Bozor mukammal raqobatlashgan yoki raqobatlashgan bozor bo`ladi, agar unda



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix02.06.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#124131
  1   2   3   4   5
Mehnat bozori va korxonalard



Bozor mukammal raqobatlashgan yoki raqobatlashgan bozor bo`ladi, agar unda 
quyidagi shartlar bajarilsa: 
˗ sotuvchi va xaridorlar bozorda mahsulot narxi qanday bo`lsa, shunday qabul 
qiladilar va ular narxga qila olmaydilar
˗ bozorga yangi sotuvchilarni kirishi va sotuvchilarni bozordan chiqishi 
cheklanmagan; 
˗ sotuvchilar birgalikda harakat qilish strategiyasini ishlab chiqolmaydi; 
˗ bozor sub′ektlari bozor to`g`risida to`liq axborot olish imkoniyatiga ega. 
Bunday shartlar bajariladigan bozor mukammal raqobatlashgan bozor, sof 
raqobatlashgan yoki raqobatlashgan bozor deb qaraladi. Raqobatlashgan bozorda 
harakat qilayotgan firmaning raqobatlashuvchi firma deb qaraladi. Bundan keyin 
raqobatlashuvchi firma to`g`risida gapirilganda, biz raqobatlashgan bozorda 
harakat qilayotgan firmani nazarda tutamiz. 
Demak, raqobatlashgan bozorda tovar narxi bozorda talab va taklif asosida 
shakllanadi va unga sotuvchi ham xaridor ham ta'sir qila olmaydi:
P =const
Raqobatlashgan bozorda har bir alohida sotuvchi tomonidan sotiladigan 
tovarning bozorda sotiladigan umumiy tovar miqdoridagi ulushi juda oz bo`lgani 
uchun ham u tovar narxini o`zgartira olmaydi. 
Mukammal raqobatlashgan bozorda sotuvchilar ham xaridorlar ham ko`p. 
Raqobatlashgan bozorni tahlil qilganimizda bozordagi tovarlarni bir xil deb, ya′ni 
ularning sifati bir xil deb qaraymiz (amalda tovarning sifatiga qarab, ularning narxi 
har xil bo`ladi, sifatli tovarning narxi sifati pastroq tovarning narxiga ko`ra yuqori 
bo`ladi).
Raqobatlashgan bozorda umumiy daromad (TR) firma tomonidan ma'lum 
miqdordagi ne′matni sotishdan olgan daromadiga teng, ya'ni umumiy daromad 
sotilgan mahsulot miqdorini (Q) uning narxiga (P) ko`paytmasiga teng:
TR =Q

 P
Bu yerda: TR - umumiy daromad; P - narx; Q - sotilgan ne′mat miqdori. 
Umuman olganda, daromad sotilgan mahsulot miqdoriga bog`liq bo`lganligi 
uchun, u TR(Q) ko`rinishida yoziladi.


O`rtacha daromad (AR)- sotilgan bir birlik mahsulotga to`g`ri keladigan 
daromaddir, ya′ni: 

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin