2-mavzu: Oqsillarning kimyoviy tarkibi, funksiyasi. Aminokislotalar, ularning fizik-kimyoviy xossalari. Oqsillarninig fizik-kimyoviy xossalari. Reja



Yüklə 422,3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix18.04.2023
ölçüsü422,3 Kb.
#99591
1   2   3   4   5   6
2-maruza

 
Oqsillar klassifikatsiyasi 
Barcha tabiiy oqsillar ikkita katta sinfga bo’lanadi: 
1. Oddiy oqsillar; 
2. Murakkab oqsillar. 
Oddiy oqsillar faqat aminokislotalardan tashkil topgan. Murakkab oqsillar 
tarkibida aminokislotalardan tashqari, oqsil tabiatiga ega bo’lmagan boshqa 
moddalarni ham saqlaydi. Bularga oddiy metall, yod, mis, marganes ionlaridan tortib, 
to katta molekulyar og`irlikka ega bo’lgan murakkab moddalar kiradi, ularni prostetik 
guruhlar deb ataladi. 


Oddiy oqsillar. Oddiy oqsillarga albuminlar, globulinlar, gistonlar va 
protaminlar kiradi. 
Albuminlar - suvda va tuzlarning kuchsiz eritmasida yaxshi eriydi. 
To’yingan tuzli eritmalarda, masalan, ammoniy sulfat tuzining to’yintirilgan 
eritmasida cho’kmaga tushadi. Suvli eritmalar qizdirilganda osonlik bilan cho’kma 
hosil qiladi. Albuminlar- sutda, tuxumda, qon zardobida, bug`doy, arpa, no’xat 
tarkibida uchraydi. 
Globulinlar - suvda erimaydi. Tuzlarning kuchsiz eritmasida yaxshi 
eriydi, yuqori konsentratsiyalarida esa cho’kmaga tushadi, qizdirilganda cho’kmaga 
tushadi. Albuminlardan farqi tarkibida glitsin saqlamaydi, yoki juda kam miqdorda 
bo’ladi. Bu oqsillar qon zardobida, muskullarda, sutda, tuxumda, o’simliklar 
urug`larida ko’p uchraydi. 
Protaminlar - faqat hayvonlar organizmida uchraydi. Baliqlarda ko’p 
uchraydi. Protaminlar tarkibida ko’pincha ishqoriy aminokislotalar, arginin, lizin va 
gistidinlar bo’ladi. 
Prolaminlar - bu oqsillar suvda erimaydi, ularga xos bo’lgan 
xususiyatlaridan biri 70% li etil spirti erishidir. Prolaminlar boshoqli o’simliklarda 
uchraydi. 
Glyutelinlar - Kuchsiz ishqoriy eritmalarda uchraydi. Ular o’simlik oqsili 
hisoblanadi, ular donli o’simliklar tarkibida uchraydi. 

Yüklə 422,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin