Biologiyadan ham xuddi matematika, fizika, kimyo fanlari kabi darsliklar bilan bir qatorda masala va mashqlar to‘plami ham kerak. Bu fikr pedagogik jamoa tomonidan ham qo‘llab quwatlanadi
1.1 Biologiyadan ham xuddi matematika, fizika, kimyo fanlari kabi darsliklar bilan bir qatorda masala va mashqlar to‘plami ham kerak. Bu fikr pedagogik jamoa tomonidan ham qo‘llab quwatlanadi. Hozirgi vaqtda biologiya o‘qituvchilari uchun masala va mashqlar bo‘yicha A.T.G’ofurov, S.S.Fayzullaev, U.E.Raxmatov- laming “Genetikadan masala va mashqlar” o‘quv qo‘llanmasi, Almatov va boshqalar tomonidan chop etilgan “Genetikadan masa- lalar” kabi qo‘llanmalar mavjud.
Bu qo'llanmaning asosiy maqsadi birinchidan o‘qituvchilar va pedagogika oliy o‘quv yurtlarining biologiya yo‘nalishi talabalarini biologiyadan har xil tipdagi masalalar va ulaming ishlash metodikasi bilan tanishtirish, ikkinchidan o‘qituvchilar uchun o‘quvchilar bilan ishlash jarayonida foydalanish uchun qator masalalami taklif etishdir.
Ushbu biologiyadan masalalar va mashqlar yechish o‘quv qo'llanmasida biologiyadan turli hisoblashga doir, eksperimental xususiyatiga ega boMgan masala va mashqlar keltirilgan. Qo‘llan- mada keltirilgan masala va mashqlar ayni vaqtda qo‘lla-nilayotgan o‘quv dasturi va ishchi dasturiga mos ravishda ishlab chiqilgan. Biologiyaning turli yo‘nalishlaridan keltirilgan masalalar yechimi biologik qonuniyatlami, tabiat inomlaridan to‘g‘ri foydalanish, alohida hayvon va o‘simliklaming biologiyasi hamda ekologiyasini o‘ziga xos tomonlarini chuqur o‘rganish imkonini beradi. Shuning- dek qo‘llanmada masalalar sharti, ishlash usullari, yechimlari qisqa holda bayon etilgan va metodik ko‘rsatmalar berilgan. Biologiyadan masalalar yechish o‘quvchilaming ilmiy dunyoqarashini, mantiqiy fikrlashlarini, barcha biologiya kursidan olgan bilimlarini mustah- kamlash va rivojlantirish imkonini beradi. Biologiyadan masalalar yecha olish - o‘rta maktab o‘quvchilarining amaliy hayotda zarur bo‘ladigan eng muhim malakalardan biridir. Ba’zan biologik masalalar degan so‘zdan, asosan genetika mavzulari bo'yicha yechiladigan masalalar tushuniladi. To‘g‘ri genetik masalalar biologiya o‘qitish jarayonida test topshiriqlarini tuzishda ancha qulay va genetika o‘qitish jarayonida muhim ahamiyatga ega - hayotda ham shunday masalalarga duch kelinadi. Ammo biolo- giyaga oid masalalar - biologik tushunchalar, nazariyalar, qonun, qoidalami mohiyatini ochib beradigan masalalar ham katta amaliy ahamiyatga ega. Bu masalalar o‘qituvchining o'quvchilar nazariy tayyorgarlik darajasini ancha oson bilish* o‘simlik va hayvonot olami haqidagi tasawurlarini chuqurlashtirishi, nazariy bilimlami amaliyotga tatbiq etishi, o‘quvchilaming ilmiy dunyoqarashini kengaytiraytiradi.