Islom dini VII asrda Arabiston yarim orolida (hozirgi Saudiya Arabistoni) paydo bo’ldi. Bu orol arab tilida “Jazirat al-Arab”, ya’ni arablarning yarim oroli degan ma’noni anglatadi. Turkiy xalqlar va eronliklar “Arabiston” deb ataydilar.

“Islom” so’zi quyidagi ma’nolarni anglatadi:
1. Itoat va bo’ysunish.
2. Ixlos va turli ofatlardan salomat bo’lish.
3. Sulh va omonlik.
Islomning paydo bo’lishiga muayyan g’oyaviy muhit-birinchidan, arablar milliy ongining uyg’onganligi, ikkinchidan, haniflar (chinakam e’tiqod qiluvchilar, haqiqat izlovchilar)ning diniy harakati ham qulay sharoit yaratgan edi. Haniflar arab qabilalarini birlashtirish jarayonining g’oyaviy ifodachisi ham edi. Hanifiylikning markaziy g’oyasini-yakka xudoga ishonish, qabila xudolariga va mahalliy xudolarga sig’inishdan voz kechish tashkil etardi. Hanifiylar o’z targ’ibotlarida arablarni “og’ir ahvoldan qutqaruvchi xaloskor”ning yaqinlashib qolganligini xabar berar, ilohiy qudratning hukmini sabrsizlik bilan kutib turish lozimligini uqtirar edilar.
Qur’oni Karimda 25 gayg’ambarning nomi zikr etilgan. Diniy ta;limotga ko’ra hech kim payg’ambarlikka o’z bilimi, o’qib o’rganishi, yoki niyati bilan erisha olmaydi. Paeg’ambarlik- olloh o’zi suygan bandasiga in’om etilaligan ehsondir

Muhammad ibn iAbdulloh 570-yilda Makkaning quraysh qabilasiga mansub Hoshimiylar xonadonida tavallud topdi. Otasi Abdulloh Muhammad tug’ilmasidan 2 oy oldin 25 yoshida vafot etgan.
O’sha zamoh odatlariga ko’ra Muhammad Saad urug’idan bo’lgan Halima ismli ayolga enagalikka berilgan. 4 yoshidan so’ng Muhammadni yana onasi tarbiyalay boshladi . 6 yoshida Muhammadning onasiham bafot etadi. Oldin bobosi Abl al- Mutallib, keyinchalik esa amakisi Abu Tolib Muhammadni o’z tarbiyasiga oladi.25 yoshigacha tijorat bilan shug’ullangan Muhammad Xadicha ismli boy beva ayolga uylanadi. Ular 6 nffar farzand ko’radilar. Afsuski farzandlari asosan yoshlik chog’larida vafot etadi. Faqatgina qizlari Fotima unib- ulg’aydi va otasining izidan borib yuksak hurmatga sazovor bo’ldi.