Berishning asosiy shakli



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix26.07.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#137483
mashg-ulot-maktabgacha-yoshdagi-bolalarga-ta-lim-berishning-asosiy-shakli



Ученый XXI века • 2022 • № 3 (84) 
58 
MASHG`ULOT - MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA TA’LIM 
BERISHNING ASOSIY SHAKLI 
 
F.B. Tuyboyeva
1
, M.A. Murtazoyeva
2
 
Maqolada mashg`ulot - maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishning asosiy 
shakli haqida ma’lumot berilgan. 
Kalit so`zlar:
mashg`ulot, ta’lim muassasi, pedagog, tarbiyachi, bola, ta’lim.
Mashg`ulot ta’lim muassasida bolalarga ta’iim berishning asosiy shaklidir. 
Mashg`ulot - pedagogning bolalarni kerakli bilim va malakalardan frontal holda 
xabardor qilishidir. Tarbiyachi bolalarga ta’lim berishni kun davomida amalga oshiradi: 
ularning bilimlarini boyitadi, madaniy gigenik, xulq madaniyati, gaplashish nutqi
sanoq-hisob harakatlari kabi turli-tuman malaka va ko`nikmalarini shakllantirib 
boradi. Ammo ta’lim berishda bosh rolni mashg`ulot egallaydi.
Ta’lim shakli deganda ta’lim beruvchi pedagog va bolalarning maxsus tashkil 
etilgan faoliyati tushuniladi va kun tartibida ma’lum bir vaqtda o`tkaziladi. Ta’lim shakli 
bolalar soni, pedagog va bolalar o`rtasidagi o`zaro ta’sir xususiyatiga, o`tkazish joyiga 
shuningdek, kun tartibida egallagan o`rniga qarab bir-biridan farq qiladi. 
Maktabgacha ta’lim muassasasida ta’limning frontal (umumiy), jamoaviy va 
yakka tartibdagi shakllaridan foydalaniladi. Bundan tashqari, bolalarga ta’lim berish 
ishlari ekskursiya, didaktik o`yinlar orqali kun davomida bolalarning mashg`ulotdan 
tashqari har xil faoliyatlarida, ularning o`yinlariga rahbarlik qilish jarayonida amalga 
oshirilib boriiadi. 
Mashg`ulot maktabgacha ta’lim yoshidagi hamma bolalar uchun majburiydir: 
unda dastur mazmuni belgilab berilgan, kun tartibida unga malum o`rin va vaqt 
ajratjlgan. Mashg`ulot tarbiyachi rahbarligida o`tkaziladi, tarbiyachi mashg`ulotda 
bolalarni yangi bilimlardan xabardor qiladi, bolalarning amaliy mashg`ulotlarini tashkil 
etadi. O`quv materialining mazmuni asta-sekin murakkablashtirilib boriladi. 
Mashg`ulot bolalarni maktabga tayyorlashda katta ahamiyatga ega. Mashg`ulot 
orqali bolalar o`quv malakasini egallab oladilar. Ularda barqaror diqqat, irodani, 
diqqatni jalb eta olish kabi qobiliyatlar rivojlanadi. Izchillik bilan ta’lim berish nati-
jasida bilimga qiziqishlar rivojlana boradi. 
Bolalarga bilim berishning jamoa usulida olib borish katta ahamiyatga ega: 
birgalikdagi faoliyatda bolalar bir-birlariga faol ta’sir etishadi, o`z tashabbusi, 
topog`onligini namoyon qilish imkoniyati tug`iladi. Bolalar oldiga umumiy zo`r 
berishning talab etuvchi vazifa qo`yilganda birgalikda qayg`urishadi, jamoatchilik hissi 
shakllanadi. Ekskursiyalar, rasm qirqib yopishtirish, qurish yasash ishlarini birgalikda 
bajarish, umumiy raqs-o`yinlarini ijro etish, badiiy asarlarni eshitish, o`qishda paydo 
bo`lgan birgalikdagi kechinmalar bolalarning birlashgan do`stona jamoasini yaratishga 
yordam beradi. Mashg`ulotda ta’lim berish orqali bolalarda maktabdagi o`qishga 
qiziqish tarbiyalanadi, javobgarlik hissi, o`zini tuta olish, mehnat qilishga intilish odati, 
topshirilgan ishni bajarish kabi to`g`ri sifatlar hosil qilinadi. 
Bolalarni maktab ta’limiga ruhiy jihatdan tayyorlashni ularning boshlang`ich 
sinflarda dastur materialni yaxshi o`zlashtirib olishlarini ta’minlovchi bilim va 
malakalar mashg`ulotlar jarayonida hosil qilinadi. Mashg`ulotlarda bolalarda mustaqil 
fikr yuritish malakasi tarkib toptiriladi, tarbiyachilarga quloq solish, ularning fikriga 
ergashish, hikoya qilinayotgan hikoyalardan voqeadagi asosiy g`oyalarni ajrata olish, 
qisqacha umumlashtirish kabi malakalarni rivojlantirishga katta e’tibor beriladi. 
Mashg`ulotda tarbiya vazifalari hal etiladi. Mashg`ulot bolalarning yosh va o`ziga xos 
xususiyatlarini e’tiborga olib ma’lum izchillikda olib boriladi. Maktabgacha ta’lim 
tashkilotita’lim-tarbiya dasturida har bir yosh guruhda hafta davomida o`tkaziladigan 
mashg`ulotlar soni va vaqti belgilab qo`yilgan. 
1
Tuyboyeva Feruza Botir qizi
- Shofirkon tuman 2-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti 
metodisti (Buxoro, O`zbekiston). 
2
Murtazoyeva Mubina Azimovna
- Shofirkon tuman 11-son davlat maktabgacha ta’lim 
tashkiloti tarbiyachisi (Buxoro, O`zbekiston). 


Ученый XXI века • 2022 • № 3 (84)
59 
Maktabgacha ta’lim tashkilotida kichkintoylarni tevarak-atrofdagi hayot, tabiat 
bilan tanishtirish, ularning nutqini, eng oddiy matematik tasav vurlarini o`stirish 
mashg`ulotlari, musiqa mashg`ulotlari, qurish-yasash, jismoniy tarbiya mashg`ulotlari 
olib boriladi.
Mashg`ulotlarda ta’lim berish bolalardan aqliy va jismoniy zo`r berishni talab 
etadi, ya’ni u bolani aktiv faoliyati bilan bog`liq bo`lib bola ma’lum natijaga erishish 
uchun intiladi, bu esa boladan uzoq davomli ixtiyoriy diqqatni talab etadi. Shuning 
uchun mashg`ulotga tayyorlanishda bolalar yoshini, imkoniyatini e’tiborga olish zarur: 
mashg`ulotning vaqtini, kun tartibidagi o`rnini dasturning har xil bo`limlarini to`g`ri 
almashtirib turishni oldindan o`ylab, aniq belgilab olish zarur. 
Mashg`ulotlarni kuning birinchi yarmida o`tkazish maqsadga muvofiqdir, chunki 
birinchidan, bola ertalabki soatlarda aqliy vazifani yaxshi bajara oladi, xona tabiiy 
yorug`lik bilan yaxshi ta’minlangan bo`ladi. Har bir yosh guruhida necha marta 
mashg`ulot o`tkazilishi, uning mazmuni va har bir mashg`ulot yosh guruhlari bo`yicha 
necha daqiqa davom etishi MTT tarbiya dasturida ularning yosh xususiyatlarini 
e’tiborga olgan holda belgilab berilgan. Birinchi kichik guruhda mashg`ulot bolalarni 
ikki guruhga bo`lgan holda o`tiladi. Guruhlardagi bolalar soni har doim bir xil bo`ladi. 
Mashg`ulot jadvalini tuzganda haftada bolalarning ish qobiliyati yuqoriroq bo`ladigan 
kun tanlanadi. Ma’lumki haftaning o`rtalarida (seshanba, chorshanba, payshanba) 
bolalarning ish qobiliyati yuqori bo`lar ekan, bu kunlarga bolalarning aktiv faoliyatini 
talab etuvchi murakkabroq mashg`ulot tanlanadi (elementar matematika, nutqni 
rivojiantirish, savodga o`rgatish va h.k). Jadval tuzganda bu mashg`ulotlarni birinchi 
qo`yish kerak, bolalardan ko`p harakat qilishni, hissiy nagruzkani talab etuvchi 
mashg`ulotlar (musiqa, jismoniy tarbiya, tasviriy faoliyat) ikkinchi qilib qo`yildi. 
Bolalar o`zlashtirib oladigan bilimlar mazmuni tarbiyalovchi bo`lishi kerak. 
Maktabgacha ta’lim tashkiloti dasturi maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda tabiat 
haqidagi bilimlarning (bular tabiatga muhabbat uyg`otadi, o`simliklar va hayvonlarga 
g`amxo`rlik bilan qarash hissini tarbiyalaydi), tarkib toptirishni nazarda tutadi: 
bilimlarni o`zlashtirib olish asosida bolalarda jonajon shahriga, o`z vataniga, xalqiga 
muhabbat, ulug` kishilarga muhabbat va hurmat, o`lkaning ijtimoiy hayo-tiga qiziqish 
paydo bo`ladi.
 
Foydalanilgan adabiyotlar 
 
1.
Hasanboyeva O., Tadjieva М., Toshpulatova Sh. va boshq. Maktabgacha ta’lim 
pedagogikasi. Т.: Ilm-ziyo, 2012. 
2.
Имомова Ш.М., Норова Ф.Ф. УЧЕБНЫЕ МЕТОДЫ ОРГАНИЗАЦИИ СПОРТИВНО-
ОЗДОРОВИТЕЛЬНЫХ МЕРОПРИЯТИЙ В ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЯХ// 
Вестник науки и образования, 2021. № 9 (112). Часть 2. С.38. 
 
© 
F.B. Tuyboyeva, M.A. Murtazoyeva
, 2022. 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin