Bujet xisobi va g’aznachilik fakulteti moliya va moliyaviy texnologiyalar


Risk va daromad - moliyalashtirishning hal qiluvchi omillari



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə3/5
tarix14.12.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#180467
1   2   3   4   5
TAQDIMOT

Risk va daromad - moliyalashtirishning hal qiluvchi omillari
Kompaniya uchun (ya'ni aksiyadorlar uchun) xizmat ko‘rsatish xarajatlari nuqtayi nazaridan moliyalashtirishning arzonroq manbalari (masalan, qarzlar) odatda ko‘proq riskli bo‘ladi; kam risklilari (masalan, aksiyalar) odatda qimmatroq bo‘ladi. Moliyaviy resurslar egasi uchun risk va daromadlilik musbat korrelyatsiyaga ega bo‘ladi, ya‘ni yuqori daromadlar yuqori riskni anglatadi va aksincha.
Oddiy aksiyalar
Egalik qiluvchilar (aksiyadorlar) kompaniya kapitalida ulushga ega. Taqsimlanmagan foyda hisobiga, u kompaniyani moliyalashtirish manbalari orasida eng keng qo‘llaniladigan manba hisoblanadi. Aksiyadorlar uchun yuqori riskli, kompaniya uchun esa riski kamroq; investorlar yuqori daromad darajasini kutadilar, bu esa kompaniya uchun qimmatga tushadi. Kompaniya odatda dividendlar to‘lash bo‘yicha ham, aksiyalarni sotib olish bo‘yicha ham yuridik yoki shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni o‘z bo‘yniga olmaydi. Dividend to‘lovlari kompaniya soliq bazasini kamaytirmaydi; bundan tashqari aksiyadorlarning dividend daromadlari soliqqa tortiladi. Taqsimlanmagan foyda asta-sekinlik bilan to‘planishi mumkin va u har doim ham kompaniyada mavjud bo‘lmaydi, ammo undan foydalanganda emissiya uchun hech qanday xarajat qilinmaydi. Huquqlar emissiyasi bu - mavjud aksiyadorlar uchun qo‘shimcha aksiyalarni joriy bozor narxiga nisbatan chegirma bilan sotib olish huquqini berishdir. Aksiyalar mavjud aksiyalarga proporsional ravishda taklif etiladi. Emissiya xarajatlari jalb qilingan mablag‘laming taxminan 6 foizini tashkil qiladi, ammo ko‘lami bo‘yicha tejash imkoniyati mavjud. Huquqning bahosi u darajada muhim emas. Huquqlar emissiyasi odatda muvaffaqiyatli bo‘ladi. Agar aksiyadorlar o‘z huquqlarini realizatsiya qilsalar, nazoratni qayta taqsimlash ro‘y bermaydi. Agar aksiyador huquqlardan foydalanishni istamasa, ular sotilishi mumkin. Ommaviy emissiya. Kompaniyalarning joriy faoliyatida ancha kam kuzatiluvchi hodisa. Emissiya xarajatlari katta - 13 foiz atrofida, ammo ko‘lami bo‘yicha tejash imkoniyati mavjud. Aksiyalar bahosi muhim rol o‘ynaydi. Aksiyalar emissiyasini amalga oshirishda anderrayterlar (mohiyatan sug‘urtachi hisoblanadilar) jalb qilinishiga qaramasdan, ular muvaffaqiyatsiz bo‘lishi mumkin. Nazorat yangi aksiyadorlarga o‘tib ketishi mumkin. Agar fond birjasi listingi mavjud bo‘lsa aksiyani oson sotish mumkin bo‘ladi. Aks holda - bu juda murakkab kechadi.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin