Buxoro psixologiya va xorijiy tillar instituti S1.22Muz T guruh talabasi Egamberdiyev Mansur Murodovichning psixologiya fanidan tayyorlagan mustaqil ishi
Diqqatning xususiyatlari. Diqqatning psixologik asosi haqida qisqacha tushuncha
Reja:
Diqqat nima?
Diqqatning xususiyatlari
Diqqatning psixologik asosi
Diqqat ma`lum nerv markazlarining qo`zg`alishi va miyadagi boshqa nerv markazlarining tormozlanishi
Diqqat ma`lum nerv markazlarining qo`zg`alishi va miyadagi boshqa nerv markazlarining tormozlanishi
bilan bog`liqdir, bu esa ob`ekt uchun ahamiyatli bo`lgan qo`zg`atuvchilarni ajratishni, ya`ni psixik faoliyatning
yo`naltirilishini ta`minlaydi. Har qanday yangidan yuzaga kelgan qo`zg`atuvchi, agar u etarli darajada intensiv kuchlanishga ega bo`lsa tegishli qo`zg`alish jarayonini yuzaga keltiradi, bu refleks I.P.Pavlov aytganidek “bu nima”
degan refleks bilan ifodalanadi. Bu sodda turdagi diqqatning fiziologik asosidir.
A.A.Uxtomskiy tomonidan ilgari surilgan dominantlik tamoyili ham diqqatning fiziologik asoslarini aniqlash uchun katta ahamiyatga ega. Dominantlik tamoyiliga muvofiq miyada qo`zg`alishning har doim ustun turadigan hukmron o`chog`i mavjud bo`ladi, bu hukmron qo`zg`alish o`chog`i aynan shu damda miyaga ta`sir qilib, unda yuzaga kelayotgan hamma qo`zg`alishlarni qandaydir ravishda o`ziga tortib oladi va buning natijasida boshqa qo`zg`alishlarga nisbatan uning hukmronligi yanada oshib boradi. Nerv tizimi faoliyatining tabiati qo`zg`alishning hukmron bo`lishi yoki dominantning mavjudligi bilan asoslanadi.
DIQQATNING CHALG’ISHI - diqqatning ongli ravishda ko`chishiga butunlay o`xshamaydi. Shu sababli ularni adashtirib yuborib bo`lmaydi. Diqqatning osonlik bilan chalgishi, uning yetarli darajada barqaror emasligidan darak beradi. Albatta kuchli, kutilmagan, umuman ixtiyorsiz diqqatni keltirib chiqaradigan sabablar diqqatning chalg’ishiga olib keladi. Ammo diqqatning o`ta tez bo`linishi (chalg’ishi), uning barqaror emasligi faoliyatga, o`qishga xalaqit beradi. PARISHONXOTIRLIK. Parishonxotirlik diqqatning salbiy tomonlaridan biridir. Parishonxotirlik ikki turi farqlanadi. Birinchisi, biror ishga (fikrga, o`yga) nihoyatda berilib ketish natijasida kishining atrofdagi narsalarga, voqealarga va kishilarga e’tibor bermasligi. Parishonxotirlikning tomoman boshqa holati - kishining biror narsa ustida diqqatini to`play olmasligi, bir narsa yoki hodisadan ikkinchisiga doim o`tib ketaverishidir. Katta kishilarda bunday parishonxotirlik toliqqan paytlarda uchraydi. Bolalarda esa diqqatning to`g’ri rivojlanmaganligi oqibatida bu xususiyat shakllanishi mumkin. Bundan tashqari parishonxotirlikning bunday turi ruhiy kasallik holatlarida ham uchrashi mumkin.