1-laboratoriya ishi.
AVTOMOBILNING GENERATOR QURILMALARI
1. Ish xajmi: Laboratoriya ishi 2 soat auditoriya vaqtiga va 2 soat
mustaqil ishga moʻljallangan.
2. Ishni bajarishdan maqsad:
Generatorlarni
vazifasi, tuzilishi va ishlashini oʻrganish.
Generatorlarga TXK va nosozliklarni bartaraf etish boʻyicha
amaliy koʻnikmalar hosil qilish.
3. Kerakli asbob uskuna va jihozlar, nazorat oʻlchov asboblari:
Generatorlar, voltmetr,
ampermetr, kuchlanish oʻlchagich,
generatorni sinash stendi.
4. Ishni bajarish uchun zarur boʻlgan qisqacha nazariy
ma’lumotlar.
Oʻzgarmas tok generatorining vazifasi, tuzilishi va ishlash
tartibi. Ma’lumki, mexanik energiyani elektr
energiyasiga aylantirib
beruvchi elektr mashinani generator deb ataymiz. Generatorda elektr
toki hosil qilish elektromagnit induksiyasiga asoslanadi. Avtomobillarda
ilgari qoʻllaniladigan generatorlar oʻzgarmas tok generatoridir.
Avtomobil generatori harakatni dvigatelning tirsakli validan shkiv orqali
oladi. Tirsakli valning oʻrta va undan yuqori
aylanishlarida generator
ishlab chiqargan elektr energiya iste’molchi asbob va qurilmalarini
bemalol ta’minlab, ortiqcha tokni bir vaqtning oʻzida
akkumulyator
batareyasiga yuboradi va uni zaryadlaydi. Oʻzgarmas tok generatori
(2.1-rasm) harakatlanuvchi va harakatlanmaydigan qismlardan iborat.
Harakatlanuvchi qism yakor 5 va uning
valiga shponka yordamida
oʻrnatilgan shkivdan tashkil topgan. Generator yakorining valiga
oʻrnatilgan shkiv tirsakli valning shkivi bilan tasma orqali tutashganligi
sababli, dvigatel ishlaganda harakat generator yakoriga muttasil ravishda
uzatiladi. Generator shkivida maxsus parrakchalar qilingan boʻlib, bu
parrakchalar generator ishlaganda uni havo oqimi bilan sovutib turadi.
Generatorning korpusi listli kam uglerodli poʻlatdan yoki poʻlat
trubalardan tayyorlanadi.