BOG’ ZARARKUNANDALARI VA ULARGA QARSHI KURASH
Reja:
Asosiy qism
1. Kanalar haqida umimiy tavsif
2. Qishloq xo’jaligi ekinlariga zarar etkazuvhci kanalar.
3.Omborxona zararkunandalari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kanalar
(Acarina) — o’rgimchaksimonlar sinfiga mansub
mayda bo’g’imoyoqlilar. 3 turkumga bo’linadi: akariformli
kanalar (Acariformes), parazitformli kanalar (Parasitiformes) va
pichano’rar K. (Opiliocarina). Tanasi tuxumsimon yoki cho’ziq
(uz. 0,1—0,30 mm), aksariyati bo’g’imlarga bo’linmagan.
Tanasi, odatda,2 qism: og’iz apparati joylashgan oldingi —
giatosoma va oyoqlari joylashgan orqa qism — idiosomadan
iborat. kanalar hasharotlardan 4, ba’zilari esa 2 juft oyoqlari
bo’lishi, tanasining bosh, ko’krak va qorin qismga bo’linmasligi,
mo’ylovlari bo’lmasligi bilan farqlanadi. Tanasi yashash
sharoitiga ko’ra, tiniq yoki juda zichlashgan muskulli qoplamga
ega. Barcha kanalar ayrim jinsli bo’lib, ko’pchiligi tuxum qo’yib
ko’payadi. Oziqlanish tipiga qarab 3 guruhga bo’linadi:
o’simlikxo’rlar, yirtqich kanalar va parazit kanalar Ba’zi kanalar
o’simlik qoldiqlari bilan (saprofaglar) oziqlanib, tuproq hosil
bo’lish jarayonida muhim rol o’ynaydi (mas., Oribalidae oilasiga
mansub qalqonli kanalar va Acaroidea vakillari); boshqalari
o’simlik shirasi bilan (fitofaglar) oziqlanib, qishloq xo’jaligi
ekinlariga katta zarar keltiradi (maye., Tetranychidae oilasining
turlari); ayrimlari sodda zamburug’lar bilan oziqlanadi
(mikofaglar) hamda parazit kanalar qishloq xo’jaligi hayvonlari
va odamga zarar yetkazadi (Ixodidae, Argasidae, Dermanyssidae
va b. oiladagi K.). Tabiatda zararli kanalar bilan bir qatorda
foydalilari ham (entomofag kanalar.) bo’lib, qishloq xo’jaligi
zararkunandalarining
ko’payishiga
to’sqinlik
qiladi.
O’simlikxo’r
kanalar
ikki:
sarkoptiformli
kanalar
(Sarcoptifomes) hamda trombidiformli kanalar (Trombidiformes)
kenja turkumga bo’linadi. Sarkoptiformli kanalar dan ombor
kanalarning 2 oilasi: un kanalar va tukli kanalarning vakillari
katta zarar keltiradi. Trombidiformli kanalar kenja turkumiga
o’simlikning o’sish va rivojlanish davrida shirasini so’rib zarar
keltiradigan kanalar kiradi. Qishloq xo’jaligi ekinlariga, ayniqsa,
o’rgimchakkanalar oilasining turlari, jumladan, o’rgimchakkana
juda ko’p zarar yetkazadi. Briobindlar oilasiga mansub eng yirik
(2 mm gacha) va serharakat kanalar faqatgina o’simliklarga zarar
keltirib qolmay, balki odamlar yashaydigan joylarga kirib, zahira
oziq-ovqatlarni ham ifloslantiradi. Qo’ng’ir meva kanasi —
ashaddiy zararkunandadir. O’rta Osiyo janibida yassi tanali
kanalar (Tenuipalpidae) oilasining vakillaridan meva yassi tanali
kanasi
zararlidir.
Har
xil
tirnoqli
kanalar
oilasi
(Tarsonemidae)ning ko’pgina turlari o’simliklar bilan oziqlanadi,
ammo yirtqich hamda saprofaglari ham mavjud. Eng
zararkunandasi — yertut kanasidir. Qorindor kanalar oilasiga
(Pycmotidae) tirik tug’ish harakterli. Ularning barcha rivojlanish
fazalari ona qornida o’tadi; qorni sharsimon shishib, 100—500
martagacha kattalashish xususiyatiga ega. Bu oilaga mansub don
kanalar bug’doy, suli, javdar, arpa va boshoqli o’tlarga
vegetatsiya davrida zarar yetkazadi. Qorindor kanalar zahiralarga
zarar keltiruvchi hasharotlar qurtida parazitlik qiladi; ular odam
tanasiga tushsa, teri kasalligi — pichan qichimasini vujudga
keltiradi. To’rt oyoqli kanalar yoki shish paydo qiluvchi kanalar
(Eriophyidae) oilasining vakillari o’simlik bilan oziqlanib, uning
shakli, barg hamda mevalari rangini o’zgartiradi, kurtaklarni
nobud qiladi. Ba’zi turlari o’simliklar ustida erkin yashaydi,
boshqalari
esa
shish
paydo
qiladi.
Yirtqich kanalar — parazitformli va akariformli kanalar
turkumlarining vakillaridir. Mevali daraxtlar bargida, tut, tok,
g’o’za, beda va sabzavot ekinlarida, begona o’tlar hamda o’simlik
qoldiqlarida yashaydi. Serharakat. O’rgimchakkana tuxumi,
lichinkalari, nimfasi va voyaga yetgan individlari, yassi tanali
kanalar va boshqa mayda bo’g’imoyoqlilar bilan oziqlanadi.
O’rta Osiyoda keng tarqalgan bo’lib, 11 oilaga mansub 50 ga
yaqin turi ma’lum. Ko’pincha, ekinzor dalalarida va unga
yondosh yerlardagi begona o’tlarda uchraydi. O’simlikxo’r
kanalar kabi ular ham to’kilgan barglarda, daraxt po’stloqlari
yoriqlarida, to’shamalarda va boshqa o’simlik qoldiqlarida
qishlaydi. Sutkalik o’rtacha harorat 10° dan yuqori bo’lganda
qishlov
joylaridan
chiqadi.
Sug’orma
dehqonchilik
agrobiotsenozida, asosan, begona o’tlar hamda tut daraxtlarida
to’planadi. G’o’zaga may oxiri — iyun boshlarida
o’rgimchakkanadan so’ng o’tadi. Ularning mavsumiy rivojlanish
davri bir xilda bo’lib, bu yirtqich kanalarning oziqlanishi uchun
yaxshi sharoit yaratadi. O’simlikxo’r zararkunanda kanalarga
qarshi biologik himoya usulida yirtqich kanalardan foydalanish
mumkin. Eng faol yirtqich kanalar fitoseid va boshqa oilaga
mansub
turlardir.
Ular
issiqxonalarda
yetishtiriladigan
bodringlardagi
hamda
bog’
va
tokzorlardagi
o’rgimchakkanalarga
qarshi
qo’llaniladi.
Parazit kanalar ikki kenja turkum — Mesostigmata va Ixodides
o’z ichiga olgan parazitformli kanalar turkumining vakillaridir.
Bular q/x hayvonlari (qoramol, cho’chqa, parrandalar) hamda
odamdagi yuqumli kasalliklar qo’zg’atuvchilarining manbai va
tarqatuvchilari. Ixodidae, Argasidae, Dermanyssidae oilalarining
vakillari eng zararli kanalardir. Ko’p turlari nobud bo’lgan
o’simlik qoldiklaridan iborat to’shamalarda yoki yaylovlardagi
o’tlarning ildiz-bo’g’zi qismida yashirin hayot kechiradi.
Kamharakat bo’lib, katta maydonlarga faol tarqala olmaydi.
Kanalarga qarshi akaritsidlar va biologik himoya usulidan
foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: |