Boltayev shaxzod



Yüklə 68,23 Kb.
səhifə1/9
tarix19.05.2023
ölçüsü68,23 Kb.
#118087
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
11Kurs ishi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI
O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI

BOLTAYEV SHAXZOD
KURS ISHI
MAVZU: Tafakkur va Xayol
Ta’lim yo‘nalishi:
52102003 - Psixologiya (Amaliy psixologiya)

Fan: Umumiy psixologiya
Ilmiy rahbar: Babajonova Saida


Toshkent - 2022
MUNDARIJA
KIRISH……………………………………………………………………
1-BOB. TAFAKKUR……………………………………………………
1.1 Tafakkur haqida tushuncha. Tafakkur va hissiy bilish…………..
1.2 Tafakkur jarayonlari va fikr yuritish operatsiyalari.……………
1.3 Tafakkur shakllari.…………………………………………….
2-BOB. XAYOL………………………………………………………..
2.1  Xayol haqida tushuncha ………………………………………
2.2 Xayolning ijtimoiy tabiati, fiziologik mexanizmlari ………….
2.3 Xayol jarayonlari va turlari ……………………………………


XULOSA……………………………………………………………….
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………..

KIRISH
Buguni kunda jahon hamjamiyatida ta’lim sohasiga e’tibor har qachongidan ham kuchayib bormoqda. Rivojlangan mamalakatlarning ta’lim sohasidagi tajribalarini o‘rganib, tahlil qiladigan bo‘lsak, ularning rivoji hissasiga har tomonlama yetuk, intellektual salohiyatli, kreativ fikrlovchi, yangiliklarga intiluvchan, vatanparvar, o‘z sohasining yetuk bilimdonibo‘lgan kadrlarning o‘rni kattadir. Shu boisdan ijodkor, kashfiyotchi kadrlarni tayyorlash borasidagi chet el tajribasini o‘rganar ekanmiz ta’limning asosiy poydevori bo‘lmish maktabgacha va boshlang‘ich ta’ilm yoshdagi bolalarda tafakkur turlarini shakllantirish borasidagi ilmiy-amaliy yutuqlarni ta’kidlab o‘tish joiz.
Xususan, Germaniyaning eng rivojlangan mamalakatlar ro‘yixatida turishiga sabab ham maktabgacha ta’limni “Tafakkur ustaxonasi”deb qarashlari bo‘lsa ajab emas.
Mamalakatimizda hamta’ilm sohasida keng ko‘lamdagi islohotlar olib
borilmoqda. Davlatimiz rahbarining farmoniga muvofiq 2017-2021-yillarda
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi belgilab olindi.1 Uning “Ijtimoiy sohani rivojlantirish” deb nomlanuvchi to‘rtinchi yo‘nalishida ham umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus va oily ta’lim sifatini yaxshilash hamda ualrni rivojlantirish chora tadbirlarini amalga oshirishni nazarda tutadi. Davlatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan bu kabi e’tibor va islohotlar natijasi o‘laroq bugungi kun pedagoglarining zimmasiga yangi avlod, yangi tafakkur sohiblarini tarbiyalshdek mas’uliyatli vazifa yuklandi. Butun dunyoni qamrab olayotgan globalizatsiya jaroyoni inson ongi va tafakkuriga bevosita o‘z ta’sirini o‘tkazib kelmoqda. Kundalik moddiy hayotini yaxshilash va qulaylashtirish uchun yaratilgan barcha texnologiyalar insonni ham aqlan, ham jismonan kam kuch sarflashga, buning natijasida ayniqsa kichik yoshdagi bolalar, maktab o‘quvchilarida tafakkur rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ularning jismoniy va aqliy o‘yinlardan ko‘ra virtual o‘yinlarni afzal ko‘rayotganlari bunga yaqqol misoldir. O‘quvchilarning ongini o‘stiradigan, aqlini charxlaydigan,tafakkurini yuksaltiradigan, ijodkorlik qobilyatini shakllantiradigan, mustaqil fikralashga o‘rgatadigan zamonaviy metodlardan foydalanish lozimki, bu metodlar boshlang‘ich sinf o‘quvchilarda ta’lim olishga nisbatan motiv hosil qilish
bilan birga, ta’lim-tarbiya berishi, ularning qobiliyatlarini nomoyon etishi lozim.
Yurtimiz kelajagi, xalqimiz, mamlakatimizning intellektual salohiyatiga,
aql-zakovatiga, milliy ta’lim-tarbiya tizimini jahon andozalari asosida
takomillashtirish, ta’lim tizimini yangi zamonaviy pedagogik texnologiyalar
asosida tashkil qilishga, kadrlar tayyorlashga bevosita bog‘liq. Yangicha
fikrlaydigan, zamonaviy bilimlarga ega bo‘lgan barkamol tashkilotchi va zukko
kadrlarga ega bo‘lishi uchun avvalo ta’lim-tarbiya tizimini tubdan o‘zgartirish,
uni hozirgi davr talabi darajasiga ko‘tarish zarur va muhimligini hayot
taqozo etyapti. Bunda o‘quvchilarning tasavvurini boyitadigan, dunyoqarashini
kengaytiradigan, o‘zida ishonch uyg‘otadigan, mustaqil fiklashga, ijodkorlikka, qobilyatini nomoyon etishga chorlaydigan usullardan, ya’ni kreativ metodlardan foydalangan holda ularda obrazli tafakkurni shakllantirish ahamiyatlidir. Obrazli tafakkuri yaxshi shakllangan o‘quvchining xayolot dunyosi keng, fantaziyasi kuchli, ixtirochilik, ijodkorlik qobilyati yuqori bo‘lib ulardan ixtirochi olimlar, yaxshi rassom, adabiyotshunos, umuman olganda yaratuvchan ijodkorlar tong ma’noda barkamol shaxslar yetishib chiqadi. Barkamol shaxs tushunchasi tarixiy ahamiyatga ega bo‘lib, o‘z davrining komil insoni hisoblanadi. Barkamol shaxs hamisha o‘z Vatani kamolotini rivojlantiradi, uning ravnaqi yo‘lida umrini baxshida etishni o‘z burchi deb biladi. Demak, sog‘lom yoshlar har qachon, har yerda o‘z fikriga, sog‘lom mulohazasiga ega bo‘ladi, xalq va davlat manfaatini himoya qiladi. Uning aql-zakovati, intellekti, teran dunyoqarashi orqali o‘z maqsadiga erishish yo‘llarini qidirib topadi. Bugun o‘z mustaqil fikriga ega, izlanuvchan, tashabbuskor, intelektual salohiyati yuksak kadrlargina dunyoga tanitadi, uning rivojiga hissa qo‘sha oladi. Bularning barchasini inobatga olgan holda, biz ushbu tadqiqot ishimizda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining obrazli tafakkurni shakllantirish dolzarb masalalardan deb topdik.



Yüklə 68,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin