Ayirish tizimi filogenezi va buzilishlari



Yüklə 126,33 Kb.
səhifə1/3
tarix20.11.2023
ölçüsü126,33 Kb.
#162775
  1   2   3
Ayirish tizimi filogenezi va buzilishlari-fayllar.org


Ayirish tizimi filogenezi va buzilishlari

AYIRISH TIZIMI FILOGENEZI VA BUZILISHLARI

REJA:

1. Ayirishning ahamiyati.


2. Ayirish a’zolari tuzilishi.
3. Buyrakda siydik hosil bo’lishi jarayoni.

AYIRISHNING AHAMIYATI

Buyrak — odam va umurtqali hayvonlarda siydik hosil qiluvchi va uni ajratuvchi juft aʼzo. Buyraklar loviya shaklida bo'lib, qorin boʻshligʻining orqa tomonida, umurtqa pogʻonasi bel qismining ikki yonida joylashgan. Qorin parda buyraklarning old yuzasini qoplab turadi. Ovqat tarkibida iste'mol qilingan oqsil, yog', uglevodlar, suv, tuzlar me'da-ichaklardan qonga so'rilib, jigarga boradi, unda keraksiz (zaharli) moddalardan tozalangach, yana qon orqali tananing barcha to'qima va hujayralariga tarqaladi. Hujayralarda moddalar almashinuvi natijasida bu oziq moddalar kislorod bilan oksidlanib, parchalanadi. Bu jarayonIar natijasida organizm uchun zararli moddalar (siydik kislota, qoldiq azot, mochevina, kreatinin, karbonat angidrid kabilar) hosil bo'ladi. Bu zararli qoldiq moddalar hujayralardan qonga o'tib, ayirish organlari orqali tashqariga chiqarib yuboriladi. Shunday qilib, ayirish odam organizmi uchun muhim fiziologik jarayon bo'lib, uning natijasida organizm moddalar almashinuvida hosil bo'lgan qoldiq moddalardan turadi uzluksiz ravishda tozalanib turadi.

AYIRISH A’ZOLARI

Ayirish a'zolariga: buyrak, teri, o'pka kiradi. Moddalar almashinuvi natijasida hosil bo'lgan gazsimon moddalar (karbonat angidrid) nafas olish organlari orqaIi tashqariga chiqariladi. Siydik kislota, qoldiq azot, tuzlar suvda erigan holda buyraklar orqali siydik tarkibida ajratiladi. Suv, tuzlar va qoldiq azotning oz qismi teri orqali ter sifatida tashqariga chiqariladi. Siydik ayirish a'zolari ayirish sistemasining asosiy qismi hisoblanadi. Siydik ayirish a'zolariga buyraklar (o'ng va chap), siydik yo'li,qovuq (siydik pufagi) va siydik chiqarish kanali kiradi.


 

BUYRAK


Buyrak juft a'zo bo'lib (o'ng va chap buyrak), qorin bo'shlig'ining bel qismida, ya'ni birinchi va ikkinchi bel umurtqasining yon tomonidajoylashgan. U loviya shakliga o'xshash bo'ladi. Buyrak murakkab tuzilgan. Uning ichki tomoni botiqroq bo'lib, buyrak darvozasi deb ataladi. Buyrak darvozasi orqali unga arteriya qon tomiri kiradi, vena qon tomiri chiqadi. Shuningdek, buyrak darvozasi orqali siydik yo'li ham chiqadi. Har bir buyrakning og'irligi o'rtacha 150 g keladi. Buyrakning mikroskopik tuzilishi. Buyrak bo'ylamasiga kesib qaralganda, uning to'qimasi ikki qavatdan: tashqi qoramtir po'st qavat va ichki oqtir mag'iz qavatdan iborat ekanligi ko'rinadi Buyrak to'qimasi murakkab mikroskopik tuzilishga ega bo'lgan nefronlardan tashkil topgan. Har qaysi buyrakda I mln atrofida nefron bor. Nefronlar buyrakning ish bajaruvchi asosiy tuzilmasi hisoblanadi. Ular murakkab tuzilgan. Buyrakning po'st qavatida vo¬ronka shaklidagi Shumlyanskiy-Baumen kapsulasijoylashgan bo'lib, u ikki qavatli yupqa pardadan tashkil topgan. Ushbu kapsuladan birinchi tartib egri-bugri kalavasimon kanalchalar boshlanib, buy¬rakning po'st qavatidan mag'iz qavatiga o~tadi. Buyrakning mag'iz qismida kalavasimon kanalcha to'g'rilanib, yuqoriga buriladi. Bu burilish joyi Genii halqasi deb ataladi. So'ngra u yana buyrakning po'st qavatiga o'tib, ikkinchi tartib egri-bugri kalavasimon kanalchani hosil qiladi. U chiqaruvchi kanalga tutashadi Yuqorida bitta nefronning tuzilishi bayon etildi. Har bir buy¬rakda shunday nefronlardan 1 mln atrofida bo'ladi. Ulaming egribugri kalavasimon kanalchalarining uzunligi 120 km, devorining sathi esa 40 m2 atrofida bo'ladi. Chiqaruvchi kanal buyrakning po'st va mag'iz qavatlari orqali o'tib, buyrak jomiga quyiladi. Undan esa yuqorigi siydik yo'li boshlanadi.Shumlyanskiy - Baumen kapsulasiga arteriya tomiri kirib, mayda tomirchalarga, ya'ni to'rsimon shakldagi kapillyarlarga bo'linib, Malpigi tugunchasini hosil qiladi. Bu tugunchaning kapillyarlari yana bir-biri bilan qo'shilib, kapsuladan chiquvchi arteriya tomirini hosil qiladi. Shu tomir kapsuladan chiqib, yanada mayda


Yüklə 126,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin