Aim.uz
R E J: A
Umumiy tavsif
Olinishi va ishlatilishi
fizikaviy va kimyoviy xossalari
Molekulasida karboksil gruppa – COOH bo`lgan moddalar larbon kislotalar deb ataladi. Karbon kislotalar karboksil gruppalarning soniga ko`ra bir asosli, ikki asosli va ko`p asosli bo`ladi. Masalan, sirka kislota CH3COOH va moy kislota C3H7COOH – bir asosli, oksalat kislota HOOC-COOH va malon kislota HOOC-CH2-COOH ikki asosli kislotalardir. Karbon kislotalar to`yingan va to`yinmagan, shuningdek, ochiq zanjirli va halqali tuzilishga ega bo`ladi. Kislota molekulasidagi karboksil gruppa karbonil >C= va gidroksi – OH gruppalardan tashkil topgan.
Karbon kislotalar, ularning tuzlari hmda elekton formulasi quyidagicha ifodalangan:
Nomenklatura va izomeriyasi. To`yingan bir asosli karbon kislotalar yog` kislotalar deb ham ataladi, chunki bu kislotalarning birinchi vakili yog`lardan olingan.
To`yingan bir asosli yog` kislotalarni nomlashda, ko`pincha ularning trivial nomlaridan foydalaniladi. Bu nom kislota qanday xomashyodan olinganligin ko`rsatadi, masalan, ularning birinchi vakili H-COOH chumoli kislota deb ataladi, chunki dasilab chumolidan ajratib olingan. Xuddi shunga o`xshash, valerian kislota – valeriana o`simligining ildizidan olingan.
Sistemtik nomenklaturaga ko`ra kislotalarning nomi tegishli uglevodorod nomiga kislota so`zini qo`shish bilan hosil qilinadi:
To`yingan karbon kislotalarda aldegidlardagi singari izomeriyaning ikki turi: uglerod skeletining va karboksil gruppaning zanjirda turlicha joylanishidan kelib chiqadigan izomeriyasi mavjud.
Dostları ilə paylaş: |