Birinchi bo'lib miyani ishlash tempini oz-moz o'rganib chiqamiz. Miyyamiz ikki qismdan iborat. Chap va o’ng. Chap qism asosan mantiqqa, o'ng qism emotsiyalarga javob beradi
Xotira Birinchi bo'lib miyani ishlash tempini oz-moz o'rganib chiqamiz. Miyyamiz ikki qismdan iborat. Chap va o’ng. Chap qism asosan mantiqqa, o'ng qism emotsiyalarga javob beradi. Chap qism matnli xotira hisoblanadi: turli xil so'zlar, matnlar, raqamlar, faktlar, analizlar va h.k. O'ng qism emotsional xotira hisoblanadi: beshta his tuyg'u - ko'rish, eshitish, hid sezish, ta'm bilish va taktil xotira. Chap qism 10% eslab qolish potensialiga ega. O'ng qism 90% ma'lumotni saqlab qolish potensialiga ega. Chunki, bir o'ylab ко'ring, siz tasawurlar orqali o'ylaysizmi yoki miyyangizda matnlar paydo bo'ladimi? Albatta tasavvurlar. Tasavvur - 80% eslab qolish kuchiga ega. Qolgan his-tuyg'ular qolgan 10% bo'lishib oladi. Nega yoshlikda bog'cha bolalarini xotirasi kuchli bo'ladi, deymiz? Chunki ular matnli xotiraga o'tishmagan, ular barcha axborot tasawuran eslab qolishadi. Miyyani o'rtasi, ya'ni bog'lab turuvchi torgina yo'lakcha Coipus callosum deb nomlanadi. Miyyani ikki qismini bog'lash eng qiyin ish. Agar ikki qismdan foydalanib eslab qolish ko'nikmasiga ega bo'lsak, biz istagan ma'lumotimizni 100% eslab qolishimiz mumkin. Biz hozir aynan o'sha uxlab chang bosib yotgan xotirani tiriltirishimiz kerak. Boshida qiyin bo'ladi albatta. Lekin har qanday inson uddalay oladi. Insonning o'ng qismini tiriltirish va xotirasini kuchaytirish uchun maxsus fan mayjud - Mnemonika fani. Bu sohani ko'pchilik biladi chamamda. Televizorlarda ikkita yigitlar chiqib o'z xotirasining kuchlarini ko'rsatadi, bu narsa hech kimga sir emas. Biz xotiramizni tiriltirish uchun 1 tagina mashqning o'zi yetarli. Mnemonika tarixdan barchamizga ma'lum. O'z davrida Siseron mnemonika haqida ko'plab ishlami yozib qoldirib ketgan. Qadimgi Yunonistonda Mnemonika Xudosi bo'lgan. U xotira mabudi bo'lgan va shu sabab bu fanni uning nomiga atashgan. Endilikda sizga vazifa. Xotirangizni sinab ko'ramiz. Quyidagi 20 ta so'zni yodlab, ketma-ket, bexato aytib ko'rishga harakat qiling.
1. Banan; 2.