Bulutli xotira nima?
Bulutli xotira – bu siz uchun xizmat ko’rsatuvchi (cloud storage saytlar) tomonidan katta serverdan ajratilgan joy. Bunda fayllaringiz turli serverlarda joylashgan bo’ishi mumkin, siz o’zingiz uchun kerakli fayllarni “bulut”dan chaqirib olasiz va undan shaxsan yoki ommaviy foydalanish huquqini belgilaysiz. (rus. oблачное хранилище данных; ing. cloud storage)
Qisqa qilib aytganda, fayllar bilan kompyuter yoki telefoningizni to’ldirmasligi yoki fayllarni boshqalar bilan oson bo’lishish uchun internetdan sizga ajratilgan joy.
Bu fayllardan internetga ulangan holda turli qurilmalar (kompyuter, telefon, planshet va h.k) yordamida foydalanishingiz mumkin.
© tvoysmartphone.ru
Bulutli xotira nima?
Bulutli xotirani afzallik va kamchiliklari
Afzalliklari:
- Fayllardan istalgan joyda foydalanish imkoniyati: “bulut”dagi fayllaringizdan internet mavjud bo’lgan istalgan joyda foydalanishingiz mumkin;
- Kompyuter yoki telefonda joyni tejash imkoniyati: rasm yoki videolarni “bulut” tashlab qo’yishingiz mumkin;
- Fayl almashinish uchun yuqori tezlik mavjudligi: “bulutli” serverlar dunyo bo’yicha keng tarqalgani sababli fayllarni yuqori tezlikda uzatish mumkin;
- Ishonchli saqlagich: agar faylingiz joylashgan server ishlamasa u faylni suxasi boshqa serverda ham mavjud;
- Faylni cheksiz ulashish imkoniyati;
- Yagona kamchiligi – internet bo’lishi shart :)
Mashhur bulutli xotiralar
Mashhur bulutli xotiralar
T/r
|
Nomi
|
Bepul beriladigan joy
|
Dasturlari
|
1
|
Dropbox
|
2 Gb
|
Windows, macOS, Linux, iOS, android
|
2
|
Google Disk (Drive)
|
15 Gb
|
Windows, macOS, iOS, android
|
3
|
Mega
|
15 Gb
|
Windows, macOS, Linux, iOS, android, windows phone
|
4
|
Яндекс.Диск
|
10 Gb
|
Windows, macOS, Linux, iOS, android
|
5
|
OneDrive
|
5 Gb
|
Windows, macOS, iOS, android, windows phone, Xbox
|
6
|
Облако Mail.Ru
|
8 Gb
|
Windows, macOS, iOS, android
|
7
|
iCloud
|
5 Gb
|
Windows
|
8
|
iDrive
|
5 Gb
|
Windows, macOS, Linux, iOS, android, windows phone
|
© lifehacker.ru
Dostları ilə paylaş: |