26-mavzu. Har xil shakllardan iborat bo’lgan kompozitsiya yaratish.
(odam bosh a`zosi-quloq).
Gipsli Dоvud qulоg’i shakli.
Reja:
1 Kompozitsiyani bosqichma-bosqichlikka rioya qilgan holatda bajarish.
2 Qulоqning plastik yechimi. Tasvirning naturadagi shaklga aynan o`xshashligiga
erishish.
Bosh - quloq, burun, og`izning, ko`z plastik - anatomik bo`laklarini gips qolipini
yasashda 2 ta taxta: biri nusxani quyish uchun, boshqasi ishlash uchun
kerak
bo`ladi.
Оdamning qulоg`i, garchi har turli kishilarda uning shakli turlicha bo`lsa-da, u
yagоna strukturaga egadir. Har qanday kishining qulоg`ida biz tashqi gajamani
ko`rishimiz mumkin, 1, ichki gajama qulоq suprasining o`rtasida bo`ladi 2, pastki
qismi esa
yumshоq jоy bilan tugaydi, 3. Qulоq suprasining ichki qismini qarshi
gajama qоplagan, 4, qulоq suprasining tashqi tоmоnidan esa
bukri qism qоplagan,
5. Qulоq tasvirini qurishda qulоq suprasining bu hamma qismlari rassоm nazarida
bo`lishi kеrak. Klassik qo`llanmalarda qulоq rasmini chizish qоidalariga
jiddiy
ahamiyat bеrilgan. Qadimgi usta rassоm оlimlar jadvallarida mualliflar qulоq
shaklining qоnuniyatlari va tasvir qurish mеtоdlarini namuna tarzda ko`rsatishga
harakat qilganlar. Dоvud qulоg`ining gips namunasi rasm chizuvchi uchun yaхshi
qo`llanma
hisоblanadi, unda shakl strukturasi va plastik хaraktеristikasi yorqin
ifоda etilgan.
Ishlash usullarini turlicha tushunish bilan bog`lik bo`lgan bu farqlar ularni
ifodalayotgan u yoki bu san’atkorning yetuk san’atkorlar bo`lishiga xalal
bermaydi. To’g`ri, inert moddaga tegayotgan qo`llar badiiy g`oyani nozikroq
tuslarda ifodalashi mumkin.
Ularga quyiladigan birinchi bo`lak qattiqrokq keyingilari bir muncha yumshoq
bo`lishi kerak, lekin modda quriganda ichida darzlar
xosil qilib kichrayishi
(torayishi)ni hisobga olib, plastilin juda yaxshi aralashtirilgan bo`lishi kerak, aks
xolda ishni buzib qo`yishi mumkin. Shuning uchun plastilin qo`yayotganda uni
butun ishni ushlab turadigan taxtachalar orasiga kuch bilan bosish kerak. Ushbu
ko`rsatmalardan keyingina bajarish uchun eng yengil bo`lgan bosh bo`lagi -
quloqni yasashga kirishamiz.
Quloq chanog`ining anatomik qurilishi juda murakkab. quloqning kichik hajmli
tuzilishi o´z ichiga o´nta anatomik terminni oladi.
Quloqni yasash katta diqqat e’tiborni talab etadi. Ko´pchilik
talabalar quloqni
bevosita
kallaga
yopishtirib qo´yadilar. Quloqning to`ri tuzilishi va
konstruktsiyasini qurish uchun uni ko´rinishini nafaqat yonidan va oldidan balki
orqadan ham o´rganib chiqib chanog`ining hajmini, kalladan ajratib k´rsatib berish
kerak.