Ученый XXI века • 2022 • № 3 (84)
58
MASHG`ULOT - MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA TA’LIM
BERISHNING ASOSIY SHAKLI
F.B. Tuyboyeva
1
, M.A. Murtazoyeva
2
Maqolada mashg`ulot - maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishning asosiy
shakli haqida ma’lumot berilgan.
Kalit so`zlar:
mashg`ulot, ta’lim muassasi, pedagog, tarbiyachi, bola, ta’lim.
Mashg`ulot ta’lim muassasida bolalarga ta’iim berishning asosiy shaklidir.
Mashg`ulot - pedagogning bolalarni kerakli bilim va
malakalardan frontal holda
xabardor qilishidir. Tarbiyachi bolalarga ta’lim berishni kun davomida amalga oshiradi:
ularning bilimlarini boyitadi, madaniy gigenik, xulq madaniyati,
gaplashish nutqi,
sanoq-hisob harakatlari kabi turli-tuman malaka va ko`nikmalarini shakllantirib
boradi. Ammo ta’lim berishda bosh rolni mashg`ulot egallaydi.
Ta’lim shakli deganda ta’lim beruvchi pedagog va bolalarning maxsus tashkil
etilgan faoliyati tushuniladi va kun tartibida ma’lum bir vaqtda o`tkaziladi. Ta’lim shakli
bolalar soni, pedagog va bolalar o`rtasidagi o`zaro ta’sir xususiyatiga, o`tkazish joyiga
shuningdek, kun tartibida egallagan o`rniga qarab bir-biridan farq qiladi.
Maktabgacha ta’lim muassasasida ta’limning frontal (umumiy), jamoaviy va
yakka tartibdagi shakllaridan foydalaniladi.
Bundan tashqari, bolalarga ta’lim berish
ishlari ekskursiya, didaktik o`yinlar orqali kun davomida bolalarning mashg`ulotdan
tashqari har xil faoliyatlarida, ularning o`yinlariga rahbarlik qilish jarayonida amalga
oshirilib boriiadi.
Mashg`ulot maktabgacha ta’lim yoshidagi hamma bolalar uchun majburiydir:
unda dastur mazmuni belgilab berilgan, kun tartibida unga malum o`rin va vaqt
ajratjlgan. Mashg`ulot tarbiyachi rahbarligida o`tkaziladi, tarbiyachi mashg`ulotda
bolalarni yangi bilimlardan xabardor qiladi, bolalarning amaliy mashg`ulotlarini tashkil
etadi. O`quv materialining mazmuni asta-sekin murakkablashtirilib boriladi.
Mashg`ulot bolalarni maktabga tayyorlashda katta ahamiyatga ega. Mashg`ulot
orqali bolalar o`quv malakasini egallab oladilar.
Ularda barqaror diqqat, irodani,
diqqatni jalb eta olish kabi qobiliyatlar rivojlanadi. Izchillik bilan ta’lim berish nati-
jasida bilimga qiziqishlar rivojlana boradi.
Bolalarga bilim berishning jamoa usulida olib borish katta ahamiyatga ega:
birgalikdagi faoliyatda bolalar bir-birlariga faol ta’sir etishadi, o`z tashabbusi,
topog`onligini namoyon qilish imkoniyati tug`iladi. Bolalar oldiga umumiy zo`r
berishning talab etuvchi vazifa qo`yilganda birgalikda qayg`urishadi, jamoatchilik hissi
shakllanadi. Ekskursiyalar, rasm qirqib yopishtirish, qurish yasash ishlarini birgalikda
bajarish, umumiy raqs-o`yinlarini ijro etish, badiiy asarlarni eshitish, o`qishda paydo
bo`lgan birgalikdagi kechinmalar bolalarning birlashgan do`stona jamoasini yaratishga
yordam beradi. Mashg`ulotda ta’lim berish orqali bolalarda maktabdagi o`qishga
qiziqish tarbiyalanadi, javobgarlik hissi, o`zini tuta olish, mehnat qilishga intilish odati,
topshirilgan ishni bajarish kabi to`g`ri sifatlar hosil qilinadi.
Bolalarni maktab ta’limiga ruhiy jihatdan tayyorlashni ularning boshlang`ich
sinflarda dastur materialni yaxshi o`zlashtirib olishlarini ta’minlovchi bilim va
malakalar mashg`ulotlar jarayonida hosil qilinadi. Mashg`ulotlarda bolalarda mustaqil
fikr yuritish malakasi tarkib toptiriladi, tarbiyachilarga
quloq solish, ularning fikriga
ergashish, hikoya qilinayotgan hikoyalardan voqeadagi asosiy g`oyalarni ajrata olish,
qisqacha umumlashtirish kabi malakalarni rivojlantirishga katta e’tibor beriladi.
Mashg`ulotda tarbiya vazifalari hal etiladi. Mashg`ulot bolalarning yosh va o`ziga xos
xususiyatlarini e’tiborga olib ma’lum izchillikda olib boriladi. Maktabgacha ta’lim
tashkilotita’lim-tarbiya dasturida har bir yosh guruhda hafta davomida o`tkaziladigan
mashg`ulotlar soni va vaqti belgilab qo`yilgan.
1
Tuyboyeva Feruza Botir qizi
- Shofirkon tuman 2-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti
metodisti (Buxoro, O`zbekiston).
2
Murtazoyeva Mubina Azimovna
- Shofirkon tuman 11-son davlat maktabgacha ta’lim
tashkiloti tarbiyachisi (Buxoro, O`zbekiston).
Ученый XXI века • 2022 • № 3 (84)
59
Maktabgacha ta’lim tashkilotida kichkintoylarni tevarak-atrofdagi hayot, tabiat
bilan tanishtirish, ularning nutqini, eng oddiy matematik tasav vurlarini o`stirish
mashg`ulotlari, musiqa mashg`ulotlari, qurish-yasash, jismoniy tarbiya mashg`ulotlari
olib boriladi.
Mashg`ulotlarda ta’lim berish bolalardan aqliy va jismoniy zo`r
berishni talab
etadi, ya’ni u bolani aktiv faoliyati bilan bog`liq bo`lib bola ma’lum natijaga erishish
uchun intiladi, bu esa boladan uzoq davomli ixtiyoriy diqqatni talab etadi. Shuning
uchun mashg`ulotga tayyorlanishda bolalar yoshini, imkoniyatini e’tiborga olish zarur:
mashg`ulotning vaqtini, kun tartibidagi o`rnini dasturning har xil bo`limlarini to`g`ri
almashtirib turishni oldindan o`ylab, aniq belgilab olish zarur.
Mashg`ulotlarni kuning birinchi yarmida o`tkazish maqsadga muvofiqdir, chunki
birinchidan, bola ertalabki soatlarda aqliy
vazifani yaxshi bajara oladi, xona tabiiy
yorug`lik bilan yaxshi ta’minlangan bo`ladi. Har bir yosh guruhida necha marta
mashg`ulot o`tkazilishi, uning mazmuni va har bir mashg`ulot yosh guruhlari bo`yicha
necha daqiqa davom etishi MTT tarbiya dasturida ularning yosh xususiyatlarini
e’tiborga olgan holda belgilab berilgan. Birinchi kichik guruhda mashg`ulot bolalarni
ikki guruhga bo`lgan holda o`tiladi. Guruhlardagi bolalar soni har doim bir xil bo`ladi.
Mashg`ulot jadvalini tuzganda haftada bolalarning ish qobiliyati yuqoriroq bo`ladigan
kun tanlanadi. Ma’lumki haftaning o`rtalarida (seshanba,
chorshanba, payshanba)
bolalarning ish qobiliyati yuqori bo`lar ekan, bu kunlarga bolalarning aktiv faoliyatini
talab etuvchi murakkabroq mashg`ulot tanlanadi (elementar matematika, nutqni
rivojiantirish, savodga o`rgatish va h.k). Jadval tuzganda bu mashg`ulotlarni birinchi
qo`yish kerak, bolalardan ko`p
harakat qilishni, hissiy nagruzkani talab etuvchi
mashg`ulotlar (musiqa, jismoniy tarbiya, tasviriy faoliyat) ikkinchi qilib qo`yildi.
Bolalar o`zlashtirib oladigan bilimlar mazmuni tarbiyalovchi bo`lishi kerak.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti dasturi maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda tabiat
haqidagi bilimlarning (bular tabiatga muhabbat uyg`otadi, o`simliklar va hayvonlarga
g`amxo`rlik bilan qarash hissini tarbiyalaydi), tarkib toptirishni nazarda tutadi:
bilimlarni o`zlashtirib olish asosida bolalarda jonajon shahriga, o`z
vataniga, xalqiga
muhabbat, ulug` kishilarga muhabbat va hurmat, o`lkaning ijtimoiy hayo-tiga qiziqish
paydo bo`ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Hasanboyeva O., Tadjieva М., Toshpulatova Sh. va boshq. Maktabgacha ta’lim
pedagogikasi. Т.: Ilm-ziyo, 2012.
2.
Имомова Ш.М., Норова Ф.Ф. УЧЕБНЫЕ МЕТОДЫ ОРГАНИЗАЦИИ СПОРТИВНО-
ОЗДОРОВИТЕЛЬНЫХ МЕРОПРИЯТИЙ В ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЯХ//
Вестник науки и образования, 2021. № 9 (112). Часть 2. С.38.
©
F.B. Tuyboyeva, M.A. Murtazoyeva
, 2022.