Blok kallagini tiklash reja. Krivoship-shatun mexanizmlari. Silindrlar blokining tuzilishi


-rasm. Sakkiz silindrli V simon dvigatelning silindrlar bloki va kallagi



Yüklə 23,99 Kb.
səhifə2/2
tarix11.05.2023
ölçüsü23,99 Kb.
#111731
1   2
BLOK KALLAGINI TIKLASH

5 -rasm. Sakkiz silindrli V simon dvigatelning silindrlar bloki va kallagi.
1-o’ng qatordagi silindrlar kallagi; 2-silindr gilzasi; 3-gilza qiatirmasi; 4-gizaning yunaltiruvchi uyasi; 5-silindrlar bloki; 6-taqsimlovchi shesternalar qapqog’ining qistirmasi; 7-tirsakli valning oldingi salnigi; 8-taqsimlovchi shesternalar qapqog’I; 9-silindr kallagining qistirmasi.
Silindrlar kallagi. Kallak silindrlarni yuqori tmonidan berkitadi. Unda klapanlar, yonish kamerasi, svechalar, forsunkalar joylashgan bo’ladi. Shuningdek, silindr kallagiga blokka shpilka yoki boltlar yordamida mahkamlanadi. Silindrlar kallagi blokka jips tegib turmog’I uchun ular orasiga metall – asbest qistirma qo’yiladi. Silindrlar kallagiga gaz taqsimlash mehanizmining detallari mahkamlangan.
Porshen tayyorgarlik taktlarini bajaradi, ish yo’li taktida gaz bosimini qabul qilib, porshen barmog’i orqali shatunga uzatadi. 
Porshen alyuminiy qotishmasidan silindr shaklida qo’yilgan. Porshen tub bilan kallak va yo’naltiruvchi devorchalar (yubka) dan iborat. Kallakning silindrik qismiga porshen halqalari uchun ariqchalar o’yilgan. Porshenning yo’naltiruvchi devorchalari (yubkasi)da porshen barmog’I o’rnatiladigan teshikli ikkita bobishka bor. Dvigatel porshenlarini yengillashtirish uchun porshen yubkasining bir qismi qirqib olinadi. Dvigatel sovuqligida taqqillab ishlamasligi uchun porshenning yo’naltiruvchi devorchasi oval shaklda qilinadi, ovalning katta o’qi yonlama kuchlar ta’sir etadigantomonga, kicik o’qi esa porshen barmog’i tekisligiga tomon qaratilgan bo’ladi. Shu maqsadda porshen yubkasiga kesiklar qilinadi. Yig’ish paytida porshenlarni to’g’ri o’rnatish uchun porshen tubiga ko’rsatgich (strelka) o’yilib “Oldinga” deb yozilgan. Porshenlarning silindrga ishqalanib moslanishini tezlashtirish uchun porshenlar ustiga yupqa qilib qalayi qoplanadi.
Porshen halqalari. Ular vazifasiga qarab, dvigatel karteriga gaz o’tkazmaydigan bosim (kompression) halqalarga va silindr devoridan ortiqcha moyni sidirib tushiradigan moy sidiruvchi halqalarga ajratiladi.
Halqalar cho’yan yoki po’latdan yasalgan bo’lib, kesigi (qulfi) bor; halqalar elastik bo’lganligidan silindr devoriga jips tegib turadi. Bosim halqalari porshen kallagining yuqorigi ariqchalariga, moy sidiruvchi halqa esa pastki ariqchasiga o’rnatiladi.
dvigatellar porsheniga o’rnatiladigan halqalar soni har xil bo’lib, ikkita bosim va bitta moy sidiruvchi bo’ladi. Moy sidiruvchi halqaning bosim halqadan farqi shuki, undagi kesiklarning har ikkala tomoni ochiq (teshik) bitta bo’lsada, lekin u to’rtta alohida elementdan-kesikli ikkita yupqa porshen’lat halqadan va taram-taram novli kengayuvchi po’lat halqadan yig’ilgan.
Porshen barmog’i porshenni shatun bilan sharnir ravishda birlashtiradi. Barmoq ichi kavak silindrik sterjen ko’rinishida yasalgan, sirti yuqori chastotali tok bilan qizdirib toblangan. Porshen bobishkalarining o’yiqlaridagi prujinalanuvchi po’lat halqalar barmoqning o’q bo’yicha siljishini cheklaydi. O’rganilayotgan dvigatellarda “suzuvchi” barmoqlar ishlatiladi, ular shatunning yuqorigi kallagida ham, porshenning bobishkalarida ham burila oladi, shunga ko’ra bunday barmoqlar bir tekisda yeyiladi. 
Tayanch iboralar: porshen, porshen halqalari, porshen barmog’I, qotishmalar, porshen tubi, porshen yonqori (yubkasi), oval shakli, kompression halqa, kolloid-grafitli qoplama, moy sidirgich halqalar.
NAZORAT SAVOLLARI.
1. Porshen guruhi detallarini aytib bering.
2. Porshenning tuzilishi va vazifasini ayting.
3. Kompression halqalarning tuzilishi va vazifasini ayting.
4. Moy sidiruvchi halqalarning qanday turlarini bilasiz?
5. Porshen barmog’ining vaifasi nima?
Yüklə 23,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin