O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
"Tadbirkorlik va boshqaruv" FAKULTETI 1i-21-guruh talabasi BOBOXONOV SHUHRAT NING ____Iqtisodiyot nazariyasi________________________fanidan “Xalqaro savdo, uning turlari va tartibga solish mexanizmi” mavzusida bajargan
Xalqaro savdoning tarkibi va tovar oqimlari, Xalqaro savdo turlari: Ulgurji savdo, Tovar birjalari, Fyuchers birjalari, Fond birjasi, Savdo yarmarkalari, Valyuta bozori
KIRISH Xalqaro savdo — bu turli davlat-milliy xoʻjaliklari oʻrtasidagi tovar va xizmatlarning ayirboshlash jarayonidir. Xalqaro savdo qadimdan mavjud boʻlsada, faqat XIX asrga kelib, yaʼni deyarli barcha rivojlangan mamlakatlar xalqaro savdo aloqalarida ishtirok eta boshlashi bilan jahon bozori shakliga kirdi. Xalqaro savdo tashqi savdo aylanmasi, eksport va import, savdo balansi kabi koʻrsatkichlar bilan tavsiflanadi.
Xalqaro savdo va hamkorlik ko‘pchilik mamlakatlarga yuqori foyda ko‘rishiga asos bo‘lib kelmoqda, masalan bugungi kunda rivojlanayotgan mamlakatlar rivojlangan mamlakatlarga va o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlariga har xil turdagi Tovar va xizmatlar eksport qilmoqda. Bugungi kunda rivojlanayotgan mamlakatlar ichidan Xitoy va Hindiston asosan xalqaro savdoda uushi keskin oshib borayotgan mamlakatlardan hisoblanadi.
Xalqaro savdoning yana bir afzallik tomoni shundaki, ko‘plab mamlakatlardagi kambag‘allik muammosini qisqartirishga yuqori axamiyat kasb etayotganidir. Hindistonda 60-70-yillarda kambag‘allik atigi 1%ga ham qisqarmagan, ma‘lum vaqtlardan so‘ng globalizatsiya va integratsiya yordamida ishlab chiqarish xizmat ko‘rsatish talim va boshqa barcha soxalarda o‘sish kuzatiladi. Xalqaro hamkorlikning kuchayishi natijasida yaxshiroq ta‘lim va sog‘lik tizimini yo‘lga qo‘yish imkoni paydo bo‘ladi. Bugungi kunda xalqalaro savdo aloqalar tobora chuqurlashib bormoqda ayniqsa bu borada rivojanayotgan mamlakatlarning ulushi oshib bormoqda. Bizga malumki tashqi savdo o‘sishi bilan jahon iqtisodi ham rivojlanadi. Export jihatdan qaraganda rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar ikkalasi ham faqat kichikroq hajmda ijobiy o‘sishga erishadi (rivojlangan mamlakatlar 1.5% va rivojlanayotgan mamlakatlar3.3 % mos ravishda). 2013-yilda, dollar qiymatidagi tovarlar eksporti 2.8% ga o‘sdi va 18.8 trln dollarni tashkil qildi; Bu davrda savdo xizmatlari eksporti 5.5%ga o‘sdi va bu 4.6 trln dollarni tashkil qildi.
Xalqaro savdo trendlari. Bugungi kunda transport va axborot komunikatsiya almashinuvi narxida sezilarli pasayish kuzatildi, xalqaro savdo sistemasida geosiyosat hal qiluvchi axamiyat kasb etadi. So‘nggi 30-yil mobaynida tovarlar va savdo xizmatlari yiliga o‘rtacha 7% ga o‘sdi va mos ravishda o‘zinig eng yuqori nuqtalari 18 trln dollar va 4 trln dollarga yetdi. 1980 va 2011 - yillarda rivojlanayotgan mamlakatlar dunyo export-importi ulushida sezilarli o‘sish kuzatildi; Duynyo exportidagi ulushi 34% dan 47% ga yetdi. Dunyo importidagi ulushi esa 29% dan 42% ga o‘sdi, ushbu o‘sish ko‘rsatkichlarida Osiyo mamlakatlari o‘suvchi rolnin o‘ynamoqda; So‘nggi bir nechta o‘n yillikda jahon savdosi sal kam ikki barobarga o‘sdi.
Xalqaro savdo xalqaro iqtisodiy munosabatlarning eng rivojlangan va keng tarqalgan shakli hisoblanadi. U zamonaviy tashqi siyosiy manfaatlar va dunyo mamlakatlarining muammolarida muhim o'rin tutadi. Shuning uchun uning mohiyatini, rivojlanish dinamikasini va zamonaviy tuzilishini o'rganish davlatni rivojlantirish dasturlarining tashqi siyosatini belgilashning muhim elementi bo'lib, uning dolzarbligini tasdiqlaydi.
Shundan kelib chiqqan holda, biz ushbu kurs ishining xalqaro savdo haqidagi ma'lumotlarni to'plash, tizimlashtirish va tahlil qilishdan iborat bo'lgan quyidagi maqsadini shakllantirishimiz mumkin.
Men deyarli ushbu mavzuni o'rganib chiqdim va bundan keyin ham o'rganaman. Bu tashqi savdo bilan bog'liq bo'lgan alohida tashkilotlarning ishlashi uchun zarur shartdir, shuningdek har bir davlatning tashqi siyosatini amalga oshirish va rivojlanishning o'rta va uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqishdagi faoliyati. Shuning uchun xalqaro savdoning holatini kuzatish, shuningdek prognozlash va rejalashtirish jarayonlari to'xtamaydi.
Kurs ishi mavzusining o'zi nafaqat xalqaro savdodagi o'zgarishlarning miqdoriy xususiyatlarini, balki ushbu o'zgarishlarning sifat jihatlarini ham o'rganishni o'z ichiga oladi.