2-mavzu: Oqsillarning kimyoviy tarkibi, funksiyasi. Aminokislotalar, ularning fizik-kimyoviy xossalari. Oqsillarninig fizik-kimyoviy xossalari. Reja



Yüklə 422,3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix18.04.2023
ölçüsü422,3 Kb.
#99591
  1   2   3   4   5   6
2-maruza



2-mavzu: Oqsillarning kimyoviy tarkibi, funksiyasi. Aminokislotalar, ularning 
fizik-kimyoviy xossalari. Oqsillarninig fizik-kimyoviy xossalari. 
Reja 
1. Oqsillar haqida umumiy tushuncha va oqsillarning kimyoviy tarkibi 
2. Oqsillar funksiyalari 
3. Aminokislotalar, ularning fizik-kimyoviy xossalari 
Bizga malumki proteinlar yani oqsillar hayot sistemasida juda muhim va
zaruriy element molekula hisoblanadi. Qisqacha aytganda butun hayot
davomiyligi mana shu molekulalar sinifiga bogliq. Misol uchun
enzimlar va polipeptidlar garmonlari bolinish jarayonini amalga oshiradi 
qachonki proteinlar (oqsillar) molekulalarda erkin harakatlanadi.Qisqacha qilib
aytganda aminokislotalar o’zlarining maxsus vazifalariga ega va ular polimer
kislotalar bilan alohida vazifaviy faoliyat olib boradi . bobda aminokislotalarning
asosiy xususiyatlari va xarakterli hislatlari nomoyon bo’ladi . Suyaklarda
oqsillar kalsiy fosfat kristalini shakillantiradi. Ular orasida gomoglobin, plazma
va shakl molekulalari mavjud. Bu yerda imunglobulinlar hayot uchun va virus
hamda bakteriyalarga qarshi kurashadi
1
Oqsillar - yuqori molekulyar, murakkab birikmalar bo’lib, aminokislotalardan 
tashkil topgan. Oqsillarning elementar tarkibi uglerod, vodorod, kislorod, azot hamda 
oltingugurtdan iborat. Ba`zi oqsillar tarkibida fosfor, yod, mis, marganes ham 
uchraydi. Tabiatda uchraydigan oqsillarning ko’pchiligi kolloid holda bo’ladi. Barcha 
tirik organizmlarning tarkibiy qismini oqsillar tashkil etadi. Oqsillarni proteinlar deb 
ham ataladi (protos - grekcha birlamchi, muhim demakdir). Ular hayot faoliyatining 
barcha jarayonlarida eng muhim biologik funksiyalarni bajaradi: 
1
Richard A Harvey., Denise R Ferrier . Biochemistry. Lippincott Wiliams and Wilkins. China. 2011. 1 – betdagi mavzu 
mazmunidan foydalanildi. 


1. Katalitik funksiyasi. Oqsillar fermentativ xususiyatga ega. Moddalar 
almashinuvi jarayonlarida boradigan barcha kimyoviy reaksiyalar faqat fermentlar 
ta`sirida katalizlanadi; 
2. Tuzilma funksiyasi. Oqsillar boshqa moddalar bilan birgalikda 
biologik membranalarning tuzilishida ishtirok etadi; 
3. 
Energetik 
funksiyasi. 
1g 
oqsilni 
oxirgi 
mahsulotlargacha 
parchalanishidan 4,1 kkal energiya ajralib chiqadi; 
4. Qisqaruvchanlik funksiyasi. Aktin, miozin oqsillari ma`lum 
birikmalarda to’plangan kimyoviy energiyani mexanik energiyaga aylantiradi; 
5. Transport funksiyasi. Organizmning hayot faoliyati uchun zarur 
bo’lgan barcha moddalar oqsil tabiatli birikmalar bilan tashiladi; 
6. Retseptorlik funksiyasi. Tashqi signallarni hujayra ichiga o’tkazishda 
ishtirok etadi; 
7. Himoya funksiyasi. Tabiiy va sun`iy immunitetlarning antitellalarining 
asosini oqsillar tashkil etadi; 
8. Regulyatorlik funksiyasi. Bu funksiyani bajarishda gormonlarning 
ahamiyati katta. Masalan: insulin, adrenalin va noradrenalin, tiroksin va boshqalar. 

Yüklə 422,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin