Jismoniy madaniyat shakillari



Yüklə 107 Kb.
tarix26.03.2023
ölçüsü107 Kb.
#90065
JISMONIY MADANIYAT SHAKILLARI




JISMONIY MADANIYAT SHAKILLARI


Reja:



Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fan sifatida.


Jismoniy madaniyatning shakli va funksiyasiga xarakteristika.


Jismoniy madaniyat fanining boshqa fanlar bilan bog’liqligi.


Jismoniy tarbiyaning maqsadi va vazifalari.


Jismoniy mashqlar tavifi.

Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fan sifatida.



Jismoniy tarbiya nazariyasi (umumiy asoslari) fan sifatida
jismoniy tarbiya, jismoniy madaniyat va sport bo‘yicha mutaxassislami
tayyorlashda hamda maxsus bilim olishda asosiy fan hisoblanadi.
Pedagogika institut va Universitetlarida jismoniy tarbiya fakultetlarining
o‘quv rejalarida bu fan jismoniy tarbiya nazariyasi jismoniy madaniyat
va sport haqida bilimlaming to‘la tizimida o‘tish kursini ta’minlaydi.
Uning mazmunini jismoniy madaniyat nazariyasining asoslari,
jismoniy tarbiya, akademik Iitsey va kasb-hunar kollejlarda, katta va
keksa yoshdagi kishilami jismoniy tarbiyasi hamda sport mashg^lotlari
tashkil qiladi. Jismoniy tarbiya ijtimoiy hodisalarga taalluqlidir.
Bu hodisalarni tavsiflash uchun talablar: jismoniy tarbiyaning
kelib chiqish sabablari; uning jamiyat hayotida tutgan o‘mi; jismoniy
tarbiyaning tarixiyligi mavjud.
Prezidentimiz o‘zining f,0 ‘zbekiston XXI asrga intilmoqda»
nomli kitobida; «Ma’naviyat haqida gap ketar ekan, men, awalo,
insonni ruhiy poklanish va yuksalishga da’vat etadigan, inson ichki
olamini boyitadigan, uning iymon-irodasini, e’tiqodini mustahkamlaydigan, vijdonini uyg‘otadigan qudratli kuchni tasawur qilaman» degan.
Bu esa keng qamrovli, chuqur ilmiy gcoya yangicha fikr, ta’limtarbiyaning yangicha metodik asosini boshlab beruvchi yo‘nalishlardan
biridir. Jismoniy tarbiyaning rivojlanishida mehnat faoliyatining
mazmuni va xarakteri, fan yutuqlari va boshqa omillaming ahamiyati
kabilami anglab olishlari shart. Shuni qayd qilib o‘tish kerakki, bu
omillar jismoniy tarbiyaga alohida-alohida emas, balki murakkab
bogMangan holda ta’sir ko‘rsatadi. Jismoniy tarbiyaning mohiyatini
tushunish uchun, eng awalo, uning maxsus mazmunini aniqlash lozim.
Jismoniy tarbiya har xil, ya’ni ijtimoiy va tabiiy fanlar tomonidan
o‘rganiladi: jismoniy tarbiya nazariyasi, sport fiziologiyasi, sport
psixologiyasi, jismoniy mashqlar biomexanikasi hamda sport turlarining
nazariyasi, uning metodikasi va h.k.
Jismoniy madaniyat nazariyasi - pedagogik fandir. U inson
barkamolligini boshqarishning umumiy qonunlarini, shuningdek, bu
qonuniyatlar asosida 0 ‘zbekiston fuqarolarining jismoniy tarbiyasi
vazifalarini, metodlarini va ish maqsadlarini aniqlaydi; Jismoniy tarbiya nazariyasining mazmuni jismoniy kamol toptiradigan va Vatan
mudofaasiga tayyorlaydigan tarbiya to‘gcrisidagi bilimlami tashkil qiladi.
Jismoniy madaniyat nazariyasi jismoniy tarbiya amaliyotidagi
hamma turlarni hamda aralash fanlarning dalillarini umumlashtiradi.
Buni o‘rganish hamma sport-pedagogik mutaxassislariga umumnazariy
asos boMadi. Chunki tarbiyani, awalo, insonning o‘ziga qaratilganligi
Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqib amalga oshirilayotgan "0‘zbek
modelida" aniq ko‘rsatilgan - o‘zligini anglash birinchidan, uning ozod,
erkin, nodir, ulug4 siymoligini anglash va o‘zida unga amal qilish
sifatlarini shakllantirib borish bo‘lsa, ikkinchidan, uning o‘ziga xos
milliy-insoniy sifatlarini ochib beruvchi etnik, ma’naviy - insoniy
asoslarini anglash va ularga amal qilishdan iboratdir. Jismoniy
madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining boMimlarida jismoniy
madaniyatning umumiy ta’lim hamda kasb-amaliy tayyorgarligidagi va
kundalik turmushdagi xususiyatlari o‘rganiladi. Shuningdek, sport
jismoniy tarbiyaning asosiy unsurlaridan biri hamda sport faoliyatining
maxsus shakli sifatida tahlil qilinadi.
Shunday qilib, jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kursi
jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashda maxsus
kasb-hunar ta’limining ilmiy fundamentiga kirituvchi kengaytirilgan
bilimlar majmuasini o‘z ichiga oladi. Uning ahamiyati faqat bu bilimlar
qiymati bilan ifodalanmaydi, u bo‘lg‘usi mutaxassisga jismoniy
madaniyatning butun sohalarida kasbiy-faoliyat mazmunini toMiq
tushunishiga imkoniyat beradi, uning dunyoqarashini o‘zgartiradi,
jamiyat sohasidagi boshqa ishchilarning umumiy ishlari bilan bog‘laydi
va shu yangi tipdagi bilim, metodlami egallashni, zarur boMgan kasbga
nisbatan dunyoqarashini shakllantirishga yordam beradi. Jismoniy
madaniyat nazariyasi va metodikasi - bu inson jismoniy kamolotini
boshqarishning umumiy qonuniyatlari haqidagi fandir. Bu fanni egallash
jismoniy tarbiyaning barcha bo‘g‘inlariga tegishli masalalami hal
qilishga to‘g‘ri yondashish imkonini beradi.


2.Jismoniy madaniyatning shakli va funksiyasiga xarakteristika.
Ijtimoiy fanlarda "funksiya" atamasi matematika, fiziologiya va
boshqa fanlarga qaraganda boshqacha ma’noga ega. Jamiyatshunoslikda
bu atama (ya’ni "funksiya") qatnashmoq, ta’sir etmoq, faoliyatida
qatnashmoq va shu kabi tushunchalar bilan chambarchas bog’langan.
Demak, jismoniy madaniyat funksiyasi deganda insonga va insoniy
munosabatlarga bo’lgan shaxs va jamiyatning ayrim talablarini
qondiruvchi va rivojlantiruvchi obyektiv xususiyatlarini tushunish
lozim. Bundan shu narsa kelib chiqadiki, jismoniy madaniyat
funksiyalari o‘z-o‘zidan emas, balki madaniy boylikka mos ravishda
foydalanishga yo‘naltirilgan insonning faol harakat faoliyati orqali
amalga oshiriladi. Agar bir odam gimnastika yoki boshqa sport bilan
shug‘ullangan bo’lsa, jismoniy madaniyatning bu komponentlaridan
foydalanish jarayonida uning ta’sirini to’liq sezadi, harakatdagi tabiiy
talablarini qondiradi va shu bilan birga jismoniy madaniyat bilan shug‘ullanuvchi boshqa odamlar bilan u yoki bu munosabatda bo’ladi.
Shunday qilib, jismoniy madaniyat funksiyalarida, harakat jarayonida
uning mazmuni oydinlashib, shaxs hamda butun jamiyat uchun
ahamiyati ko‘rsatiladi.
Jismony madaniyat funksiyalari boshqa funksiyalar kabi amaliyotda
Bo’ladigan ma’lum shakllardan ajraladi. "Shakllar" atamalari bu yerda
jismoniy madaniyatning tarkibiy turlarini, ya’ni tarkibiy aniqlikni
bildiradi.
Jismoniy madaniyat jamiyat va inson faoliyatining asosiy sohasidagi
Bog’lanishlar hamda o‘zaro qonuniy munosabatlar turlarining
yigindisisanaladi.
Jismoniy madaniyatning o‘ziga xos funksiyalari awalo shunday
xususiyatlarga egaki, ular insonning harakat faolligiga oid tabiiy
talablarni qoniqtiradi. Shu asosda - jismoniy holatini hamda sog’liqni
mustahkamlash qonuniy atlariga mos ravishda organizmni rivojlantiradi
va hayotda zarur bo’lgan jismoniy qobiliyatni ta’minlaydi. Jismoniy
madaniyatning o‘ziga xos funksiyalari mavjud. Ular quyidagicha
farqlanadi:
1. Ta’limiy maxsus funksiyalar - umumiy ta’lim tizimida ko‘nikma
va malakalar bilan bog’liq bo’lgan bilimni muntazam shakllantirish;
2. Amaliy maxsus funksiyalar - amaliy tizimda mehnatga va kasbiy
yo‘nalishga qaratilgan;
3. Sport funksiyalari - yuqori natijalarni ko‘rsatish, bor
imkoniyatini ishlata bilishga qaratilgan;
4. Rekreativ va sog’lomomlashtiruvchi - tiklovchi maxsus funksiyalar
- dam olishda jismoniy mashqlarni ishlata olish, tiklash maqsadida
Qo’llash;
5. Jismoniy madaniyatdan jamiyat foydalanish bilan bog’liq bo’lgan
umumiy-madaniy, tarbiyaviy va boshqa ijtimoiy funksiyalar o‘zining
jismoniy tayyorgarligini, sog’ligini qanoatlantirishga qaratilgan.
Bazaviy jismoniy madaniyatga, birinchi navbatda, o‘sib kelayotgan
yosh avlodga ta’lim berish va tarbiyalash tizimiga xos jismoniy
madaniyatning fundamental qismi kiritiladi. Umumiy jismoniy
tayyorgarlikning bazasi - negizi va asosiy jismoniy ta’lim hisoblanadi.
Shunday qilib, bu yo‘nalishda jismoniy madaniyatdan foydalanish
asosida erishilgan natija jismoniy madaniyatning asosiy shakli -
"Jismoniy madaniyat maktabi" deyiladi. Chunki birinchidan, 11-12 yil
davomida turmushda, hayotda zarur bo’lgan ,harakat ka‘nikma va
malakalarga ega bo’ladilar; ikkinchidan, tanlab olingan ya’ni maxsuslashtirilgan sport turlariga, amaliy maxsus yo‘nalishlarga
ko'maklashadi va ularning fundamental negizi hisoblanadi. Bunday
jismoniy tayyorgarlikni, sportga yo‘nalishni va boshqalarni jismoniy
madaniyat negizi amalga oshiradi va imkoniyat yaratadi. Shuning uchun
ham bu maxsus funksiya deyiladi.
2. Sport - jismoniy madaniyatning komponenti sifatida
Oldin aytib o ‘tilganga ko‘ra zamonaviy sport turlarining ko'pchiligi
jismoniy madaniyat maxsus elementlari sifatida shakllana borgan.
Boshqa komponentlarga qaraganda sport jismoniy sifatlarni va u bilan
bevosita bog’liq bo‘lgan inson qobiliyatlarini asta rivojlantirish uchun
keng imkoniyatlar yaratib berilgan.
Sportning maxsus funksiyalari "yuqori sport yutuqlarida va
ommaviy sportda" bir xil ifodalanmagan. Katta sport yuqori natijalarni
ko‘rsatishga, rekord natijalarni ko‘rsatishga, butun imkoniyatlarini shu
natijani ko‘rsatish uchun sarflaydi, muntazam mashq qilib tayyorgarlik
ko‘radi. Ommaviy sport - ommaviylikni oshirishga imkoniyat yaratadi.
Jismoniy madaniyat negizi umumiy jismoniy tayyorgarlikni saqlash va
oshirishga qaratilgan.
3. Kasb - amaliy jismoniy madaniyat. U xususiy kasb-amaliy va
harbiy-amaliy jismoniy madaniyatga bo’linadi.
Kasb-amaliy jismoniy madaniyat va bazali jismoniy madaniyat
umumiy jismoniy tayyorgarlikni tashkil qilish asosida kasb-amaliy
jismoniy tayyorgarlik ko‘riladi.
4. Sog’lomlashtiruvchi - tiklovchi jism oniy madaniyat. Jismoniy
madaniyatning bu bo’limi jismoniy mashqlardan kasallikni davolovchi
va kasallik, shikastlanish, charchash va boshqa sabablarga ko‘ra
buzilgan yoki yo‘qotilgan organizm funksiyalarini tiklovchi vosita
sifatida ajralib chiqdi - davolovchi gimnastika, vaqtni nazorat qilgan
holda yurish, yugurish va h.k.
5. Fonli jismoniy madaniyat. Bunga gigiyenik jismoniy madaniyat
(ertalabki gigiyenik gimnastika, sayrlar va boshqa jismoniy mashqlar
bo4lib, katta yuklama bilan bog’liq bo’lmaydi) va reaktiv jismoniy
madaniyat (faol turizm, ov, jismoniy madaniyat, sport o ‘yinlari va
ko‘ngil ochishlar) kiradi.
6. Jismoniy-madaniyat va boshqa madaniyat bo‘lim!arining
birlashgan komponentlari:
A) Jismoniy madaniyat teatrlashtirilgan shakllari - Jismoniy
madaniyat paradlari, ko‘rgazmali sport chiqishlari va h.k..
В) Jismoniy madaniyat arxitekturasi. Jismoniy madaniyat -
jismoniy tarbiya nazariyasining eng keng tushunchasidir. U yuqorida
ko‘rib o ‘tilgan hamma tushunchalarni o'z ichiga oladi. Boshqacha
aytganda, jismoniy tarbiya poydevorini qurish demakdir.

3.Jismoniy madaniyat fanining boshqa fanlar bilan bog’liqligi.
Jismoniy tarbiya - insonni jismoniy kamolotga erishishiga
yo‘naltirilgan pedagogik jarayondir. Jismoniy madaniyat jarayonida
aqliy, axloqiy, estetik tarbiya va mehnat tarbiyasi amalga oshiriladi.
Jismoniy madaniyat nazariyasi ijtimoiy, tabiiy va pedagogik fanlar bilan
Bog’liqdir.
Jismoniy madaniyat nazariyasining g‘oyaviy asosi shaxs haqidagi
falsafiy ta’limot hisoblanadi.
Jismoniy madaniyat nazariyasining ilmiy-tabiiy asosi (anatomiya,
fiziologiya, gigiyena, bioximiya, biomexanika va boshqalar) fanlar
majmuasidan tarkib topgan. Tabiiy fanlar sohasida erishgan yangi
yutuqlar jismoniy tarbiya nazariyasi tomonidan jismoniy mashqlarni
o ‘rgatish usullari, vositalarini tanlashni asoslash, qo‘yilgan vazifalarni
hal etishning samarali yo‘llarini ishlab chiqishda foydalaniladi.
Biomexanika harakat texnikasini tadqiqot qila borib, uni bajarilishni
baholashga, xatoliklarni yo‘qotish y o ‘llarini belgilashga hamda harakat
malakalarini shakllantirishda eng yaxshi natijalarga erishishga yordam
beradi.
Bioximiya tomonidan jismoniy mashqlar bajarilish ta’sirida kishi
organizmida, jumladan, muskullarda bo‘ladigan ximiyaviy jarayonlami
o ‘rganish natijasida olgan ma’lumotlar ularni o ‘tkazish metodikasini
takomillashtirishga yordam beradi.
Tabiiy fanlar asosida erishilgan yangiliklar jismoniy tarbiya
nazariyasi jismoniy mashqlarga o‘rgatishning vosita va usullarini tanlash
uchun, mashg'ulotlarni o ‘tkazish metodikasini ishlab chiqishga
imkoniyat yaratadi.
Jismoniy madaniyat nazariyasi pedagogik bilimlar tizimiga kiradi.
Psixiologiya, pedagogika, sportning ayrim turlari (gimnastika, yyengil
atletika, sport o ‘yinlari, suzish va boshqalar) jismoniy tarbiya nazariyasi
va metodikasi bilan chambarchas bog‘langan, jismoniy mashqlarga
o ‘rgatish usullariga tayanadi.
Harakatga o 4rgatish masalalarini ishlab chiqishda jismoniy tarbiya
nazariyasi o‘rgatishning umumiy didaktik, prinsiplari va metodlariga,
aqliy, axloqiy, nafosat, mehnat va boshqa tarbiya metodlariga tayanadi.
Jismoniy madaniyat nazariyasining vujudga kelishi
Jismoniy madaniyat tarixi madaniyatning boshqa sahifalariga
nisbatan ilmiy tadqiqot jihatidan kechroq fan sifatida yuzaga keldi.
Uning rivojlanishi ma’lum vaqt maxsus bilimlar tizimini shakllantirish
bilan umuman bog’liq bo’lmagan, deb hisoblash mumkin emas. Albatta.
jismoniy madaniyat shakllanib borgan, lekin uzoq vaqt empirik
xaraktyerga ega bo’lgan.
Jismoniy harakat amaliyotida keng qo’llanishi bilan jismoniy
madaniyat jamiyat hayotida muhimroq hodisa bo’lib qolgan hamda
uning ilmiy tushunib olinishida talab kuchaygan. Shu bilan bir vaqtda
haqiqiy imkoniyatlar osha boshlagan.
Mamlakatimizda jismoniy tarbiya nazariyasining asoslari buyuk
olimlar va jamoat arboblari tomonidan ilgari surilgan.
Jismoniy tarbiya tizimining tuzilishi, uning ilmiy asoslari
avlodlarning jismoniy va har tomonlama garmonik rivojlanishi hamda
jismoniy ta’limning rivojlanishi uchun optimal sharoitlarni yaratishda
ko‘pgina ilmiy va amaliy yutuqlami o ‘zida ifodalaydi.
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasini umumlashtiruvchi
qonuniyatlar kengaytirilgan, monografik bayonga ega bo’ladi hamda
oliy jismoniy madaniyat ta’limining o‘quv fani sifatida shakllantiriladi.
Jismoniy madaniyat bilan bevosita bog’langan maxsus fan orasida
jismoniy tarbiya nazariyasi umumlashtiruvchilardan biridir. I.ekin u
jismoniy madaniyatning umumiy nazariyasini butunligicha bayon eta
olmaydi, chunki jismoniy madaniyat faqat jismoniy tarbiya shaklida
mavjud emas.
Jismoniy madaniyat sohasidagi yana bir umumlashtiruvchi ilmiy
bilim sifatida rivojlangan bo’limlardan biri ’’sport nazariyasi” dir. Uning
tezkorlik bilan rivojlanishida, ayniqsa, so‘nggi bir necha 10 yilliklar
davomida katalizator sifatida olimpiada va umuman xalqaro sportda
erishiladigan ulkan yutuqlar xizmat qilmoqda. U o ‘z holicha tabiiy
laboratoriya bo’lib, inson qobiliyatini aniqlash va maksimal
rivojlantirishning yangidan-yangi yo’llarini aniqlashning yirik tadqiqot
resurslarini jalb etadi. Bu albatta sport haqidagi ilmiy bilimlami
tezkorlik bilan to‘plashda o‘z ifodasini topdi Sport nazariyasi hozirgi kunda dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida
sport bo‘yicha professional mutaxassislarni tayyorlashdagi asosiy fan
sifatida shakllana boshladi. Shu bilan bir qatorda jismoniy madaniyatdan
foydalanishning ijtimoiy mehnatda muhim hamda an’anaviy jismoniy
tarbiya va sportga moslashtirilmaydigan komponent va shakllarining bir
qanchasi oxirgi vaqtda fandan foydalanish sohasidan chiqarib
tashlanganday bo’ladi.
A w alo gap insonni jismoniy madaniyatga mustaqil yaqinlashtirish
shakllari, ishlab chiqarishdagi jismoniy madaniyat, madaniyatning
sog’lomlashtiruvchi - tiklovchi va ayrim boshqa shakllari haqida boradi,
bulaming hammasi ahamiyatning bo‘sh vaqtini, dam olish va madaniy
faoliyatini ko‘proq tug'diradi. Ommaviy jismoniy amaliyotning bu
kengaytirilgan bo’limlari muhim ilmiy ta’minotni talab etadi.
Jismoniy madaniyat bog’liq bo’lgan hodisalarni o ‘rganuvchi ilmiy
fanlar ko‘p vaqt ichida differensiya yo’li bilan olib borilgan. Buning
natijasida jismoniy madaniyatning ayrim tomonlariga qisman tegishli
bo’lsa ham, ko‘pgina xususiy fanlar vujudga kela boshladi. Shularning
bir qismi amaliyotning jismoniy-sport bo’limida katta o ‘rin egallab,
ixtisoslashtirilgan kasbiy bilimlami o ‘z ichiga olgan. Boshqa qismi
maxsus tabiiy fanlarni o ‘z ichiga olgan (anatomiya, fiziologiya,
biologiya, biomexanika, tibbiyot, gigiyena, psixilogiya va h.k.) bo’lib,
ular jismoniy madaniyat sohasida vujudga kelmasdan, balki tarmoq
sifatida kengaytirilgan. Shu bilan bir vaqtda umumlashtiruvchi fanlar
shakllana boshlagan. Masalan: XX asr davomida jismoniy madaniyat
institutlarining birinchi o ‘quv rejalariga jismoniy madaniyat nazariyasi
va umumiy metodikasi kompleks fan sifatida kiritilgan. Lekin talab
etilgan aniq materiallarning to’liqmasligi va ayrim boshqa sabablar
fanning butun ilmiy ko‘rinishida shakllanishiga halaqit byergan. So‘nggi
10 villiklarda fanning turli sohalarida informatsiyaning tez o‘sishi bilan
Bog’liq ravishda ilmiy bilimlami integratsiyalash oqimi kuchayib boradi.
Gap shundaki, inson faoliyatining u yoki bu faoliyatiga qisman ta’sir
etadigan xususiy ilmiy ma’lumotlarning to‘planishi o‘z holicha ishning
mazmunini toMa tushunishga kafolat bermaydi hamda amaliyotni ilmiy
optimizatsiyalash uchun yetarii asos bo’lmaydi. Bundan tashqari,
umumiy nazariya mantiq jihatidan tartibli keltirilmagan xususiy
ma’lumotlar to‘plamini butunlay tushunishdan chetlashishi ham
mumkin. Shuning uchun ham, zamonaviy dunyo miqyosidagi ilmda
"informatsiya oqimi" xavfi ta’sirida tahlil qilish yo’li bilan
foydalanishga va umumiy nazariyalami ishlab chiqarishga e ’tibor
kuchayib, ular ko‘pgina xususiy ma’lumotlami integrallashga, haqiqiy
dunyoning bir butunligini ifodalovchi umumiy konsepsiyaga
birlashtirishga olib keladi. Shunday qilib, jismoniy madaniyat nazariyasi
deb shartli ravishda keng ma’noli jismoniy madaniyat amaliyotida
nazariy ifodalovchi bo’limlarning barcha to‘plamiga aytiladi hamda u
yoki bu qonun-qoidalarni tushuntiradi, uni ratsional tarzda boshqarishga
xizmat qiladi.
Jismoniy madaniyat nazariyasi shakllanishining salmoqli ta’siri
sotsiologiya, antropologiya, ijtimoiy psixologiya, ijtimoiy jarayonlami
tashkil etish va boshqarish umumiy nazariyasi, tarbiyaning umumiy
nazariyasi va ko‘pgina boshqa umumlashtiruvchi fanlar rivojlanishida
seziladi.

4. Jismoniy tarbiyaning maqsadi va vazifalari.
Jismoniy tarbiyaning maqsadi yoshiarni jismonan sog’lom,
baquwat; Vatan mudofaasiga, hayotga va mehnatga tayyorlashdir. Bu
maqsad mamlakatimizda kishilarning jismoniy tarbiyasini amalga
oshiruvchi hamma muassasa va tashkilotlar uchun yagonadir.
Ko'rsatilgan maqsad asosida 1) sog’lomlashtirish; 2) ta'limiy; 3)
tarbiyaviy vazifalar hal etiladi.
Suyak, bo‘gin tizimi, tana holati, shuningdek, tarkibiy qismlarining
turli yo‘nalishlarda harakatlanish imkoniyatini ta’minlaydi. Suyak
apparati bog’lam va bolg ‘inlarini to4g ‘ri va vaqtida rivojlantirish tanani
me’yorda ushlab turishni hamda hamma organ va tizimlar rivojlanishini
ta’minlaydi. Umurtqa pogconasining qiyshayishi, bukirlik, yassioyoqlik
muhim organlarning faoliyat jarayonini buzadi, bu esa kelajakda kasallikka olib keladi. Bolalarda suyak tizimi nisbatan bo‘sh, chunki unda bir
qancha nayhujayralari bo’ladi: bo‘g’lnlar ancha harakatchan, bog’lash
apparati oson cho‘ziladi, paylari kattalarnikiga qaraganda bo‘sh va kalta.
Shu munosabat bilan suyakning qotishi, umurtqa pog‘onasi
egiluvchanligi, bo'gin apparati oson cho‘zilishi va mustahkamlanishi
uchun to‘gri va o ‘z vaqtida yordam berish zaruriyati kelib chiqadi.
Undan tashqari, tana qismlari nisbatini to‘g ‘ri rivojlantirishga, bo‘yi va
tana massasini boshqarishga imkon berish zarur.
Muskul tizimi tananing ayrim qismlarini ma’lum holatda
mustahkamlaydi va bu holatni o‘zgartiradi, ya’ni muvozanatni saqlagan
holda harakatni bajaradi, shuningdek, himoya vazifasini bajaradi —
suyak tizimini ichki organlar urilishlaridan, sovuq oldirishdan saqlaydi.
Bolalarda muskullar nisbatan bo‘sh rivojlangan va tana massasining 20-
22-%ini tashkil etadi. Ayniqsa, yangi tug’lIganlarda qo’l va oyoq
muskullari bo‘sh, sekin qisqarib, uzoq vaqt to‘grilana olmaydi.
Chaqaloqning birinchi oylarida muskullarning egilish tonusi
tocgrilanish tonusidan yuqori bo’ladi. Bolalar muskullarida suv ko‘p
bo’lib, oqsil moddalari va yog‘ kam bo’ladi. Ayrim muskullarning
rivojlanishi bir tekisda bo’lmaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda
muskullarning hamma guruhlarini rivojlantirish zarur. Muskullarning
sust rivojlangan guruhlarini mustahkamlashga alohida e ’tibor berish
zarur. Yurak-tomir tizimi boshqa tizimlarga nisbatan oldinroq faoliyat
ko‘rsata boshlaydi. Bola tug’llishida yurak-tomir tizimi ancha yetuk
boMadi. Bolalarda qon tomirlari kattalarnikiga qaraganda ancha
kengroq. Shuning uchun qon bosimi kamroq, lekin u yurak qisqarish
tezligi bilan moslashib boradi. Yurak qisqarish ritmi oson buziladi.
Yurak kuchlanishli ishdan tez charchaydi va tez o ‘zgaruvchan faoliyatga
birdan moslasha olmaydi. Kichkina bolalarda puls juda tez, daqiqasiga
140-160 marta uradi. Asta-sekin u kamayib boradi, 7 yoshga kelganda
daqiqasiga 95-85 ga yetadi. Bularni hisobga olgan holda yurak
muskullarini, shuningdek, butun tomirlar, jumladan, miya tomirlarini
ham mustahkamlashga harakat qilish kerak. Yurakka qon oqishini
kuchaytirib, uning qisqarish ritmini yaxshilash, birdan o ‘zgarib qoluvchi
yuklamaga tezda moslashuv qobiliyatini rivojlantirish zarur.
Nafas olish tizimi. Bolalarda yuqori nafas olish yo’llari nisbatan
tor, uning shilimshiq qobig’ limfatik va qon tomirlariga boy, noqulay
sharoitlarda shishib, nafas olishni keskin buzadi. 0 ‘pka hujayralari juda
nozik. Ko‘krak qafasining harakatchanligi cheklangan. Qovurgalarning
gorizontal joylashuvi va nafas olish muskullari sust rivojlangan. Sayoz
nafas olishda o‘pkaning yaxshi havo almashtirishi bo’lmaydigan
qismida havo turib qolishi ro‘y beradi.
Ko‘rsatilgan xususiyatlarga bog’liq holda ko‘krak qafasi chuqur
nafas olishi, nafas olish ritmini muqarrar etish, o ‘pka hajmini oshirish
zarur bo’lib qoladi. Bundan tashqari, bolalarni burun orqali nafas olishga
o‘rgatish zarur.
Burun orqali nafas olganda havo biroz isiydi va namlanadi. Burun
Yo’llaridan o ‘tadigan havo maxsus asbob nuqtalariga ta’sir etadi,
natijada nafas olish markazi qo‘zgalishi yaxshilanadi, chuqurroq nafas
olinadi. Og’lz orqali nafas olganda sovuq havo nafas olishning
shilimshiq qobig’lga ta’sir etib, uning kasallanishi, natijada organizmga
og‘riq beruvchi bakteriyalai lushibhi mumkin. Agar bola burin orqali
nafas olsa, shilimshiq qobiqdagi qilchalar havodagi changni ushlab
qoladi, shunday qilib havo tozalanadi.
Bolalarda, ayniqsa, yosh bolalarda ovqat hazm qilish organlari
yetarlicha rivojlangan. Muskul qobig’lning kuchsizligi natijasida ichak
harakat faoliyati tez buziladi. Ichakning tekis muskul to‘qimalarini
mustahkamlash, uning to‘g‘ri ishlashini ta’minlashi zarur.
Teri ichki organlarni va to‘qimalarni ularga mikroorganizmlar
kirishidan saqlaydi, ter chiqarish organi hisoblanadi, issiqni boshqarish
va nafas olishda qatnashadi. U sezgir asab oxiriga boy bo’lib, ular tashqi
muhit ta’sirini qabul qiladi va markaziy asab tizimiga uzatadi,
yuborilayotgan signallarga javob reaksiyasi bo’ladi. Bolalar terisi juda
nozik va tez yaralanadi.
Shuning uchun bola terisini jarohatlanishdan saqlash va uning
funksiyasini to‘g‘ri rivojlantirishga imkon berish zarur. Bola tug’llganda
uning asab tizimi o ‘zining bir qancha funksiyalarini bajarishga tayyor
bo’lmaydi. Vegitativ asab tizimi rivojlangan. Bolalarga qo‘zg‘alish va
tormozlanish uchun tekis bo’lmagan jarayonlari, kam harakatchanlik,
tormozlanishga ko‘ra qo‘zg‘alish yuqoriroq ekanligi xosdir. Shu bois
maktabgacha yoshda asab jarayonini takomillashtirishga, faol
tormozlanishni, shuningdek, harakat analizatorlari, sezgi organlarini
rivojlantirishga imkon berish zarur. Maktabgacha yoshdagi bolalarda
issiqni boshqarish kam rivojlangan bo’lgani uchun organizmni tashqi
muhitning noqulay sharoitlariga, ya’ni chiniqishni tavsiya etadi.
0 ‘zbekistonda maktabgacha tarbiya konsepsiyasida ko‘rsatilganiga
ko‘ra maktabgacha tarbiyani maqsadi bolani shaxs sifatida oyoqqa
turg‘azishdir. Oldindan tuzilgan dasturga asosan jamoa maktabgacha
tarbiya tizimi oilaviy tarbiya bilan bog’liq holda olib borilganidagina
bolalarga ham jismoniy, ham tarbiyaviy yordam berish mumkin.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashda etnik va
etnopsixologik xususiyatlarni hisobga olish zarur. Bolaning psixik va
shaxsiy rivojlanishida oiladagi tarbiya o‘zining ahamiyati jihatidan
yuqori bo’lishi kerak. Oilada bola birinchi marta o ‘z xalqining
madaniyati va turmushi bilan to ‘qnashadi, milliy odatlarni o ‘zlashtira
boradi. Oiladagi tarbiya bola himoyasini amalga oshiradi - jismoniy va
hissiy qulayliklar yaratadi. Shu narsani ta’kidlash kerakki, sobiq
umumittifoq dasturi 0 ‘zbekiston sharoitida oqlanmadi. Mintaqaviy
xususiyatlar (Jo‘grofiya, yil fasllarining davomiyligi), jismoniy tarbiya
tizimiga original yondashishni talab etadi, uning muvaffaqiyatli
bo’lishiga bolaning psixologik sog’ligi ko‘p jihatdan bog’liq bo’ladi.
Iqlim sharoiti bolalar faoliyatining ko‘p qismini ochiq havoda
tashkil etishga imkoniyat yaratadi (bunga barcha amaliy mashg‘ulotlar
kiradi). Bolalar faoliyatini mumkin qadar tabiiy shakllarga
yaqinlashtirish bolaning harakatga bo’lgan talabini hisobga olishdir.
Bolalarni o ‘z kuchiga qarab ishga jalb etish har doim ham
emotsional hissiyotini hosil qiladi hamda faollikdagi bolalar talabini
amalga oshiradi. Maktabgacha tarbiya muassasalarida yoshlardan
boshlab sog’liqni saqlash an’anaviy tus olish lozim.
Ta’limiy vazifalar. Maktabgacha ta’lim va boshlang’lch ta’lim
yoshidagi bolalarni jismoniy tarbiyalash jarayonida ta’limiy vazifalarni:
harakat malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish, jismoniy sifatlarni
rivojlantirish, to‘g‘ri qaddi-qomat, gigiyena ko‘nikmalarini singdirib
borish, maxsus bilimlami egallash, mustaqillik ko‘nikmasini singdirish
kabilarni ham hal etib borish zarur.
Asab tezligining elastikligi tufayli harakat malaka va ko‘nikmalari
ancha oson shakllanadi. Ko‘pgina harakatlar (emaklab yurish, yugurish,
velosiped uchish va boshqalar) oddiy hayotda bolalar tomonidan ko‘p
foydalaniladi, bu esa atrof-muhit bilan aloqani yengillashtiradi va uni
bilish imkonini beradi. Emaklay boshlagan bolaning o‘zi uni qiziqtirayotgan buyum oldiga kelib kuzata boshlaydi. Velosipedda uchuvchi bola
havoning, suzishni biluvchi bola esa suv xossalarini yaxshi bilib oladi.
Mustahkam harakat ko‘nikma va malakalari jismoniy kuchni tejashga
imkon beradi. Chunki harakatlar oson, kuchlanish katta bo’lmagan holda
bajariladi. Mashq bajarishga asab-muskul energiyasi kam sarflanadi.
Mustahkam shakllangan harakat malaka va ko‘nikmalaridan foydalanish harakat jarayonida, ayniqsa, o‘yin faoliyatidagi ko‘nikmagan
holatlarda vujudga keladigan vazifalarni tushunib olishga imkon beradi.
7 yoshgacha bolalarda shakllangan harakat malaka va ko‘nikmalari
maktabda uni takomillashtirib borish uchun fundament bo’ladi,
murakkabroq harakatlarni egallashni yengillashtiradi va kelajakda sport
sohasida yuqoriroq natijaga erishishga imkon beradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda shakllantirib borish zarur bo’lgan
harakat malaka va ko‘nikmalarining hajmi "Bolalar bog‘chasida tarbiya
dasturi"da berilgan, lekin u maktabgacha tarbiya muassasalaridagi
sharoit, bolalar tayyorgarligi, tarbiyachilar tajribalari va bilimlariga
ko‘ra kengaytirilishi mumkin.
Barvaqt yoshdan boshlab bolalarda jismoniy sifatlarni rivojlantirib
borish zarur. Agar bolada asosiy jismoniy sifatlar u yoki bu darajada
rivojlanmagan bo’lsa, u hatto oddiy mashqlarni ham bajara olmaydi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda o ‘tirgan, turgan va yugurgan
vaqtda tanani to‘gri shakllantirib borish juda muhimdir. To‘g ‘ri qaddiqomat butun ichki organlar va bola organizmi tizimining bir me’yordagi
faoliyati uchun katta ahamiyatga ega. Bog‘chada va oilada shaxsiy va
jamoa gigiyenasi malaka va odatlarini (qo’llarni yuvish, jismoniy
mashqlarni bajarishdan oldin zarur xonaga borish, tana, kiyim, oyoq
kiyim, o‘yinchoq jihozlari, xona va h.k. tozaligi haqida g‘amxo‘rlik
qilish)ni singdirib borishga katta e ’tibor berish zarur. Bolalaming
sog’lig’ ko‘p jihatdan shularga ham bog’liq.
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun yil davomida jismoniy tarbiya
bilan bog’liq bilimlami (mashg‘ulotlar foydasi, mohiyati, jismoniy
mashqlar va jismoniy tarbiya sifatlarining ahamiyati va h.k) berish va
singdirib borish muhimdir. Bolalar tana qismlarining nomlarini, harakat
yo‘nalishlarini (yuqoriga, pastga, oldinga, o ‘ngga, chapga), sport
jihozlarining nomlarini bilishlari zarur.
3. Tarbiyaviy vazifalar. Bolalarda yoshligidan kun tartibiga qat’iy
rioya qilish odatini, kundalik jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish
odatlarini singdirish uchun bog‘chada va uyda bu mashqlar bilan
mustaqil shug‘ullanish ko‘nikmasini rivojlantirib borish zarur. Bolalarga
o‘z tengdoshlari va kichkintoylar bilan jismoniy mashqlar, shu
jumladan, harakatli o ‘yinlar tashkil etish va o‘tkazishni o ‘rgatib borish
muhim. Jismoniy tarbiya jarayonida axloqiy nafosat, mehnat tarbiyasini
amalga oshirish uchun ko‘pgina imkoniyatlar mavjud.
Jismoniy mashg‘ulotlar to‘g ‘ri tashkil etilganda ijobiy
xususiyatlarini tarbiyalash uchun, axloqiy sifatlarni, shuningdek,
irodaviy sifatlarni namoyon etishda qulay sharoitlar yaratiladi.
Yaxshi yo’lga qo‘yilgan jismoniy tarbiya ko‘p jihatdan bolalaming
aqliy rivojlanishiga, nutqni rivojlantirishga imkon beradi.
Jismoniy mashg‘ulotlarda bolalarda psixik jarayonlar, shuningdek,
fikrlash jarayonlari (kuzatish, taqqoslash, taqlid qilish) rivojlanib boradi.
Bolalar o ‘zlari egallagan bilim va ko‘nikmalarni, mustaqillik, fikr
yurituvchanlik, topqirlikni namoyon etgan holda ijodiy foydalana
olishga intilishlari zarur.
Jismoniy tarbiya nafosat tarbiyasini amalga oshirishga imkon
beradi. Jismoniy mashqlarni bajarish vaqtida go‘zaIlikni, qaddi-qomatni,
harakat ifodasini, kiyim, jismoniy tarbiya jihozlarini, atrof-muhit
holatini qabul qilishga, sezish, tushunish va to‘gri baholash qobiliyatini
rivojlantirish, harakat va so‘zIarda uchrab qoladigan qo‘pol holatga
qarshi kurashishni rivojlantirish zarur.
Jismoniy tarbiya jarayonida mehnatga tayyorlash amalga oshiriladi:
bolalarda sog’liq mustahkamlanadi, harakat ko‘nikmalari shakllanadi,
mehnat uchun zarur jismoniy sifatlar, harakat ko‘nikmalarini va mehnat
jarayonlarini tezda egallash qobiliyati rivojlanadi. Bundan tashqari, xona
va maydonni jihozlash (sakrash uchun qumli chuqurchalarni qurish va
h.k) bilan sport jihozlarini tayyorlash va tiklash, (irg4itish uchun
xaltachalarni tikish, irg’ltish uchun nishonlar tayyorlash va h.k) bilan
ularni tozalikda saqlash (gimnastik devor, to‘plar, tayoqchalar,
gardishlar, velosipedlar, gimnastik to‘shak!ar va h.k changini artishlari)
bilan bog’langan holda mehnat ko‘nikmalarini egallaydilar, bolalarda
kattalar mchnatiga hurmat tarbiyalanadi.
Xalqimizning Shiroq To‘maris, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur
kabi qanchadan-qancha jasur qiz-o‘g ‘lonIari Ona Vatani va xalqining
himoyasi yo’lida mardlik ko‘rsatib, tarixda o ‘zlarining o ‘chmas izlarini
qoldirganlar. Ularning nomlarini asrlar osha muqaddas bilib, tilga
olamiz.
Yüklə 107 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin