MAVZU:KONVERTATSIYALANUVCHI OBLIGATSIYALAR
Konvertatsiyalanuvchi obligatsiyalar Konvertatsiyalanuvchi obligatsiyalar (convertible loan stocks) - bu obligatsiyalarning hozir ko‘rib chiqilgan barcha xususiyatlariga ega bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar bo‘lib, ular muayyan muddatda shu kompaniyaning oddiy aksiyalariga konvertatsiyalanishi (aylanishi) mumkin. Konvertatsiya nisbati (conversion rate) odatda 100 f.st obligatsiya nominal qiymatiga olinishi mumkin bo‘lgan oddiy aksiyalar soni bilan ifodalanadi. Agar obligatsiya hayotiylik davrida aksiyalar bo‘linishi o‘tkazilgan yoki qo‘shimcha aksiyalar chiqarilgan bo‘lsa, odatda konvertatsiya shartlariga mos ravishda tuzatishlar kiritiladi. Konvertatsiyalanuvchi qarz majburiyatlari -moliyaviy derivativga misol bo‘la oladi.2003-yil iyul oyida “Cable and Wireless plc” telekommunikatsiya kompaniyasi ta‘minlanmagan konvertatsiyalanuvchi obligatsiyalar 122 chiqardi. Emissiya 258 mln f. st. jalb qilish imkonini berdi. Obligatsiyalar yillik 4 foiz kupon stavkasiga ega bo‘lib, har bir (nominal) qiymati 1000 f. st. bo‘lgan obligatsiyaga 457,93 dona aksiya nisbatida, 2010-yilning 9-iyuligacha istalgan vaqtda konvertatsiyalash imkoni mavjud bo‘lgan.Qator kompaniyalar konvertatsiyalanadigan obligatsiyalar orqali moliyalashtirilishiga qaramay, oxirgi yillarda ular unchalik ommalashgani yo‘q. Konvertatsiyalanadigan qimmatli qog‘ozlar (convertibles) - aksiya va obligatsiyalarning gibridi bo‘lganligi sababli, emitent kompaniyaga ham, potensial investor uchun ham ahamiyatli bo‘lgan omillar, biz avval aytib o‘tganlarimizga o‘xshash bo‘ladi. Shunday bo‘lsada konvertatsiyalanadigan qimmatli qog‘ozlarning ayrim o‘ziga xos xususiyatlarini qayd etib o‘tish lozim. Emissiya xarajatlari Obligatsiyalar chiqarish, aksiya chiqarishga qaraganda arzonroq tushishi hisobga olinsa, konvertatsiyalanadigan qimmatli qog‘ozlar - oddiy aksiyalar chiqarishning kam xarajatli usuli ekanligi yaqqol ko‘rinadi. Qarzlarning o’z-o’zini qoplashi Kompaniyaning qarz majburiyatlarini qoplashi uchun mablag‘ izlashini zarurati yo‘q, chunki ular oddiy aksiyalarga konvertatsiyalanadi. Bu, albatta, ular bepul ekanligini anglatmaydi. Obligatsiyalarni qayta sotib olish uchun aksiya chiqarish kompaniya va uning mavjud aksiyadorlari uchun muqobil xarajatlarni tashkil qiladi. Agar investorlar obligatsiyalar ishonchliligini avvaldan ta‘minlab qo‘yishni afzal ko‘rsalar va shu bilan birga, kompaniya muvaffaqiyatga erishgan taqdirda qarz qimmatli qog‘ozlarini mulkka egalik huquqiga almashtirish imkoniyatiga ega bo‘lishlari uchun odatda mablag‘ jalb qilishda ayirboshlanadigan obligatsiyalardan foydalaniladi.