1 Bilish nazariyasi. 2 Inson bilishining asosiy bosqichlari. 3 Ilmiy bilishning mohiyati va usullari. 4 Xulosa
Muhammad al-xorazmiy nomidagi TATU qarshi filiali “TT”va “KT” fakulteti 1-kurs AX 12-19 guruh talabasi Murodov Asilbekning Falsafa fanidan tayorlagan Mustaqil ishi 1)Bilish nazariyasi. 2) Inson bilishining asosiy bosqichlari. 3) Ilmiy bilishning mohiyati va usullari. 4) Xulosa.
Mavzu: Bilish nazariyasinig predmeti va asosiy muammolari.
Bilish nazariyasi
Bilishning mohiyati, shakllanish va rivojlanish qonuniyatlari, xususiyatlarini o`rganish falsafa tarixida muxim o`rin egallab kelmokda
. Inson o`z bilimi tufayli borliq, tabiat, jamiyatni va nixoyat, o`z-o`zini o`zgartiradi. Bilishga qaratilgan inson faoliyatini va uni amalga oshirishning eng samarali usullarini tadqiq etish falsafa tarixida muxim ahamiyatga ega.
Bilish insonning tabiat, jamiyat va o`zi to`g`risida bilimlar xosil qilishga qaratilgan aqliy, ma’naviy faoliyat turidir. Inson o`zini kurshab to`rgan atrof-muxit to`g`risida bilim va tasavvurga ega bo`lmay turib, faoliyatning biron-bir turi bilan muvaffakiyatli shug`ullana olmaydi.
Bilishning maxsuli, natijasi ilm bo`lib, har qanday kasb-korni egallash faqat ilm orqali ro`y beradi. Shuningdek, bilish insongagina xos bo`lgan ma’naviy extiyoj, hayotiy zaruriyatdir.
Insoniyat ko`p asrlar davomida orttirgan bilimlarini umumlashtirib va keyingi avlodlarga berib kelganligi tufayli ham o`zi uchun qator qulayliklarni yaratgan. Inson faoliyatining har qanday turi muayyan ilmga tayanadi va faoliyat jarayonida yangi bilimlar xosil qilinadi.
Inson bilishining asosiy bosqichlari
Bilishning 2 shakli mavjud
Nazariy (ilmiy) bilish
Kundalik (imperik) bilish
Kundalik (imperik) bilish
Kundalik bilish usullari nixoyatda xilma-xil va o`ziga xos bo`lib, bunday bilimlarni sistemalashtirish va umumlashgan holda keyingi avlodlarga berish ancha mushquldir. Hozirgi zamon Karb sotsiologiyasida xalqlarning kundalik bilim xosil qilish usullarini o`rganuvchi maxsus soxa — etnometodologiya fani vujudga keldi.
Bilish ob’ekti: Тadkikotchi-olim, faylasuf, san’atkor va boshqalarning, umuman insonning bilimlar xosil qilish uchun ilmiy faoliyati qaratilgan narsa, hodisa, jarayon, munosabatlar bilish ob’ektlari xisoblanadi.
Nazariy bilishning shakllari
Bilish predmeti: Sub’ektning bilish faoliyati qamrab olgan bilish ob’ektining ayrim soxalari va tomonlaridir. Fanning o`rganish soxasi tobora konkretlashib boradi.
Bilish sub’ekti: Bilish bilan shug`ullanuvchi kishilar va butun insoniyat bilish sub’ekti xisoblanadi. Ayrim olingan tadqiqotchi-olimlar, ilmiy jamoalar, ilmiy tadqiqot institutlari ham aloxida bilish sub’ektlaridir.
Ilmiy bilishning mohiyati va usullari.
Ilmiy bilish fakt va dalillarga, ularni qayta ishlash, umumlashtirishga asoslanadi. Ilmiy fakt va dalillar to`plashning o`ziga xos usullari mavjud bo`lib, ularni ilmiy bilish metodlari deyiladi.
Ilmiy bilish metodlari
Xususiy ilmiy metodlar
Umumiy ilmiy metodlar
Eng umumiy ilmiy metodlar
Xulosa: Bilish insonning tabiat, jamiyat va o`zi to`g`risida bilimlar xosil qilishga qaratilgan aqliy, ma’naviy faoliyat turidir. Inson o`zini kurshab to`rgan atrof-muxit to`g`risida bilim va tasavvurga ega bo`lmay turib, faoliyatning biron-bir turi bilan muvaffakiyatli shug`ullana olmaydi…. Murodov Asilbek
http://fayllar.org
Dostları ilə paylaş: |