Burchak tushunchasi Burchak turlari Burchak va masofalarga doir misollar



Yüklə 65,56 Kb.
tarix29.11.2023
ölçüsü65,56 Kb.
#169802
24amaliy


24-amaliy mashg’ulot. Burchak tushunchasi. Masofalar.

  1. Burchak tushunchasi

  2. Burchak turlari

  3. Burchak va masofalarga doir misollar

Daftaringiz, kitobingiz varag’i, deraza oynasi, sinf doskasi, stolning usti, tinch turgan ko’ldagi suv sathi tekislik haqida tasavvur beradi.
Rasmdagi OA va OB nurlar umumiy O uchga ega. Ular tekislikni (daftaringiz varag’ini) ikki qism (soha)ga ajratadi – rasmda ular turli rangga bo’yalgan. Bu qismlarning har biri burchak deyiladi.
O nuqta burchakning uchi, OA va OB nurlar burchakning tomonlari deyiladi. « » belgi burchak belgisidir.
Burchakni uning uchiga qo’yilgan harf bilan belgilash mumkin: O. Ayni shu burchakni uchta harf bilan belgilasa ham bo’ladi: AOB (yoki BOA). Bunda burchakning uchiga qo’yilgan harf o’rtada yoziladi.
O’qilishi: «AOB burchak» yoki «O burchak».
Qaralayotgan burchak, odatda, yoycha bilan belgilanadi: .
2. Yoyiq burchak. Varaqqa AB to’g’ri chiziq chizing. Unda O nuqtani belgilang. Shunda to’g’ri chiziq umumiy O uchga ega bo’lgan ikkita nurga ajraladi. To’g’ri chiziq tekislikni ikkita qismga ajratadi. Shu qismlarning har biri yoyiq burchakdir
Tomonlari to’g’ri chiziqni tashkil qiluvchi burchak yoyiq burchak deyiladi.
3. To’g’ri burchak. To’g’ri burchak tushunchasi bilan oldindan tanishsiz. Bir shakl ikkinchisiga qachon teng bo’ladi, degan savolga javob beraylik.
Agar bir shaklni ikkinchisining ustiga ular o’zaro joylashadigan qilib qo’yish mumkin bo’lsa, bunday shakllar teng deyiladi.
Varaqni AO va OB nurlar ustma-ust tushadigan qilib buklang. So’ng varaqni oching. Buklash chizig’i yoyiq burchakni ikkita teng qismga ajratganini ko’rasiz. Bu qismlarning har biri to’g’ri burchakdir (26-rasm). Chizmada to’g’ri burchak, odatda, kvadratcha bilan ko’rsatiladi.
Yoyiq burchakning yarmiga teng bo’lgan burchak to’g’ri burchak deyiladiYoyiq burchakning 180 dan bir qismi 1 gradus deb ataladi va 1o kabi belgilanadi. Burchakning o’lchov birligi sifatida bir gradus olinadi.
To’g’ri burchak yoyiq burchakning yarmiga teng bo’lgani uchun uning gradus o’lchovi 180o : 2 = 90o bo’ladi (29-rasm).
Burchakning 1o dan kichik bo’lgan o’lchov birliklari ham bor. Ular minut va sekund deb ataladi.
1o = 60' (60 minut, «'» - minut belgisi).
1' = 60'' (60 sekund, «''» - sekund belgisi).
1o = 3600''.
Gradus o’lchovi bir xil bo’lgan burchaklar o’zaro teng deyiladi.
To’g’ri burchakdan kichik burchak o’tkir burchak deyiladi.
O’tkir burchakning gradus o’lchovi 90o dan kichikdir (30-rasm).
To’g’ri burchakdan katta, ammo yoyiq burchakdan kichik burchak o’tmas burchak deyiladi.
31-rasmda o’tmas burchak tasvirlangan.

1-masala. Gradus o’lchovi 190o bo’lgan burchak qanday burchak turiga kiradi?
2-masala. Gradus o’lchovi 19o bo’lgan burchak qanday burchak turiga kiradi?
3-masala. Gradus o’lchovi 99o bo’lgan burchak qanday burchak turiga kiradi?
Nazorat uchun savollar

  1. O’tkir burchak deb nimaga aytiladi?

  2. O’tmas burchak deb nimaga aytiladi?

Yüklə 65,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin