1-Masala. Buxgalteriya hisobining aktiv, passiv, kontraktiv, kontrpassiv, tranzit va balansdan tashqari schyotlarini aniqlash.
Quyida keltirilgan buxgalteriya hisobi schyotlarining aktiv, passiv, kontraktiv, kontrpassiv va balansdan tashqari schyotlarga kirishi aniqlansin.
Topshiriqlarni bajarish uchun ma’lumotlar:
1. Hisob —kitob schyoti
2. Kassa
3. Materiallar
4. Asosiy vositalar
5. Asosiy vositalarning eskirishi
6. Ustav kapitali
7. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga bo‘lgan qarz
8. Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz
9. Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)
10. Sotib olingan xususiy aktsiyalar
11. Sotilgan mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxi
12. Dargumon qarzlar bo‘yicha rezerv
13. Qisqa muddatli ijaraga olingan asosiy vositalar
14. Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar
15. Qisqa muddatli kreditlar va qarzlar
16. Yakuniy moliyaviy natija
17. Foydalanishdagi inventar va xo‘jalik anjomlari
18. Nomoddiy aktivlar
19. Nomoddiy aktivlarning eskirishi
20. Komissiyaga (sotib berishga) qabul qilingan tovarlar
1-jadval Masalaning topshirig‘ini bajarish uchun shakl
Aktiv schyotlarning nomi
Passiv schyotlarning nomi
Kontraktiv schyotlarning nomi
Kontrpassiv schyotlarning nomi
Tranzit schyotlarning nomi
Balansdan tashqari schyotlarning nomi
2-Masala. 2-jadval Yanvar oyida sodir bo‘lgan muomalalar
№
Xo‘jalik muomalalarining mazmuni
Summa
1
Xodimlarga ish haqi berish uchun kassaga naqd pul keltirildi
170000
2
Foydaning bir qismi ustav kapitaliga qo‘shildi
180000
3
Bankdan qisqa muddatli kredit olinib hisob-kitob schyotiga o‘tkazildi
250000
4
Xodimlarga kassadan ish haqi berildi
160000
5
Safar xarajatlari uchun hisobdor shaxs Mansurovga kassadan naqd pul berildi
25000
6
Mol yuboruvchilardan qurilish materiallari qabul qilindi, lekin puli to‘lanmadi
60000
7
Hisob-kitob schyotidan bankning qisqa muddatli krediti to‘landi
250000
8
Bank krediti hisobidan mol yuboruvchilardan qarz o‘tkazib berildi
270000
Vazifa. Registratsiya jurnalini tuzing va unda xo‘jalik muomalalarini aks ettiring.
3-jadval Buxgalteriya muomalalarni registratsiya jurnali