Bugungi kunga kelib respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotida "Tadbirkorlik". "Tadbirkor", "Biznesmen" kabi terminlar keng qo‘llanila boshlandi



Yüklə 19,42 Kb.
tarix31.08.2022
ölçüsü19,42 Kb.
#63365
1- Mavzu


Bugungi kunga kelib respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotida “Tadbirkorlik”. “Tadbirkor”, “Biznes”, “Biznesmen” kabi terminlar keng qo‘llanila boshlandi. Ularning mazmun va mohiyatini anglash ma’lum bir ma’noda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik haqida gasavvurni shakllantiradi.Tadbirkorlik uz ichiga ijtimoiy munosabatlarni qamrab olgan ijtimoiy-i qtisodiy hodisadir. Unda huquqiy, ruhiy, tashkiliy, iqtisodiy va tarixiy tomonlar mavjud. Mazmuni va mohiyati bo‘yicha unumli faoliyatni anglatadi.
Islomning asosiy manbai — “Qur’oni Karim”dir. Uning har bir oyati bandalarni poklikka, iymonga chorlaydi. Uning 293 oyati bevosita iqtisodiy tafakkurga bag‘ishlangan. “Qur’o- ni Karim” insonlarni halol mehnat qilishga, tejamli bo‘lishga, mehru shavqatga, halollikka undaydi. Shuningdek, u insonlarni barcha moddiy ne’matlardan, resurslardan (erdan) unumli foydalanishga chorlagan. “Qur’oni Karim”da har qanday iqtisodiy hisoblangan mulkchilikka ham alohida e’ti- bor berilgan. Islomda mulk tushunchasi, uning mohiyati odamlar qo‘lidagi boylik — bu Ollohning boyligi, odamlar esa faqat uning yerdagi boshqaruvchilari ekanligini tan olishdan iborat.Oldingi asrlarda yashab o‘tgan buyuk allomalarimizdan Imom Malik bin Anasa, Imom Ismoil al Buxoriy, Imom Muslim bin-Al Hajjoj, Imom Abu Davud-Abu Iso at- Termiziylarning qoldirgan buyuk ilmiy meroslarda ham tad- birkorlikni rivojlantirish borasida qimmatbaho g‘oyalar il- gari surilgan.
Bukj bobokalonimiz Amur Temurning “Temur tuzuklari”da davlatni idora qilishda kimlarga tayanish, toju taxt egalari- ning huquqi va vazifalari, vazir va qo‘shin boshliqlarini saqlash, sipoxiylarning maoshi, mamlakatlarni boshkdrish tartibi, davlat arboblari, qo‘shin boshliqlarining burch hamda vazifalari, amirlar, vazirlar va boshqalar xususida ran bora- di. Mazkur asar har qanday korxona, tashkilog va muassasa rahbarlari uchun boshqaruv ilmi sirlarini puxta urganishda asosiy manbalardan biri hisoblanadi. Bu asar bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Islohotlarning qay darajada amalga oshishi rahbarlarning dunyoqarashiga, halol va pok. ta- shabbuskor bo‘lishiga bog‘liqdir. “Rahbarlik — lavozim, mansab emas, avvapo, odamlarga xizmat qilish mas’uliyati ekanini barcha to‘g‘ri tushunib olmog‘i zarur. Rahbar degani hammadan ko‘proq ishlab, fuqarolar saodati va yurti ravnaqi uchun yelib- yuguradigan fidoiy inson bo‘lishi kerak” (I.A.Karimov. “Halollik va fidoiylik — faoliyatimizning asosiy mezoni bo‘lsin”. 1994 yil, 24-bet).Tadbirkorlik tushunchasi XVI asrdan boshlab iqgisodchilar, ruhshunoslar, siyosatshunoslar fikrini o‘ziga jalb eta boshladi. J.B.Sey, A.Marshall, V.Zombramb, Y.Shumpeter, F.Noytlar tadbirkorlik ilmining asoschilari hisoblanadi.XVIII asrning boshida iqtisodiy nazariyaga birinchi bo‘lib tadbirkorlik tushunchasini ingliz iqtisodchisi R.Kantilon kiritgan edi. U tadbirkorni foyda olishi chegaralanmagan va bahosi aniq tovarlarni sotib oladi-yu, lekin sotish bahosi noaniq bo‘ladi, u tavakkalchi, taklifni talabga moslovchi, deb baholaydi. Jan Batist Sey tadbirkorni vositachi, ishlab chiqarish omillarining koordinatori, tajriba va bilim ega- si, deb ta’riflaydi. Zombart esa tadbirkorlikdagi tavakkal- chilik faqat siyosat, savdodagina bo‘lmay, boshqa sohalarga ham xos deb, ularni qaroqchi va bosqinchilar bilan tenglashtiradi. Shumpeterni olsak, u tadbirkorlikning 5 muhim tomonini: iste’molchilarga noma’lum yangi tovarlar ishlab chiqarishi; yangi ishlab chiqarish vositalarini qo‘llashi va mavjud tovar- larning tijoriyligini ta’minlashi; yangi tovarlarni o‘zlashtirishi; yangi xom ashyolarni ishlatishi; tarmoqni tako- millashtirishini ko‘rsatib beradi. Tadbirkor mulkdor bo‘li- shi shart emas, u yollanuvchi bo‘lishi ham mumkin. Tadbirkor yangi kombinatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxsdir, deb ta’kid- laydi.Hozirga kelib tadbirkorning faoliyat doirasi mazmunan, miqdor va sifat jihatidan ham o‘zgardi. Endi u mahsulotni
qachon, qancha, qaerga, kim uchun ishlab chiqarishi kerak degan masalalarni mustaqil hal etuvchiga aylandi. Bundan tashqari, qancha miqdorda ishlab chiqarish resurslari (bino, xom ashyo, material, qurilma. mehnat, transport vositalari, kapital mablag‘lar, ombor maydonlari va h.k.) zarurligini animaydi, ulardan oqilona foydalanish hisobiga yuqori foyda olishga harakat qiladi.
Olingan daromadlar evaziga davlat byudjeti to‘lovlarini to‘lash va faoliyatini yanada yuksaltirishni bosh maqsad deb hisoblaydi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, tad- birkorga quyidagi ta’rifni berish mumkin:Tadbirkor — o‘zining ma’lum bir miqdordagi moliyaviy mab- lag‘ini tavakkal qilgan holda bozorga yangi g‘oya, mahsulot, xiz- mat va ishlar bilan kirib boruvchi ishbilarmon shaxsdir.Tadbirkorlik va biznes tushunchalari mazmunan bir-biriga yaqin. U kishilarning ishbilarmonlik faoliyatidan kelib chiqqan munosabat bo‘lib, biron-bir unumli ish, faoliyat bilan bog‘lik,likni anglatadi.Biznes bilan bog‘liq shaxe biznesmen deyiladi. Biznes — bu inglizcha so‘zdan olingan bo‘lib, biznes — ish, men - odam degan ma’noni anglatadi. Tadbirkorlik (biznes), iqtisodiy kategoriya bo‘lib, xo‘jalik yuritish usuli, iqtisodiy fikrlash turi- dir.Tadbirkorlik (biznes)ni o‘rganishni avvalo, iqtisodiy ob’ekt va sub’ektlardan boshlash kerak. Uning sub’ektlarini ko‘rib chiqaylik. Tadbirkorlik yakka, guruh va jamoa holida yuz berishi mumkin.Biznes (business) - inglizcha so‘z bo‘lib, umumiqtisodiy atama sifatida xo‘jalik sub’ekti iqtisodiy qiziqishlaridan iborat faoliyat doirasini ifodalaydi va ishlab chiqarishni tashkil qilishdan iborat foydali mahsulotlar yaratish hamda xizmatlar ko‘rsatish tizimidan iboratdir.Biznes tushunchasi qachon, kim tomonidan qanday vaziyatda dastlab ishlatilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar tarixiy man- balarda deyarli uchramaydi. Lekin, biznes so‘zini inglizchadan olinganligi va XVIII-XIX asrlardagi sanoat inqilobi, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy taraqqiyot Buyuk Britaniyada yuz berganini hisobga olib, uning vatani Buyuk Britaniya degan taxminlar mavjud.Tadbirkorlik faoliyati natijalari xususiy mulk va mulk- chilik munosabatlarining shakllanishi bilan yuzaga kelib, ta- raqqiy etgan bo‘lsa-da, uning tom ma’nodagi mohiyati zamona- viy biznesning qaror topishida iqtisodiy erkinlik asosida tadbirkorlik olib borishda yaqqol namoyon bo‘ladi.
Biznes - bu foyda (daromad) olish bilan bog‘liq bo‘lgan unumli faoliyat yoki shaxsiy foyda (daromad) topish borasida- gi jarayonlar to‘plami. Biznes faoliyati bilan shug‘ul- lanuvchilar biznesmenlar yoki ishbilarmon tadbirkorlar deb yuritiladi.Tadbirkorlik ob’ekti deganda, avvalo, ma’lum bir faoli- yatni: ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi tadbirkorlik, savdo-sotiq tadbirkorligi, moliya sohasidagi tadbirkorlik tushuniladi. Tadbirkorlikda ishlab chiqarilgan tovar (ko‘rsatilagan xizmat)lar shunga yarasha daromadga mod- diylashadi. Daromad tadbirkorlik faoliyatini baholaydigan asosiy mezon hisoblanib, u faoliyatning barcha omillaridan oqilona foydalanishga bog‘liq. Tadbirkorlik dastavval ma’lum bir sohada faoliyat ko‘rsatish imkonini belgilash uchun kerak bo‘lsa, so‘ngra bunday resurslarning yangi kombina- tsiyalari tadbirkor uchun o‘ta zarur bo‘lib qoladi. Ko‘rinib tu- ribdiki, real holatda tadbirkorlikning ob’ekti resurslar kombinatsiyasini amalga oshirishdan iborat ekan.
Yüklə 19,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin