O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi olmaliq shahar ipak yo‘li innovatsiyalar universiteti mustaqil ish



Yüklə 180,13 Kb.
səhifə2/5
tarix09.10.2023
ölçüsü180,13 Kb.
#153318
1   2   3   4   5
8-mavzu

2. Firmaning xarajatlari
Iqtisodiyotning har qanday subyekti xarajat qilmay turib o‘z faoliyatini yurgiza olmaydi. Lekin bu xarajatlar turlicha. Xonadon xarajatini olsak u iste’molga ketganidan qaytarilib olinmaydi. Xuddi shuningdek, davlat xarajatlari ham qaytib kelmaydi, chunki u davlat iste’molini qondiradi. Ammo bundan davlat korxonalarining xarajati mustasnodir. Firma xarajatining o‘ziga xosligi shundaki, bu o£rni qoplanadigan, ya’ni tovar va xizmatlar sotilgach, unga qaytib pul shaklida keladigan xarajatlardir. Firma qiladigan bir yo‘la xarajat uning o‘z ishiga qo‘ygan kapitalidir. Bu ishlab chiqarish jarayonida joriy xarajatlarga aylanadi. Demak, firma xarajati, bu uning kapitalining sarflanishi hisoblanadi. Xarajatsiz daromad topib bo‘lmasligi iqtisodiyotning aksiomasidir. Daromad olish uchun firma xarajat qilishi muqarrar, chunki bu ishlab chiqarish resurslarni talab qiladi. Resurslar esa ehsonga o‘xshash suvtekin emas, ularni bozor narxida sotib olish mumkin. Shu bois, xarajat qilish firma uchun foyda olishning shartiga aylanadi. Firmaga qo‘yilgan kapital ishlab chiqarish jarayonida joriy, kundalik, oylik va pirovardida yillik xarajatlariga aylanadi.
Firmaning puli ketgan xarajatidan tashqari uning boy berilgan imkoniyatlari, boshqacha aytganda muqobil xarajatlari ham borki, buni zimmasiga tushgan xarajat, deb ham aytishadi. Ma’lumki, har qanday firma oldida tanlash imkoni bor. Bir ishni boshlashdan avval boshqasidan voz kechiladi. Voz kechilgan ish keltirishi mumkin bo‘lgan daromad firma uchun yo‘qotish bo‘lganidan muqobil xarajatni tashkil etadi. Masalan, puldorning 100 min so‘m puli bor. U pulini bankka qo‘ymasdan uni sex qurishga sarfladi. Agar u pulini bankka qo‘yganda puli yiliga 20 % tuqqan, ya’ni bu 20 min ga ko‘paygan bo‘lar edi. Puldor pulini sexga sarflagani uchun 20 min yo‘qotdi. Mana shu uning muqobil xarajati boiadi. Biroq muqobil xarajat amalda pulning sarflanishi emas (chunki pul sexga sarHandi). Shu sababli u real xarajat boimaydi. Bu yerda real xarajat sexga ketgan pul hisoblanadi. Yo‘qotishdan iborat xarajatga pul ketgan emas, lekin firma buni nazarda tutib ish qiladi, ammo amaldagi xarajatlar tarkibiga kiritmaydi. Bu xarajatlarga haqiqatda sarflangan pul kiradi. Aytaylik, ibizning puldor sexga sarflagan 100 min so£m puli kamlik qildi va u bankdan 2 min so‘mni yiliga 25 % to‘lash sharti bilan qarzga oldi. Buning uchun u 0,5 min so‘m toiaydi. Mana shu 0,5 min so‘m yaqqol xarajat, shu sababli u amaliy xarajatlarga kiritiladi. Firmaning xarajati — bu tovar va xizmatlar yaratish va ularni sotish bilan bog‘liq bo‘lgan sarfidir. Tovarlarni yaratish bilan bogliq sarflar ishlab chiqarish xarajatlarini tashkil etadi. Tovarlarni sotish sarflari esa muomala yoki tijorat xarajatlari bo‘ladi.



Yüklə 180,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin