Boshlang'ich sinflarda tinish belgilarini o'rgatish metodikasi mundarija. Kirish I -bob. Tinish belgilarini doir bilimlar shakllantirish



Yüklə 57,69 Kb.
səhifə1/12
tarix19.10.2023
ölçüsü57,69 Kb.
#157557
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
BOSHLANG\'ICH SINFLARDA TINISH BELGILARINI O\'RGATISH METODIKASI


BOSHLANG'ICH SINFLARDA TINISH BELGILARINI O'RGATISH METODIKASI
MUNDARIJA.
Kirish………………………………………………………………………………. I -bob. Tinish belgilarini doir bilimlar shakllantirish. …………………………
1. 1. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini ona tili darslarida tinish belgilari bilan tanishtirishga o’rgatish……………………………………………………………
1.2.Ona tili darslarida sintaksis va punktuatsiya bo’limlarining birgalikda olib borishga bo’lim o’rgatish……………………………………………………….…
II BOB. O‘zbek tili punktuatsiyasining tamoyillari va qo’llanish qoidalari….
2.1. O‘zbek tili punktuatsiyasining tamoyillari haqida tushunchani shakllantirish…………………………………………………………….……..
2.2.Ona tili darslarida tinish belgilarini qo’llash qoidalari. Sodda gaplarda, uyushiq bo’laklarida, qo’shma va ko’chirma gaplarda tinish belgilarini qo’llanishi tushuntirish………………………………………………………………….…… … XULOSA …………………………………………………………………………
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………….…...


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Ona tili darslari fan o’qituvchilari tomonidan puxta o’ylangan, ma’lum tizimga solingan, o’quvchilar aqliy bilimlarini charxlaydigan bo’lishi lozim. Zotan, “Milliy dastur”da ko’zda tutilgan asosiy masala – O’zbekistonning kelajagi bo’lgan barkamol avlod, komil insonni tarbiyalab voyaga yetkazish jamiyatning oldida turgan muhim vazifadir.
“To’qqiz yillik (1-9- sinflar) o’qishdan iborat umumiy o’rta ta’lim
majburiydir. Ta’limning bu turi boshlang’ich ta’limni (1-4-sinflar) qamrab oladi hamda o’quvchilarning fanlar asoslari bo’yicha muntazam bilim olishlarini, ularda bilim o’zlashtirish ehtiyojlari, asosiy o’quv-ilmiy va umummadaniy bilimlarni, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy-axloqiy fazilatlarni mehnat ko’nikmalarini, ijodiy fikrlash va atrof-muhitga ongli munosabatda bo’lishni va kasb tanlashni shakllantiradi”
Kelajagimiz bo’lgan yosh avlod bilim egallashda boshlang’ich ta’limda ona
tili fanlarni chuqur, ongli tarzda o’zlashtirishlari muhim sanaladi. Shunday ekan, bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda boshlang’ich ta’limdagi fanlarni o’tishda jahon andozalariga mos va xos bo’lgan o’qitish usullaridan foydalanish muhimdir.
Kurs ishi uchun tanlangan mavzu ana shu jihati bilan ahamiyatlidir.
Bugungi kunda o’qituvchilik kasbiga nihoyatda yuksak mas’uliyatlar
qo’yilmoqda, chunki biz o’qituvchi-murabbiylar qo’liga farzandlarimiz taqdirini ishonib topshiramiz.Shu jihatdan tanlangan mavzu hozirgi vaqtda olib borilayotgan ta’lim-tarbiya ishlarining eng dolzarb mavzularidan sanaladi.

Yüklə 57,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin