Boshlang'ich sinflarda perimetr va yuza (sig'IM, hajm) tushunchalarini o'zgartirish metodikasi reja



Yüklə 20,35 Kb.
səhifə1/3
tarix17.09.2023
ölçüsü20,35 Kb.
#144454
  1   2   3
BOSHLANG\'ICH SINFLARDA PERIMETR VA YUZA (SIG\'IM, HAJM) TUSHUNCHALARINI O\'ZGARTIRISH METODIKASI


BOSHLANG'ICH SINFLARDA PERIMETR VA YUZA (SIG'IM, HAJM) TUSHUNCHALARINI O'ZGARTIRISH METODIKASI
Reja:

  1. Yuza o‘lchov birligi

  2. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining matematikadan uslubiy tayyorgarligi

  3. Amaliy mashg‘ulotlar

Tekis figuralarning boshqa hossalari orasida yuzalarni o‘lchash tushunchasini kiritish amaliy usulga asoslanadi. Yuza birliklari mavzusi 4-sinfda o‘rganiladi. Yuza haqidagi boshlang‘ich tushunchalarni shakllantirishga tayyorgarlik ishi 1-2-sinflardayoq boshlanadi.


Bosma aosdagi daftarlar bilan ishlashda figuralarni bo‘yash, mehnat darslarida qog‘ozdan figuralar qirqib olish, tasviriy san’at darslarida rasm solish figurani tekislikning yopiq siniq chiziq bilan chegaralangan bo‘lagi sifatida qabul qilinishiga imkon beradi. Bolalar ko‘pincha yuzani o‘lchash tushunchasini uni ratsional hisoblash bilan aralashtirib yuboradilar. “To‘g‘ri to‘rtburchak yuzini o‘lchash nima?” olgan savolga ko‘pincha bolalar “ bu uning bo‘yini va enini o‘lchab ularni ko‘paytirish ” deb javob beradilar. Biroq to‘g‘ri to‘rtburchakning yuzini topish degan so‘z unda yuza birligi (sm2, m2) necha marta joylashgan ekanini aniqlash demakdir. O‘qituvchi bolalarni yuza tushunchasi va yuza atamasi bilan tanishtirishda amaliy ishdan foydalaniladi: stollar, partalar, kitob va daftarlar, turli figuralar sirti, yuzasi birligini, ularni matematikada “yuza” (yuz) deb atalishini suhbat mobaynida tushuntiradi. (17 rasm)
Umumlashtirish. Biz figuralar va narsalarning yangi hossasi-yuzasi bilan tanishdik. Yuza figura qanday joy egallaganini ko‘rsatadi. Yuza-bu miqdordir, chunki u bo‘yicha figuralarni taqqoslash mumkin.
Yuza o‘lchov birligi kvadrat santimetr bilan tanishtiruvchi dars fragmenti (parchasi)ni keltiramiz. O‘qituvchi. Biz narsalarning bir necha hossalarini va ularni ifodalaydigan miqdorlarni bilamiz (uzunlik, massa, sig‘im).
To‘g‘ri chiziq kesmasi uzunlikka ega to‘g‘ri to‘rtburchak, uchburchak, doira, bayroqcha esa yuzaga ega. Yuzalarni o‘lchash uchun katakchalarga bo‘lingan paletkadan foydalanamiz.
Agar paletkaning har bir katagi tomoni 1 sm dan bo‘lgan kvadrat bo‘lsa, yoki 4 ta daftar katakchasini o‘z ichiga olsa, uni 1 kvadrat santimetr deyiladi. (18 rasm).
O‘quvchilar bilan frontal ish tashkil etiladi. Ularga orqa tomonlari katakchalarga bo‘lingan quyidagi shakllar tarqatiladi ( 18 rasm)
Topshiriq. Paletka yordamida (18 rasmdagi) quyidagi figuralar yuzalarini o‘lchang. Ustma-ust tushadigan figuralar teng figuralar, ustma-ust tushmaydigan figuralar (yuzalari teng) tengdosh figuralar deyiladi
Yuqoridagi I va II varianlardagi 1-figuralar teng , 2-figuralar tengdosh, 3-figuralar teng ham emas, tengdosh ham emas.
So‘ngra kvadrat detsimetr bilan tanishtiriladi. Buning uchun 10x10 (kvadrat santimetr) li taxtachadan foydalanamiz, u 100 ta 1 kv – sm li kataklarga ega. Uning tomonlari 10 sm =1 dan bo‘lgani uchun uni 1 kvadrat detsimetr deyiladi.
1 dm 2 10 · 10 = 100 sm2
Kvadrat metr va kvadrat detsimetrlar orasidan munosabat ham shu tariqa o‘rnatiladi.
1m2 = 100 dm2 . 1m2 = 100 sm2 · 100 = 10000 sm2
Kvadrat metr va kvadrat detsimetrlar orasidagi munosabat ham shu tariqa o‘rgatiladi.
1m2 = 100 dm2 . 1m2 = 100 sm2 - 100 = 10000 sm2
Eng so‘ngi bosqichda to‘g‘ri to‘rtburchak yuzasini topish o‘rganiladi. To‘g‘ri to‘rtburchakning yuzini topish uchun uning tomonlari (bo‘yi va eni) ni o‘lchab, ularni ko‘paytiramiz. ( 19 rasm).
19-rasm
Yuza birligini kiritishga tayyorgarlik davrida beriladigan topshiriqlar quyidagicha bo‘lishi mumkin.
1.Quyidagi figuralar yuzalarini taqqoslang.
Bu ishni ular bo‘lingan kvadratchalar sonini sanash orqali amalga oshirish mumkin.( 20-rasm )
SHu figuralar yuzalarini taqqosla. Buning uchun shu figuralar qancha kvadratdan iborat ekanini aniqlang.
1 sm – yuza birligi kiritilgandan keyin beriladigan topshiriqlar quyidagicha bo‘lishi mumkin.
1.Uzunligi 5 sm va eni 1 sm bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak kvadrat santimetrlarga 22 – rasmda ko‘rilgandek bshlgan. Nechta kvadrat santimetr hosil bo‘ldi. Bu to‘g‘ri to‘rtburchak yuzi 5 sm
2. Quyidagi figuralar nechtadan kvadrat santitmetrlarga bo‘lingan. Ularning har birining yuzalari nimaga teng?
To‘g‘ri to‘rtburchak (yuzini) topish qoidasini o‘rganishi uchun quyidagi chizmalardan foydalanish mumkin.
Yuza birliklari orasidagi munosabatlarni o‘rganish va bu haqidagi bilimlarni mustahkamlash uchun quyidagi mashqlarni kiritish foydali.


  1. Kvadrat detsimetrlarda ifoda qil:8 m ; 14 m ; 40 m ; 6 m 35 dm 35 dm ; 18 m70 m; 200 m; 1000 m; 2768 sm 2.

  2. Kvadrat santimetrlarda ifoda qil:


5 m2; 7 m2; 9 m; 8 dm2; 5 dm; 35 dm:


Yüklə 20,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin