Buxoro viloyat Jondor tuman
23-umumta’lim maktabi
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Niyozova Dilafro‘zning
4-sinf tabiatshunoslik fanidan
“Buxoro va Navoiy viloyatlari”
mavzusidagi bir soatlik
OCHIQ DARS ISHLANMASI
Mavzu: Buxoro va Navoiy viloyatlari
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy maqsad: o‘quvchilarga siyosiy-ma’muriy xarita, viloyat, materik tushunchalari, siyosiy xaritada O‘zbekistonning tutgan o‘rni, chegaralari, aholisi, tabiiy sharoiti, ma’muriy xaritasi haqida umumiy ma’lumotlar berish;
b)tarbiyaviy maqsad: o‘quvchilarni O‘zbekistonning dunyo siyosiy xaritasida tutgan o‘rni, bepoyon sarhadlari, betakror tabiatidan g‘ururlanish, bu o‘lkada ko‘plab millat vakillarining ahil-inoq hayot kechirishi hamda mehr-oqibatlilikka o‘rgatish;
d) rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarning xaritalar bilan ishlash,Vatanimiz,
viloyatlari haqidagi bilimlarini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi
Dars metodlari: suhbat-munozara, aqliy hujum, guruhlarda ishlash, ko‘rsatish, namoyish qilish, mustaqil ishlash, test savollari.
Dars jihozlari: Dunyoning siyosiy xaritasi,O‘zbekistonning siyosiy-ma’muriy xaritasi, Vatanimiz tabiati, aholisining turmush tarzi aks ettirilgan rangli rasmlar, multimedia ilovasi.
Darsning borishi:I. Tashkiliy qism:
O‘quvchilar davomati aniqlanadi, ularning darsga tayyorligi nazorat qilinadi, Vatanimizning jozibali tabiat manzaralari, xushmanzara go‘shalari tasvirlangan rangli fotosuratlar tayyorlanadi.
O‘tilgan mavzuni mustahkamlash: Qas hqadaryop va Surxandaryo viloyatlari
Kim zukko o‘yini:
Bunda o’tilgan mavzuni mustahkamlash uchun mavzu mazmunini bir o’quvchi boshlaydi davomini ketma-ketlikda aytib berish talab etiladi:
Hisor tog’ tizmasining bir tomonida Qashqadaryo, bir tomonida Surxandaryo joylashgan.
Surxandaryoning maydoni – 20100 k/m k/v
Qashqadaryoning maydoni – 28570 k/m k/v
Surxandaryo viloyatining markazi – termiz shahri.
Yangi mavzu bayoni:
Buxoro viloyatining maydoni - 40 220
kv. km, aholisi - 1 million 916 ming kishi- HbbffiSW
dan ortiq. Viloyat markazi - Buxoro dunyoga mash-hur bo‘lgan qadimiy shahardir (69-rasm).
Buxoro viloyatida Kogon, Romitan, Vobkent, G‘ijduvon, Qorako‘l, Olot kabi shaharlar ham bor.
Viloyatning asosiy daryolari - Amudaryo va Za-rafshon. Bu daryolardan chiqadigan kanal va ariqlar Buxoro viloyatini suv bilan ta’minlaydi.
Viloyat hududida oltin, neft, tabiiy gaz, marmar, granit, ohaktosh, gips kabi foydali qazilma konlari mavjud.
\
Navoiy viloyatida Quljuqtog‘, Yetimtog‘, Tomdi-tog‘, Qozoqtog‘, Ovminzatog‘, Bo‘kantog‘ tog‘lari bor. Viloyatining maydoni - 111 090 kv. km, \
aholisi - 992 ming kishi, markazi - Navoiy shahri (70-rasm).
Viloyatda Zarafshon, Nurota, Uchquduq
kabi shaharlar ham mavjud.
Asosiy suv manbayi - Zarafshon daryosi. Viloyat-
ni suv bilan ta’minlashda Quyimozor, To‘dako‘l suv ombori ari, Konimex kanalining ahamiyati katta.
Viloyat hududida oltin, kumush, volfram, neft, tabi iy gaz, marmar kabi foydali qazilma konlari bor.
Tabiatni muhofaza qilish maqsadida Qizilqumning Amudaryo sohilida Qizilqum davlat qo‘riqxonasi barpo etilgan.
Qo‘riqxonada xongul, jayron, barxan
mushugi, burgut, shuningdek, chiyabo‘ri, yovvoyi cho‘chqa (to‘ng‘iz), cho‘l mushugi, tulki, Amudaryo tustovug‘i, qora qarg‘a, bulbul, lochin, qora kalxat kabilar muhofaza qilinadi.
«Qizil kitob»ga kiritilgan jayronlarni muhofaza qi lish maqsadida Buxoro viloyatida «Jayron» parvarishxonasi tashkil qilingan
Mavzuni mustahkamlash:
Buxoro viloyati bo’yicha savol javob
Buxoro viloyati maydoni va aholi qancha?
Viloyatni suv bilan ta’minlaydigan daryolar qaysilar?
Qazilma boyliklari.
Navoiy viloyati bo’yicha test savollari
Buxoro va Navoiy viloyatining katta qismini qaysi cho’l egallagan?
Qarnob cho’l
Qizilqum
Qarshi
Navoiy viloyatidan qaysi eng noyob katta kon mavjud?
Ko’mir koni
Neft koni
Oltin koni
Navoiy viloyatida qaysi qo’riqxona tashkil qilingan?
Qizilqum davlat qo’riqxonasi.
Surxon davlat qo’riqxonasi
Hisor davlat qo’riqxonasi
Darsni xulosalash va baholash:
Uyga vazifa: Viloyatdagi qazilma boyliklarni yozish.
Navoiy viloyatida qaysi o’simliklar o’sadi.
Dostları ilə paylaş: |