Burg‘u quduq ochgan qatlamlarning qisqacha tavsifi Burg‘u quduqning umumiy chuqurligi 40,5 m, u quyidagi yotqiziqlarni ochgan Masalan, “00-variant” bo‘yicha stratigrafiyani bayon qilish namunasi.
Maydonning geologik tuzilishida quyidagi yotqiziqlar ishtirok etadi.
1.Hozirgi zamon to‘rtlamchi davr allyuvial yotqiziqlari – aQIV 2.Yuqori to‘rtlamchi davr allyuval yotqiziqlari - aQIII 3.O‘rta to‘rtlamchi davr prolyuvial yotqiziqlari - рQII 4.Pastki neogen yotqiziqlari - NI 5.Yuqori paleogen yotqiziqlari – ₽3 1. aQIV -Hozirgi zamon to‘rtlamchi davr allyuvial yotqiziqlari qumlardan iborat. Qum cho‘kindi jinslar turkumiga kirib, mexanik yo‘l bilan hosil bo‘lgan va chaqiq jinslar guruhiga kiradi.
Qumlar tog‘ jinslari yoki mineral zarrachalaridan tashkil topgan donali sochiluvchan jins.
Qumlarning strukturasi – zarrador, teksturasi sochiluvchan. Zarralarning o‘lchami 2mm dan 0,05 mm gacha o‘zgaradi. Zarralarning katta-kichikligiga ko‘ra yirik qum (2-1 mm) , o‘rtacha - (1-0,5 mm), mayda - (0,5-0,25), juda mayda (0,25-0,05mm) qumlar bo‘ladi.
Shunday tartibda boshqa yotqiziqlarga ham ta’rif beriladi.