Bitishuv munosabatiga kirgan soʻzlar reja bitishuv haqida Moslashuv Boshqaruv



Yüklə 83,93 Kb.
tarix26.11.2022
ölçüsü83,93 Kb.
#70769
Bitishuv munosat


Bitishuv munosabatiga kirgan soʻzlar
REJA
Bitishuv haqida
Moslashuv
Boshqaruv
Bitishuv. Hokim va tobe so‘zlarning o‘zaro so‘z tartibi hamda ohang yordamida birikishiga bitishuv deyiladi. Bitishuv yo‘li bilan bog‘lanish sifatlovchi-sifatlanmish (yangi libos ), izohlovchi-izohlanmish (shoir Erkin Vohidov ),qisman hol-hollanmish (to‘satdan uchrab qolmoq ) munosabatidagi birikmalarga xos bo‘lib, uning qismlari ifoda materialiga
ko‘ra turlicha bo‘ladi:
1) sifat + ot:ziyrak bola, yam-yashil dala;
2) ot + ot:temir darvoza, oltin kuz;
3) son + ot:besh kishi, o‘n tup ko‘chat;
4) olmosh + ot:barcha xalqlar, shu yo‘l;
5) sifatdosh + ot:sinalgan odam, aytilgan so‘z;
6) ravish + ot:mo‘l hosil, ko‘p xususiyatlar;
7) taqlid so‘z + ot:g‘ir-g‘ir shabada, tars-turs ovozlar;
8) ravish + fe’l:tez yurmoq, erta kelmoq;
9) ravishdosh + fe’l:o‘ylab gapirmoq, quvonib aytmoq;
10) taqlid so‘z + fe’l:duv-duv to‘kilmoq, gir-gir aylanmoq.
Moslashuv.
O‘zbek tilida qaratqich va qaralmishning aloqasi bog‘lanishning alohida turini tashkil qiladi. Bunda so‘zlardan birini hokim,birini tobe deb qarash qiyin, chunki qaralmishning talabi bilan qaratuvchi bo‘lak qaratqich kelishigi shaklini oladi, o‘z navbatida, qaratuvchining
talabiga ko‘ra qaralmish egalik affiksini qabul qiladi:bolalarning quvonchi, mening kitobim, sening daftaring, ularning vazifasi
kabi. Bunda munosabatdorlik (o‘zaro hokimlik, tobelik) kuzatiladi.
Boshqaruv. Tobe so‘zning hokim so‘z talab etgan shaklda kelishi boshqaruv deyiladi. Bunda boshqariluvchi so‘z bosh va qaratqich
kelishigidan tashqari boshqa kelishik shaklini yoki ko‘makchini olib keladi. Boshqariluvchining qaysi kelishik yoki ko‘makchi bilan shakllanishi
boshqaruvchi so‘zning ma’nosi, semantikasi bilan belgilanadi: kitobni o‘qimoq, qariyalarga g‘amxo‘rlik qilmoq, universitetda o‘qimoq, ishdan
qaytmoq, o‘quvchilar bilan suhbatlashmoq kabi
Boshqaruv ikki xil bo‘ladi: kelishikli boshqaruv va ko‘makchili
boshqaruv. Kelishikli boshqaruvda boshqariluvchi so‘z ma’lum kelishik shaklida qo‘llanadi:kattalarni hurmat qilmoq, tog`ga chiqmoq kabi. Ko‘makchili boshqaruvda boshqariluvchi so‘z ko‘makchi orqali shakllanadi:zavq bilan ishlamoq, telefon orqali gaplashmoq kabi. Boshqaruv usuli bilan bog‘lanish to‘ldiruvchi-to‘ldirilmish, hol- hollanmish munosabatlarini yuzaga keltiradi.
Thank you for listening
Yüklə 83,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin