Boshqaruv jarayonlarida rahbarlik faoliyatini rivojlantirish



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix13.06.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#129387
  1   2
boshqaruv-jarayonlarida-rahbarlik-faoliyatini-rivojlantirish



BOSHQARUV JARAYONLARIDA RAHBARLIK FAOLIYATINI 
RIVOJLANTIRISH 
 
Shahbozxon Abdusamad o‘g‘li Mardiev 
Moʻminmirzo Zokir oʻg‘li Xolmoʻminov 
mominmirzoxolmominov@gmail.com 
Oʻzbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
Annotatsiya: Maqolada boshqaruv va boshqaruv jarayoni tushunchalariga tarif 
hamda rahbarlik faoliyatini rivojlantirish uchun ilmiy amaliy taklif va tavsiyalar 
berilgan. 
Kalit soʻzlar: Boshqaruv, rahbar, natija, personal, prinsip, identifikatsiya, 
ijtimoiy, faoliyat, mas’uliyat.
DEVELOPMENT OF LEADERSHIP ACTIVITY IN MANAGEMENT 
PROCESSES 
Shahbozkhon Abdusamad oglu Mardiev 
Mominmirzo Zokir oglu Kholmuminov 
mominmirzoxolmominov@gmail.co
m
 
Uzbekistan State Institute of Arts and Culture 
Abstract: 
The 
article 
gives 
scientific 
practical 
suggestions 
and 
recommendations for the development of tariff and leadership activities on the 
concepts of management and management process. 
Keywords: Management, leader, result, personal, principle, identity, social, 
activity, responsibility. 
Shiddat bilan qilinadigan ishlarni bamaylixotir, sokinlik bilan bajarib 
bo‘lmaydi. 
Publiy Sayrus 
Har bir inson vaqt, mehnat sarflayotgan ijtimoiy zaruriyati, vazifasi yohud 
topshiriqlari yig‘indisi yanada samarali, foydali va manfaatli bo‘lishi uchun harakat 
qiladi. O‘z o‘rnida bu harakatlar esa individual (yakka) va kollegial (jamoaviy) 
holatlarda amalga oshiriladi. Bunda harakatlar ko‘zlangan maqsad, maqsadga erishish 
yo‘lidagi amallar hamda amallarga prinsipial yondashuv bilan harakterlanadi. 
Ma’lumki, yakka tarzda ishlash nisbatan qulayroq, jamoaviy ishlashda esa har qanday 
qulaylik, yutuqlar va inqiroz ham jamoaning ijtimoiy muhiti, hamda jamoaga 
boshchilik qiladigan shaxsning boshqaruvchanlik qobiliyatiga bog‘liq bo‘ladi. Tom 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X
Volume 3 Issue 3 / September 2022
164
http://oac.dsmi-qf.uz


ma’noda to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan boshqaruv ko‘p jihatdan e’tiborli hisoblanadi. 
Shuningdek, savol paydo bo‘lishi tabiiy. Boshqaruv o‘zi nima? 
Boshqaruv - boshqaruv subyektining boshqaruv obyektiga nisbatan maqsadga 
muvofiq va doimiy ta’sir etish jarayoni hisoblanadi. [1:8] Umumiy ma’noda 
boshqaruv subyekti rahbar bo‘lsa, boshqaruv obyekti xodim sifatida qaraladi. Bunda 
rahbar korxona yoki tashkilot manfaati uchun qaror qabul qiluvchi va unga javobgar 
shaxs, xodim esa ijrochi vazifasini bajaradi. Korxona va tashkilotlarda iqtisodiy, 
ilmiy, ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish kabi bir qator ko‘plab sohalarda 
faoliyat olib borilar ekan, faoliyatning ham ko‘zlangan va erishilgan natijalarning 
ham asosida rejalashtirilgan, muvofiqlashtirilgan, kommunikativ boshqaruv jarayoni 
yotadi. 
Boshqaruv jarayoni - tashkilot resurslarini u tomonidan o‘zining maqsadlariga 
erishish uchun shakllantirish va ulardan foydalanish bo‘yicha uzluksiz o‘zaro bog‘liq 
harakatlarning majmuasi. [2:180] Ta’kidlangan jarayonni ya’ni uzluksiz o‘zaro 
bog‘liq harakatlar majmuini maqsadlarga erishish uchun har tomonlama to‘g‘ri 
yo‘naltirish eng avallo rahbar zimmasiga yuklanadi. Shuning uchun rahbar shaxs 
doimo rivojlanish uchun harakatda bo‘lishi va faoliyatining ijobiy izchilligini 
ta’minlay olishi zarur. 
Boshqaruvning qaysi bo‘g‘inida bo‘lishidan qat’iy nazar, rahbar o‘z faoliyati 
natijalari va o‘zi rahbarlik qilayotgan bo‘linma faoliyatiga javobgardir. “Rahbar 
mas’uliyati” tushunchasi mansabdor shaxslarning boshqaruv faoliyatiga baho 
berishda, ularning o‘ziga topshirilgan ishga munosabatini tavsiflashda keng 
qo‘llaniladigandi. Boshqaruv mansabdor shaxs anglab yetgan va qabul qilgan barcha 
vazifalarni sifatli bajarish zaruriyatini ifodalaydi. [3:7] Darhaqiqat, har bir rahbarda 
birinchi navbatda shaxsiy javobgarlik va mas’uliyat tushunchalari shakllangan 
bo‘lishi kerak. Chunki unga berilgan mansab yoki unvonning o‘zi avallo ishonch va 
ikki barobar mas’uliyatdir. Bildirilgan ishonchni oqlash uchun xizmat vazifasiga 
mas’liyat bilan yondashish tashkilot yutug‘ining yarmiga tengdir. Shunday ekan 
boshqaruv jarayoni va rahbarlar faoliyatida “Rahbar mas’uliyati” eng muhim 
tushunchalardan biridir. 
Rahbar mas’uliyati - rahbar madaniyatining asosiy belgilaridan biri bo‘lib, uning 
ma’lum sohaga javobgarligini aks ettiradi hamda alohida shaxs, xodim 
mas’uliyatidan farq qilib, ko‘lami kengligi, salmog‘i bilan ajralib turadi. Shu bois, 
rahbar mas’uliyati hamisha muhim sanalgan. Mas’uliyat, avvalo, har bir kishining 
vijdoni, iymoni, qolaversa, o‘zgalar oldidagi, jamoa, jamiyat, Vatan, millat oldidagi 
burchini teran anglashdir. Umuman, mas’uliyat rahbarning zimmasidagi vazifasiga 
nisbatan javobgarlik tuyg‘usidir. Mas’uliyatli rahbar, eng avvalo, o‘ziga, so‘ngra 
boshqalarga nisbatan talabchan bo‘ladi. Rahbar faoliyatidagi barcha salbiy hodisalar 
esa ana shu mas’uliyat hissining yo‘qligidan kelib chiqadi.[4:19] Albatta, o‘zi sidqi 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X
Volume 3 Issue 3 / September 2022
165
http://oac.dsmi-qf.uz


dildan ishlayotgan rahbar ish faoliyati va natijani sifat jihatdan yaxshilash uchun 
xodimlarini ham ortidan ergashtira oladi. Kezi kelganda xodimlaridan korxona yoki 
tashkilot maqsadi uchun samarali va foydali mehnat faoliyatini ham talab qila oladi. 
Bunday rahbarlarning bunaqa holatda talabi qanoatlantirilishi, xodimlarining o‘zidan 
vakolat bo‘ycha baland personal buyrug‘ini bajarish emas balki, rahbar bo‘lishiga 
qaramay jamoa va tashkilot uchun hamda xodimlar bilan teng harakat qilgan, o‘zlari 
uchun namuna bo‘ladigan, motivatsiya oladigan shaxs bilan birgaligidan vujudga 
keladi. 
Har qanday rahbar keng va chuqur fikrlay olishi bilan birga, chaqqon va 
uddaburon, harakatchan va shijoatli bo‘lishi ham kerak. Shuning uchun rahbarlik 
faoliyatini tafakkur va harakat birligi deb atadik. Fikrlash va harakat bir paytning 
o‘zida ro‘y beradi, boshliq o‘zi o‘ylashi, o‘zi mantiqiy xulosaga kelishi va ularni 
amalga oshirishga kirishishi kerak. [5:7] Avallo, rahbar o‘zi boshchilik qilayotgan 
tizm, tuzulma haqida yetarlicha dunyoqarash, bilim, tajriba va ko‘nikmaga ega 
bo‘lishi shart. O‘z navbatida intiluvchan hamda har tomonlama o‘tkir zehnli bo‘lishi 
ham zarur. Chunonchi, har bir xodimning vazifasini tushunish, fursat talab qilganda 
ularga amaliy yordam ko‘rstish juda muhim. Shundan kelib chiqadiki, rahbar ma’lum 
bir sohani emas balki qo‘shimcha sifatida faoliyatiga hamisha chambarchas bo‘g‘liq 
bo‘lgan, iqtisodiy, huquqiy bilimlarni egallagan bo‘lishi, axborot texnalogiyalaridan 
foydalana olishi va chet tilini bilishi kerak. Yuqorida keltirilganlarning barchasi 
boshqaruv rivoji hamda ko‘zlangan natijaga erishishda rahbarlar uchun juda muhim 
omillardandir. Har qaysi rahbar qanchalik tajribali va bilimli bo‘lmasin, faoliyati 
davomida qarorlar qabul qilishga, qaror ijrosiga e’tibor bilan yondashishi lozim. 
Bunda jamoatchilik, ya’ni tashkilot a’zolari, xodimlar fikri kerak bo‘ladi. To‘g‘ri 
oxirgi qarorni rahbar qabul qiladi. Ammo ko‘zlangan maqsad va natija tashkilotniki, 
jamoaniki bo‘ladi. Yuqorida qayd etilgan berilishi kerak bo‘lgan maslahatlar 
boshqaruv jarayonida boshqaruv maslahatlari deb ataladi. 
Boshqaruv maslahatlarini berish - rivojlanish strategiyasini o‘zgartirishga, 
qo‘shimcha o‘sish manbalarini topishda murakkab muammolarni yechish uchun 
rahbarlarga mutaxassis yordamidir. Bu bilan u o‘z-o‘zini tashkil etish va rivojlantirish 
mexanizmini yuritadi. Maslahatchi - ijtimoiy menejer, umumijtimoiy va 
umuminsoniy ne’matalar tashuvchisi, u jamiyat hayotining turli jabhalariga yaxshi 
moslashadi. 
Tashkilotdagi holatni majmuaviy baholashdagi maslahatlarida u butun hayoti 
davomida to‘plagan bilimlarini ishga soladi. Juda ham murakkab masalalarni yechish 
uchun u eng yuqori toifali ekspert va mutaxassislarni jalb qiladi. [6:62] Boshqaruv 
maslahatlari turli sohalarda turlicha bo‘lishi mumkin. Biroq undan ko‘zlangan 
maqsad korxona va tashkilotning rivojlanishida foydalanishdir. Maslahatlar doim 
rivojlanish va foyda uchun xizmat qilishi maslahatchilarga bog‘liq. Boshqaruv 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X
Volume 3 Issue 3 / September 2022
166
http://oac.dsmi-qf.uz


maslahatchilarini rahbarlar turli ko‘rinishda jalb qiladilar. Ular yollangan yoki 
tashkilot xodimlari ichidan tanlangan bo‘lishlari mumin. Xodimlar orsidan tanlangan 
maslahatchilar rasmiy va norasmiy o‘rinbosarlar sifatida xizmat qilishadi. 
Maslahatlar ko‘lami va sifati mavjud muammolarni bartaraf qilishda, rivojlanish 
ko‘rsatgichlarini hamisha yuqori bo‘lishida xizmat qilishi kerak. 
Rahbarning professional rivojlanishida shunday obyektiv va subyektiv omillar 
mavjudki, ular shaxsning boshqaruv sohasida ulg‘ayishiga to‘sqinlik qilib, shu bilan 
birga uning professional jihatdan o‘zini yana bir bor namoyon etishiga, kasb sohasi 
bilan o‘zining mutanosibligini aniqlashtirishga asos bo‘ladi. Har qanday professional 
inqiroz - shaxsning kasb bilan identifikatsiyalashuvi
1
borasidagi ziddiyat bo‘lib, 
bunda insonning kasb sohasida o‘zini yangitdan ifodalash zaruriyati uning avvalgi 
identifikatsiyasini saqlab qolish niyati bilan ziddiyatga boradi. [7:65] Tabiiyki, har 
qanday harakat, faoliyat doim ham o‘ylanganidek bir tekisda davom etmaydi. 
Ayniqsa, ishga, shaxsiy va jamoaviy professionalizm rivojiga salbiy ta’sir 
ko‘rsatadigan holatlar rahbarlik faoliyatida juda ko‘p uchraydi. Ularning sog‘lig‘iga 
jiddiy ta’sir ko‘rsatish darajasida bo‘lishi ancha ayanchli. Bunday holatlarga duch 
kelmaslik uchun boshqaruv jarayonini strategik yo‘lga qo‘yish juda muhimdir. 
Sababi kichik xato ham ulkan oqibatlarga olib kelishi mumkin. Aytib o‘tilganidek 
asosiy javobgar rahbar bo‘ladi. Shuning uchun bunday holatlarda ko‘p jabr rahbarlar 
zimmasida qoladi. Bazi rahbarlar iloji boricha xato qilmaslikka harakat qilishadi, 
ammo yuqoridagi vaziyatlar vujudga kelsa muammoni bartaraf qilishga kirishadilar. 
Bazi rahbarlar esa barchasini o‘z holiga tashlab qo‘yishadi yoki xizmat vazifasidan 
bo‘shash uchun ariza topshiradilar. Aslida to‘siqlar ham rivojlanish uchun yana bir 
turtki bo‘lsa ajab emas. Chunki ayrim rahbarlar muammo yechimini topib, o‘zlari 
uchun yana bir bor tajriba maktabini o‘tagan vaziyatlardan motivatsiya oladilar. Bu 
esa rahbarlik rivojining yana bir pog‘onaga ko‘tarilishiga zamin yaratadi. 
Prezidentimiz rahbarlarga shunday fikrlar bilan yuzlanadi. “Ish yuzasidan 
talabchanlik qilish boshqa odamlarning shaxsiyatiga tegish butunlay boshqa narsa. 
Odamlar ish yuzasidan sizga bo‘ysinishi mumkin, boshqa har qanday masalada siz 
bilan teppa-teng huquqqa ega ekanini aslo esdan chiqarmang. ...Barchamiz yaxshi 
bilamiz, xalqimiz oriyatli, nomusli xalq. Xalqimiz barcha narsaga chidashi mumkin, 
lekin takror-takror aytaman, adolatsizlik va nohaqlikka chiday olmaydi. Haqiqiy 
rahbar, haqiqiy yetakchi odamlarning bardoshini sinash uchun emas, balki ularga 
munosib shart-sharoit yaratib berish, og‘irini yengil qilish uchun rahbar etib 
tayinlanadi. Barcha bog‘indagi rahbarlar - u vazir yoki hokim bo‘ladimi, idora yoki 
tashkilot boshlig‘i bo‘ladimi, o‘zining odob-ahloqi va madaniyati bilan hammaga 
o‘rnak va namuna bo‘lishi zarur”. [8:27] Bu fikrlar rahbarlar yana bir bor o‘ylab 
1
Identifikatsiya – (lot.identificare – aynanlashtirmoq, tenglashtirmoq). Kriminalistikada obyekt yoki shaxsning umumiy 
va xususiy belgilar majmuyiga qarab aynanligini aniqlash. 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X
Volume 3 Issue 3 / September 2022
167
http://oac.dsmi-qf.uz


ko‘rishlari hamda o‘zlari uchun o‘rinli xulosa chiqarishlari uchun xizmat qilishi 
lozim. Gap shundaki, nisbiy tushuncha tor doiradagi qarashlar va kechagi kun 
sarqitlari bugungi kun vaziyatiga umuman to‘g‘ri kelmayapti. Endilikda rahbarlar 
ortiqcha hashamat, noodatiy karyeralar uchun ishlashmayapti. Maoshlarini 
belgilangan vaqtda xonalarida o‘tirib olishmayapti. Rahbarlar jamiyat va xalq ichiga 
kirib bormoqdalar. Boshqaruv sohasida ham jamiyatni, davlatni tanazzul 
uchratadigan ayanchli holat bo‘lgan korrupsiyaning sekin-astalik bilan bo‘lsada 
yo‘qolishi, muammolar, takliflar joyida hal etilishi yoki ko‘rib chiqilishi bu sohada 
ham o‘sish kuztilishiga asos bo‘lmoqda. 
Albatta, har qaysi soha rivoji biz uchun muhim. Boshqaruv jarayonlarida 
rahbarlikning ham rivoji asosiy jihat bo‘lishi kerak. Chunki barcha sohalar o‘zaro 
bog‘liq va bu bog‘liqlik negizi boshqaruv sohasidir. Shunday ekan, yuqorida 
keltirilgan jamiki fikrlar, takliflar, tavsiyalarni yanada chuqurroq o‘rganish va amal 
qilish, boshqaruv sohasi hamda rahbarlik jarayonida o‘z natijalarini berishi mumkin. 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin