Bugungi kunga kelib mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti qonuniyatlari to‘liq amal qila boshladi



Yüklə 50,51 Kb.
səhifə1/2
tarix22.12.2023
ölçüsü50,51 Kb.
#189752
  1   2
KIRISH


KIRISH

Bugungi kunga kelib mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti qonuniyatlari to‘liq amal qila boshladi. Bozor iqtisodiyotining samarali ishlashini va uning rivojlanganlik darajasini belgilovchi asosiy omillardan biri uning infratuzilmasi shakllanganligi hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti infratuzilmasining ajralmas tarkibiy qismlaridan biri sug‘urta sohasi hisoblanadi. Rivojlangan mamlakatlar tajribasidan ko‘rishimiz mumkinki, sug‘urta sohasi iqtisodiyot rivojlanishining bir maromda borishini ta’minlovchi sohalardan biri hisoblanadi. Bundan tashqari, sug‘urta iqtisodiyotning rivojlanishi uchun salmoqli investitsiya kapitalini jamlashtiruvchi va iqtisodiyotga kirituvchi strategik ahamiyatga ega bo‘g‘inlardan biri sifatida namoyon bo‘ladi. Mamlakatimizda bugungi kunda sug‘urta sohasining rivojlanishiga katta ahamiyat berilmoqda. Sug‘urta sohasini taraqqiy toptirish maqsadida mamlakatimiz Prezidentining bir qancha qarorlari qabul qilindi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 10-apreldagi “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-618- sonli Qarori asosida O‘zbekiston sug‘urta tizimining 2010-yilgacha bo‘lgan rivojlanish yo‘nalishlari belgilab berildi. Sug‘urta sohasini rivojlantirish zaruratini uning quyidagi xususiyatlarga egaligi bilan asoslash mumkin: − bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday munosabatlarda xavf-xatar, risk va qaltisliklarning mavjudligi; − sug‘urta kompaniyalari tomonidan favqulodda holat natijasida korxonaning faoliyati to‘xtab qolmasligi va faoliyatini davom ettirishini ta’minlanishi; − mamlakat iqtisodiyotiga katta miqdordagi investitsiyalarni kiritishi; − hayot sug‘urtasi orqali aholining ijtimoiy himoyasini bozor iqtisodiyoti tamoyillari asosida ta’minlashi; − mamlakat umumiy iqtisodiyotining barqaror rivojlanishida muhim omillardan biri hisoblanishi va boshqalar. 4 Albatta, mazkur sohaning samarali faoliyatini ta’minlashda, ushbu soha uchun hisoblar tizimining joriy etilganligi katta ahamiyatga ega. Mamlakatimizda 2008-yilning 1-iyunidan boshlab, 2008-yil 5-mayda 1813-son bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tgan “Sug‘urtalovchilar moliyaviy-xo‘- jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi Schyotlar rejasi” kuchga kirdi. Ushbu schyotlar rejasi mamlakatimizda sug‘urta tashkilotlari tomonidan sug‘urta hisobini yuritish tartiblarini belgilab beradi. Schyotlar rejasiga ilova qilingan Sug‘urtalovchilar moliyaviy-xo‘- jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schyotlar rejasini qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma ushbu schyotlar rejasini qo‘llash tartiblarini belgilab berdi.Bundan ko’rinib turubdiki sug’urta ham iqtisodiyotni ham davlat va insonlarni ajralmas qisimlaridan biri bo’lib kelmoqda .


1. Sug’urtani mohiyati va rivojlanish tarixi





Yüklə 50,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin