Xulosalar 1. Foyda olish maqsadida tadbirkorlikka qo‘yilgan mablag‘ kapital boMib, bu individual yoki korporativ mulk hisoblanadi, tarkiban asosiy va aylanma kapitaldan iborat. Asosiy va aylanma kapital moddiy shakli, o‘z qiymatini oMkazishi, qaytadan tiklanish muddati jihatidan farqlanadi, ularning nisbati ishlab chiqarishning texnikaviy darajasi, uni serkapital, sermehnat yoki serashyoviy bo‘lishiga bogMiqdir.
2. Firmaning o‘z biznesiga qo‘ygan kapitali uning joriy xarajatlariga aylanadiki, bu uning tovar va xizmatlarni yaratish hamda ularni sotish uchun qilgan sarflaridan iborat, xarajat qilish foyda topishning shartidir. Xarajatlar tabiati jihatidan har xil boladi, ishlab chiqarish miqdori bilan bogliq bo‘lmagan xarajatlar doimiy bo‘lsa, uning miqdori bilan bog‘liq xarajatlar o‘zgaruvchandir. Firma uchun u yaratgan tovarlar va xizmatlar qanchaga tushishini ularning birligini yaratishga ketgan xarajatlar, ya’ni o‘rtacha xarajatlar belgilaydi. Qo‘shimcha ishlab chiqarish uchun ketgan qo‘shimcha xarajatlar maijinal xarajatlar bo‘ladi.
3. Xarajatlar o‘zgarib turadi, bu esa resurslarning bozor narxiga, ularning tejalishiga, xarajatlar turlarining nisbatiga, nihoyat ishlab chiqarish koiamiga bog‘liqdir. O‘rtacha xarajatlar miqdori mehnat unumdorligiga teskari mutanosiblikda bo‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. G.A. Kutorjevskiy. Ekonomika. Osnovi teorii: Ucheb. posob. - М.: ZAO izd-vo Ekonomika, 2004. 2. V. I. Kushlin. Traektorii ekonomicheskix transformatsiy. - М.: ZAO izd. Ekonomika. 2004. 3. V. Leontev. Ekonomicheskoe esse: teoriya issledovaniya, fakti I politika / (per. s angl.). - М.: Politizdat. 1990. 4. I.V. Lipsnu. Ekonomika: Uchebnik. - М.: Omega K, 2004. 5. E.M. Mayburd. Vvedenie v istoriyu ekonomicheskoy misli. М.: 1996. 6. К. Makkonnell, S. Bryu. Ekonomika. Prinsipi, problemi I politika.-М.: Respublika, 1992. 7. S. Menshikov Anatomiya rossiyskogo kapitalizma. - М.: Mejdunar. otnosheniya, 2004. 8. Milliy istiqlol g'oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. Т.: «Yangi asr avlodi», 2001.