Birinchi sinfga kelgan bolalar turli joylardan va turlicha matematik tayyorgarlikka EGA bo‘ladi. Bolalar bog‘chasi yoki ba’zi oilalarda tayyorgarligi bor bolalar 1-10 gacha sonlarni o‘qish, sanash, teskari sanash



Yüklə 14,84 Kb.
tarix02.01.2022
ölçüsü14,84 Kb.
#41839
matem metodika 1-ma'ruza


Birinchi sinfga kelgan bolalar turli joylardan va turlicha matematik tayyorgarlikka ega bo‘ladi. Bolalar bog‘chasi yoki ba’zi oilalarda tayyorgarligi bor bolalar 1-10 gacha sonlarni o‘qish, sanash, teskari sanash, yozish malakalariga ega bo‘ladilar. Ba’zan, mutlaqo tayyorgarlikka ega bo‘lmagan bolalar keladilar. Shuning uchun o‘qituvchinig vazifasi 1-sinfga kelgan bolalarning tayyorgarligini individual aniqlashdir. Bu ish o‘qish boshlanguncha yoki birinchi haftadayoq amalga oshirilishi kerak.

1-sinfning 1-mavzusi 1-o‘nlik sonlarini raqamlashdan iborat. Bunda bolalar sanoq malakasini hosil qilish, 1–10 ta son haqidagi tasavvur shakllantirish, sonlar qatorini hosil qilish kabi ishlarni bajarish kerak.

10 ichida raqamlashda o‘qituvchining vazifasi bolalarda sanash malakalarini shakllantirish va 1–10 sonlar kesmasida natural qatorning tuzilishini ochib berishi va bu asosda natural ketma-ketlikning hadi sifatida ta’riflashdan iborat.

Raqamlashni bilish natijasida o‘quvchilar quyidagilarga erishadilar:

1. 1 dan 10 gacha sonlar ketma-ketligini to‘la o‘zlashtirish;

2. Narsalarni sanashni va sanash tartibi ko‘rsatilganda har bir narsaning

tartib raqamini aytib bera olishi;

3. Sonlarning 1 dan 10 gacha har bir son qanday hosil bo‘lishi (1 ni

qo‘shish yoki 1 ni ayirish bilan);

4. Raqamlarni o‘qiy olishlari va har bir raqamga mos keladigan narsalar

to‘plamini mos keltirishi;

5. Sonlarning katta >, kichik <, tengliklarini = bilishi;

6. 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10 sonlarini bir necha qo‘shiluvchilardan iborat

qilib yoza olishni;

7. 2+1, 4-1, 1+3 kabi yozuvlarni o‘qiy olishi va natijasini hisoblay olishi;

8. Doira, kvadrat, uchburchaklarni bir-biridan farqlab, nomlarini aytish va

ularni chiza olishi;

Bu bosqichda o‘qituvchining vazifasi bolalarda sanash malakalarini

shakllantirish va 1–10 sonlar kesmasida natural qatorning tuzilishini ochib berish va bu asosda sonni natural ketma-ketlikning hadi sifatida

ta’riflashdan iborat.

Qo`shish va ayirish narsalarning ikkita to`plamini birlashtirish yoki berilgan to`plamning bir qismini ajratib olish bilan bog`liq amaliy mashqlar asosida o`rganiladi. Bunday mashqlar dastlabki matematika darslaridan boshlab bajariladi. Ular mazkur mavzuda ham davom etadi. Faqat bu yerda asosiy e`tibor sonlar ustida amallar bajarishga qaratiladi.

10 ichida qo`shish va ayirish malakalari avtomatizm shakliga keltirilishi, ya`ni hisoblash usullarini qarashning va mos mashqlar sistemasi bajarilishining yakuniy natijasi 10 ichida qo`shish va ayirishning barcha hollarini (sonlar tarkibining mos hollarining) bolalar tomonidan puxta o`zlashtirilishidan iborat bo`lishi kerak. 10 ichida qo`shish va ayirish ushbu reja bo`yicha o`rganiladi:

Bittalab va guruhlab qo`shish va ayirish, qo`shish va ayirishning □ ± 2, □ ± 3, □ ± 4 hollari.

Yig`indining o`rin almashtirish xosasi, qo`shiluvchilarining o`rnini almashtirish usuli, qo`shishning □ + 5, □ + 6, …, □ + 9 hollari, 6-10 ichidagii sonlarning tarkibi.

Qo`shish va ayirishning bog`lanishi, noma`lum qo`shiluvchini topish, ayirishning □ - 5, □ - 6, …, □ - 9 hollari.

Ana shu bosqich (davrda) bolalar barcha raqamlarni yozishni o`rganadilar: “masala” tushunchasi bilan tanishadilar va masala matnini dastlabki tahlil qilishni, ya`ni, masalada shart va savol qismlarini ajratishni? Yig`indi va qoldiqni (ayirmani) topishga doir eng sodda masalalarni yechishni, berilgan sondan bir nechta birlik katta yoki kichik sonni (narsalarni sanash asosidagina emas, balki sonlar ustida amallar bajarish asosida ham) topishni o`rganadilar.

 Masala:



Olma -5 ta Yechish:

Nok – 3 ta 5 + 3 = 8

Hammasi - ? ta Javob: 8 ta

Masalalarda o`quvchilar tez tushunib olishklari uchun albatta ko`rgazmali qurollardan foydalanish lozim. Bunday masalalar orqali o`quvchilar arifmetik amallardan foydalanishadi.
Yüklə 14,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin