Blok kallagini tiklash reja. Krivoship-shatun mexanizmlari. Silindrlar blokining tuzilishi



Yüklə 23,99 Kb.
səhifə1/2
tarix11.05.2023
ölçüsü23,99 Kb.
#111731
  1   2
BLOK KALLAGINI TIKLASH


BLOK KALLAGINI TIKLASH
Reja.
1. Krivoship-shatun mexanizmlari.
2. Silindrlar blokining tuzilishi.
3. Silindrlar kallagi.
4. Porshen guruhi detallari.
Krivoship-shatun mexanizmi slindrlar kallagi, silindrlar bloki, porshen, porshen halqalari, porshen barmoqlari, shatunlar, tirsakli val, maxovik va karterdan iborat.
Krivoship-shatun mexanizmi issiqlikning kengayishi natijasida porshenga ta’sir etuvchi bosim kuchidan aylanma harakat hosil qiluvchi asosiy mexanizmlardir.
Silindrlar bloki. Silindrlar bloki dvigatelning asosiy detali bo’lib, barcha mexanizm va detallar shu blokka o’rnatib mahkamlanadi. Silindrlar bloki cho’yandan (ZIL-130) yoki alyuminiy qotishmasidan (ZMZ-53 va GAZ-24) quyish usuli bilan tayyorlanadi. Cho’yan va aluminiy blok-karterlarining massalari nisbati taxminan 4:1ga teng. Karterning yuqori qismi blok bilan bir butun holda quyilgan bo’ladi. Karter va dvigatel silindrlari o’rab turgan sovitish g’iloflarining devorlari ham blok bilan birga quyiladi. Bundan tashqari tirsakli valning o’zak podshipniklari va taqsimlovchi valning podshipniklari uchun taglik-uyalar, boshqa uzelar hamda detallarni o’rnatish uchun maxsus joylar mavjud bo’ladi.
Dvigatelning tuzilishiga qarab, silindrlar blokka 900 burchak hosil etuvchi V-simon qilib ikki qator (ZIL,ZMZ) yoki vertikal holda bir qator (TIKO) joylashtiriladi.
O’rnatilayotgan dvigatellarning bloklariga atrofini sovutuvchi suyuqlik o’rab turadigan qo’yma gilzalar o’rnatiladi, bunday gilzalarga ho’l gilzalar deyiladi. Gilzalarning ichki yuzasi porshenlarni yo’naltiruvchi bo’lib hisoblanadi. Gilza zarur o’lchamda yo’nilib, keyin jilvirlanadi. Ularning pastki qismida zichlovchi halqalari bo’ladi. Yuqoridagi qismlari silindrlari kallagining qistirmalari bilan zichlanadi. Silindrlar gilzalarning yeyilishiga chidamliligini oshirish uchun ularning yuqorigi qismiga yeyilishga chidamli va zanglamaydigan cho’yandan yasalgan yupqa devorli kalta gilza presslab o’tqaziladi. ЗМЗ – 53 va ГАЗ – 24 dvigatellarida silindrlar gilzasining yuqorigi qismini faqat silindrlar kallagi tutib turadi, shuning uchun ularni yig’ishda gilzaning pastki qismiga zichlovchi mis qistirmalarning shundayi qo’yish kerakki, gilza blok va silindrlar kallagining ajratilish tekisligidan 0,02 – 0,10 mm baland ko’tarilib tursin.
Blokning ustki tomoni alyuminiy qotishmasidan yasalgan silindrlar kallagi bilan bekitilgan. Kallak sovutish g’ilofidan va yondirish svechalari burab qo’yiladigan teshiklari bo’lgan yonish kamerasidan iborat. Silindrlar kallagi ichida kiritish va chiqarish kanallari qilingan, qo’yma egarlar o’rnatilgan va klapanlarning yo’naltiruvchi vtulkalari presslab qo’yilgan. Silindrlar kallagi ustki tomondan shtamplab yasalgan qopqoq bilan bekitilgan. Qopqoq bilan kallak orasiga moy ta’sir etmaydigan rezina qistirma qo’yiladi.

Yüklə 23,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin