominal kapital hisoblanadi. Bu pulga resurslar sotib olib, ishlab chiqarish amalda yurgizilib foyda topilganda real kapital yuzaga keladi. Individual, ya’ni xususiy korxonalardagi kapital ayrim mulkdorlarga tegishli bolsa, birgalikdagi Firmalardagi kapital sheriklarga tegishli bo‘ladi. Bunda sheriklar pulini bir yerga jamlab va Firmaga qo‘yib umumiy kapital hosil qilishadi. Bu kapital ayrim mulkdorlarning ulushi shaklida boMsada, amal qilishi jihatidan korporativ — guruhiy kapital bo‘ladi. Aksioner jamiyat shaklidagi korxonalarning kapitali mana shunday korporativ tavsifga ega. Kapital o‘zining kelib chiqishi va o‘sish manbasidan qat’iy nazar ikki qismga bo‘linadi: asosiy va aylanma kapital.
Asosiy kapital bu shunday kapitaldirki, unda mujassamlashgan bozor qiymati yaratilgan tovar va xizmatlar narxiga biryoMa emas, balki kichik qismlarga boMingan holda va uzoq vaqt davomida ko‘chadi hamda shu davrda egasiga qaytib keladi. Asosiy kapitalni xo‘jalik amaliyotida asosiy vositalar, deb yuritiladi va buxgalteriyada hisobga olinadi. Asosiy kapital bino, inshoot, asbob-uskuna, turli mashinalar va jihozlarga sarflangan pul bolib, ularning resurs sifatidagi xususiyatlarini o‘zida mujassam etadi. Bu asosiy kapitalning quyidagi belgilarida o‘z aksini topadi: 1. Asosiy kapital bir necha ishlab c xizmat qiladi. Masalan, korxona yiliga 2 marta tayyor mahsulot chiqaradi. Korxona joylashgan bino 40 yil xizmat qiladi. 40 yil davomida 80 ta (40x2=80) ishlab chiqarish sikli yuz beradiki, binoga sarflangan asosiy kapital 80 yillik sikl davomida ishlatiladi.
2. Asosiy kapital qiymati tayyor tovar va xizmatlar narxiga qismlarga boiinib har yili ko‘chadi. Mana shu qism amaliyotda amortizatsiya ajratmasi, deb yuritiladi. Faraz qilaylik agar stanok 5 min so‘m tursa va 5 yil xizmat qilsa, bunda amortizatsiya yiliga lmln so‘mni (5:5=1) tashkil etadi. Bordi-yu gidroinshoot 500 mlrd so‘m tursa va 100 yil xizmat qilsa, uning bir yillik amortizatsiyasi 5 mlrd so‘m boiadi (500:100=5). 3. Asosiy kapitalda gavdalangan vositalar uzoq vaqt xizmat qilib, o‘z qiymatini tovar va xizmatlar narxiga qisman o‘tkazib borganidan, ularning qaytadan tiklanishi eskirib boMganidan so‘ng va uzoq vaqt o‘tgach yuz beradi. Mana shundagina asosiy kapitalga aylangan pul o‘z egasiga qaytib keladi. Binobarin asosiy kapitalning qaytim davri uzun boiadi. Demak, asosiy kapital sekin aylanadi (oborot qiladi), ya’ni uning pul shaklida sarflanib, so‘ngra yana pulga aylanib, qaytib kelish davri cho‘ziladi. Masalan, asosiy kapital qo‘yilgan bino 50 yil xizmat qiladi, unga sarflangan pul 50 yilda qaytib keladi. Agar bu pul 1 mlrd so‘m boisa, u har yili egasiga 20 min so‘m miqdoridagina tegadi. 4. Asosiy kapital gavdalangan vositalarning moddiy shakli yaratilgan tovarda aks etmaydi. Masalan, tayyor kostyumni olsak uning qanday gazlamadan tikilganligini ko‘z bilan ko‘rish mumkin, lekin uning qanday mashinalar yordamida tikilganligini bilib boMmaydi. Aylanma kapital. Ishlab chiqarish uchun mashina, uskunalar, bino va inshootning o‘zi kifoya qilmaydi. Buning uchun xomashyo, yoqilg‘i, elektroenergiya, butlovchi qismlar, ularni qayta ishlab yoki yig‘ib mahsulot yaratuvchi ish kuchi ham talab qilinadi. Bularga sarflangan pul esa aylanma kapitalni hosil qiladi. Aylanma kapital shunday kapitaldirki, uning bozor qiymati bir siklning 0‘zida yaratilgan tovar va xizmatlarga to‘laligicha va bir yo‘la o‘tadi. Aylanma kapital amaliyotda aylanma vositalar, deb yuritiladi va buxgalteriyada hisob-kitob qilinadi. Aylanma kapital bu firmaning ashyoviy resurslar va ish kuchiga sarflangan mablag‘idir. Aylanma kapital asosiydan quyidagilar bilan ajralib turadi:
• «Aylanma kapital moddiy jihatdan qisqa vaqtda ishlatilib tugallanadigan vositalardan iborat. Masalan, gazlama yaratish uchun sotib olingan kalava ip u to‘qib bo‘lingach tugallanadi. Uni to‘qigan stanok esa o‘z xizmatida davom etaveradi.


Yüklə 180,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin