Jizzax poiltexnika instituti haqida qisqacha malumot : Jizzax Politexnika instituti 1992-yilda tashkil etilgan. Institut O’zbekistonning xorijiy tajribali o’qituvchilar tomonidan olib borilgan o’qitish uslubiga muvofiq, kasbiy tayyorgarlik soxasida talabni zamonaviy talablarini tan oladigan yuqori sifatli ta’lim beradi.
Reja. 1. Natural ishlab chiqarishdan tovar ishlab chiqarishga o‘tish va uning rivojlanishi 2. Bozor iqtisodiyotining mohiyati va asosiy belgilari. Bozor iqtisodiyotida resurslar, mahsulotlar va daromadlarning aylanishi. 3. Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va kamchiliklari. Bozor tushunchasi, uning vazifalari va turlari.
.
Natural ishlab chiqarishdan tovar ishlab chiqarishga o‘tish va uning rivojlanishi :
Kishilik jamiyatining rivojlanishida ijtimoiy xo’jalikni tashkil etishning ikkita umumiy iqtisodiy shakli ajralib turadi. Umumiy iqtisodiy shakllarning tarixan birinchisi natural ishlab chiqarish hisoblanadi. Ijtimoiy xo’jalikning bu shaklida yaratilgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchining o’z ehtiyojlarini qondirish uchun, xo’jalik ichki ehtiyojlari uchun mo’ljallangan. Iste’mol hajmi va tarkibi ko’’incha ishlab chiqarish hajmi va tarkibiga mos kelgan, ularning bir-biri bilan bog’lanishi bir xo’jalik doirasida amalga oshganligi sababli juda oson kechgan. Bunday munosabatlar eng avvalo hamma zarur narsani o’zi uchun tayyorlagan ibtidoiy jamoada hukm surgan. ‘atriarxal dehqon xo’jaligi va feodal ‘omestyalari asosan natural xo’jalik bo’lgan. Natural ishlab chiqarish sharti ijtimoiy mehnat taqsimotining rivojlanmaganligi oqibati sifatida vujudga kelgan, u vaqtda ijtimoiy mehnatdan uning u yoki bu turi endigina ajrala boshlagan edi. Bunday sharoitda biqiq yoki o’z ehtiyojlarini o’zi qondiradigan ishlab chiqarish organizmlari ‘aydo bo’lgan. Mehnat ularning tor doirasidagina ijtimoiy xususiyatga ega bo’lgan. Natural ishlab chiqarish shakli barcha iqtisodiy jarayonlarni bir xo’jalik doirasida qat’iy cheklab qo’yadi, tashqi aloqalar uchun yul ochilmaydi. Ishchi kuchi muayyan xo’jalikka juda qattiq biriktirib qo’yiladi va ko’chib yurish imkonidan muhrum bo’ladi. Natural xo’jalik shakllarining xuddi shu ko’rsatkichlari qishloq xo’jalik jamoalari ming yillar davomida barqaror yashovchi bo’lib qolganligining «siri»ni ochib beradi. Natural xo’jalik ishlab chiqarish maqsadlarini nixoyat cheklab qo’yadi, ishlab chiqarish hajm jihatidan juda oz va turi jihatidan kam xil bo’lgan ehtiyojlarini qondirishga bo’ysungan. Shuning uchun ham jamiyat asta-sekinlik bilan tovar ishlab chiqarishga o’tadi.