O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi olmaliq shahar ipak yo‘li innovatsiyalar universiteti mustaqil ish



Yüklə 180,13 Kb.
səhifə3/5
tarix09.10.2023
ölçüsü180,13 Kb.
#153318
1   2   3   4   5
8-mavzu

3. Xarajat turlari
Firma tovar ishlab chiqaruvchi bo‘lganidan uning uchun ishlab chiqarish xarajatlari muhim. Bu xarajatlar tarkiban ikki xil:
1. Doimiy xarajatlar. Bular shunday xarajatlarki, ularning miqdori ishlab chiqarishning oz yoki ko‘p boiishiga bogliq o‘zgarmaydi, balki qanday bo‘lsa, shundayligicha qolaveradi. Masalan, tikuvchilik firmasi binoni 10 min so‘mga ijaraga oldi. Bankdan 50 min solm qarz kolarib yiliga 1,0 min so‘m foiz toiaydi, buxgaltcrni ishga olib oyiga 750 ming so‘m, yiliga esa 9000 ming so‘m ish haqi toiaydi. Bu xarajatlar jami 29 min so‘mni (10+10+9=29) tashkil etadi. Firma 100 ta yoki 500 ta ko‘ylak tikmasin baribir shu 29 min so‘m xarajatni qilishi shart. Doimiy xarajatlarga, odatda amortizatsiya ajratmasi, doimiy ishga olinganlarning maoshi, ijara haqi, korxona mulkini sug‘urtalash puli, banka beriladigan foiz kabilar kiradi.
2. O‘zgaruvchan xarajatlar. Bular shunday xarajatlarki, ularning miqdori qancha mahsulot ishlab chiqarilishiga qarab o‘zgarib turadi. Tikuvchilik firmasi misoliga qaytsak uning o‘zgaruvchan xarajatlari bu gazlama, ip, tugmalar sotib olish uchun va chevarlarga ish haqi tolash uchun ketgan pul. Bordi-yu gazlamaga 120 min, ipga 5 min, tugmalarga 2 min, chevarlar ish haqiga 23 min so‘m ketgan bolsa, jami sarflar 150 min so‘mni tashkil etadi. Shu sarf bilan 50000 ta ko‘ylak tikilgan. Bordi-yu ko‘ylak tikishni 60000 taga yetkazish zarur bolsa, bu xarajatni yana 30 min so‘mga oshirish kerak, chunki buning uchun qo‘shimcha ravishda gazlama, ip va tugmalar sotib olish kerak yangi chevarlami ishga qabul qilish kerak yoki ishlab turgan chevarlaming ish vaqtini cho‘zib ularga qo‘shimcha haq tolash kerak. Biroq bunda ijara haqi, bank foizi va buxgalter ish haqi qanday bolsa shundayligicha qolaveradi. Doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlaming qanday bolishini chizmada ham ko‘rish mumkin (8.1-rasm).

Rasmda ABCD to‘rtburchak doimiy xarajatning, ВЕС uchburchak o‘zgaruvchan xarajatning siljishini bildiradi. Q ni tovar miqdori, deb olsak, BE o‘zgaruvchan xarajat, BC chizig‘i doimiy xarajat miqdori bo‘ladi. Mahsulot miqdori 1 dan 10 gacha ortib borgan, lekin BC chizig‘ida hech bir o‘zgarish boMmagan. Ayni paytda BE chizig‘i quyidan yuqoriga o‘sgan. Ya’ni Q kattalashgan sari Wo z ham ortib borgan. Doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlarni farqlantirish muhim, chunki bular jami xarajatlar dinamikasiga turlicha ta’sir etadi. Doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlar yig'indisi jami xarajatlarni tashkil etadi: Bizning yuqoridagi misolimizda bu 29 min + 150 min = 179 min solm. Mahsulot ishlab chiqarish ko‘paygan sari jami xarajatlar ham oshib boradi va bu asosan o‘zgaruvchan xarajatlar ko‘payishining hisobidan boiadi. Buni quyidagi chizmadan ko‘rish mumkin (8.2- rasm).

Chizmadagi X yon chizig‘i mahsulot ko‘payishini, Y tik chizig‘i esa xarajatlarni ifodalaydi. Mahsulot ishlab chiqarishning 1 dan 10 ga qadar o‘sishiga xarajatlarning 10 dan 130 gacha o‘sishi to‘g‘ri kelgan. Shunga mos ravishda xarajatlarning L egri chizig‘i hosil bo‘lgan. Jami xarajatlarning o‘sishini o‘zi ishlab chiqarish qimmatga tushganini aslo bildirmaydi. Bularga nisbatan mahsulot miqdori tezroq o‘sib borganda mahsulot birligi arzonga tushadi. Aksi yuz berganda, u qimmatlashadi. Firmaning xarajat qilishdan maqsadi foyda topish. Shuning uchun uni jami xarajatlarning o‘zi emas, balki ularning nima berishi qiziqtiradi. Firma uchun bitta tovarning qanchaga tushishi, u sotilganda qancha foyda kelishi, tovarlar ko‘paytirilganda, foyda qanchaga ortishi muhim. Shu jihatdan o‘rtacha xarajatlar g‘oyat ahamiyatli.

Yüklə 180,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin